13.2. 1-rasm. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining depozitlari, trln.
soʻm. (2017-yil 59.6 trln soʻm, 2018-yil 70.0 trln soʻm, 2019-yil 63,9 trln soʻm)
33
33
ЎР МБ расмий сайти маълумотлари асосида тайёрланди. (
www.cbu.uz
).
175
§
13.3. Tijorat banklari depozitlari bahosini shakllantirish usullari
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim
vosita buturlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qoʻyilgan mablagʻlarga daromad
olish mijozlarning qoʻyilma qoʻyishga undovchi muhim omildir. Depozit foiz
stavkalari darajasini har bir tijorat banki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki
hisob stavkasi, pul bozori holati va oʻzining depozit siyosatidan kelib chiqib,
mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit schetlarining alohida koʻrinishlari boʻyicha
daromad hajmi qoʻyilma muddati, summasi, hisobvaragʻining amal qilish
xususiyati, xizmatlar hajmi, xarakteri va nihoyat, mijozning qoʻyilma shartnomasi
shartlariga amal qilishiga bogʻliq.
Talab qilingungacha boʻlgan depozitlar boʻyicha hisobvaraqalari egalari
tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun, ishlatiladi va ular
qoldiqning nomuntazamligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar
guruhi daromadlilik darajasi bilan ajralib turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab
qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablagʻlar qoldigʻi boʻyicha foizlar umuman
toʻlanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob kassa xizmatlari
uchun toʻlov mablagʻlarini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablagʻlarni
minimallashtirish va ortiqcha summalarni qoʻyilmalarning daromadliroq
shakllariga joylashtirishga undaydi.
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar boʻyicha
foizlar deyarli majburiy tartibda oʻrnatiladi, ammo u boʻyicha daromad hamisha
muddatli qoʻyilmalarga qaraganda pastroq boʻladi. Muddatli qoʻyilmalar boʻyicha
foiz stavkasi hajmini oʻrnatishdagi muhim omil boʻlib, mablagʻlar joylashtirilgan
muddat hisoblanadi.
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul
aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtayi nazaridan tijorat banklarining
ular tomonidan jalb qilingan mablagʻlardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy
ravishda tartibga solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning
rivojalanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real
176
depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida
shakllanganlikni taqozo qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka
oʻtkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarni
cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy tajribada bu jarayon depozit
multiplikatsiyasi (yaʻni mablagʻlarning bir bankdan boshqasiga zanjirsimon
shaklda oʻtkazilishi) va kredit ekspansiyasi deb nom olgan.
Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira talablari bank
tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi boʻlib xizmat
qiladi.
“A” bankdagi dastlabki depozit 1000 birlikning 20%i (200 birlik) majburiy
zahira sifatida Markaziy bankka oʻtkazilgandan keyin tijorat bankining kredit
berish imkoniyati 800 birlikni tashkil qiladi. Bu kredit mijozga berilgandan keyin
boshqa bank depozitiga aylanishi mumkin. Masalan. Ushbu berilgan kredit
summasi “B” bankning mijozi boʻlgan mahsulot yetkazib beruvchining
hisobvaragʻiga sotuvdan tushum shaklda kelib tushadi. “A” bankning krediti “B”
bankda depozitni vujudga keltiradi. “B” bank bu depozitdan kredit beradigan
boʻlsa, majburiy zahirani hisobga olgan holda (800*20/100) uning miqdori 640
(800-160) birlikka teng boʻladi. Ushbu jarayonni oxirigacha (yaʻni depozit va
kreditlarning toʻliq ishlatilishigacha) tasavvur qiladigan boʻlsak, 1000 birlik
shakllantirilgan dastlabki depozit miqdori, majburiy zahira darajasi 20% boʻlganda
barcha banklar boʻyicha 5000 birlikkacha, 800 birlikka teng boʻlgan dastlabki
kredit miqdori esa 4000 birlikka oʻsishi mumkin.
Agar majburiy zahira yoʻq deb taxmin qilinsa, nazariy jihatdan depozit
multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi cheksizlikka teng va teskarisi, majburiy
zahira 100% boʻlgan taqdirda depozit multiplikatsiyasi 0 ga teng boʻladi.
Depozit (yoki kredit) multiplikatsiyasining maksimal miqdori yoki
chegarasini hisoblash uchun quyidagi matematik formuladan foydalaniladi.
D=D
0
*1/R
Bundan:
177
D─bank tizimida shakllantirilishi mumkin boʻlgan depozitning maksimal
miqdori;
D
0
─dastalabki depozit;
R─depozit birligiga teng keladigan likvidlilik zahirasi.
Yuqorida keltirilgan misolimizda depozit multiplikatsiyasi koeffisenti 5 yoki
5000 birlikka (D=1000*(1/0,2)), kredit multiplikatsiyasi koeffisenti esa 4 yoki
4000 birlik (K=800*(1/0.2)ka teng.
Multiplikatsiya darajasi majburiy zahira darajasiga teskari mutanosib
ravishda oʻzgaradi, demak majburiy zahira darajasi oshsa, bank tizimining kredit
salohiyati imkoniyatlari ham kamayadi.
Depozit multiplikatsiyasi va kredit ekspansiyasi gʻoyasi quyidagi iqtisodiy
zaruriyatni keltirib chiqaradi: har qanday tijorat banki depozitlarni qabul qila turib,
oʻz mijozlari oldidagi majburiyatlarini bajarishlari uchun uning maʻlum bir qismini
likvidlilik zahirasi sifatida saqlashlari lozim. Shu bois, tijorat banklarini kredit
berish salohiyati miqdori bank tomonidan jalb qilingan moliyaviy resurslar,
majburiy zahira hajmiga bogʻliq. Kredit potensiali (salohiyati) miqdori (Ks)ni
qisqacha holda quyidagi formula bilan ifodalash mumkin.
Ks=D-Mz-Lz
Bu yerda:
D─jalb qilingan mablagʻlar;
Mz─majburiy zahira miqdori;
Lz─likvidlilikni taʻminlash boʻyicha zahiralar.
Shunday qilib tijorat banklarini kredit salohiyatiga:
•
bankka jalb qilingan mablagʻlarning umumiy miqdori;
•
Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan majburiy zahira darajasi;
•
joriy likvidlilikni saqlash maqsadida tashkil qilingan zahira va undan
foydalanish tartibi;
•
kredit salohiyati manbalarining tarkibi va barqarorligi;
•
bank majburiyatlarining tarkibi va umumiy miqdori kabi omillar taʻsir
koʻrsatadi.
178
Do'stlaringiz bilan baham: |