III.3. Nomlarni to‘plash usullari va nomlar kartotekasini
tashkil qilish
Onomastikani o‘rganish ma’lumot to‘plashdan boshlanadi. Bu ish odatda
o‘lkashunoslik bo‘yicha olib borilayotgan qishloq, ovul, keyinchalik tuman
hamda viloyat va nihoyat, jonajon o‘lka miqyosida amalga oshiriladi.
Onomastik material yig‘ishdan oldin materiallarni qanday va qayerdan
to‘plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o‘tkazishning hech
bo‘lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja
asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni maktabda ham tashkil qilish mumkin.
Onomastik materillar to‘plash va o‘rganishda tarix, geografiya, inson va jamiyat
fanlari o‘qituvchilari bilan tilshunoslarning hamkorlikda ishlashi muhim
ahamiyatga ega. Biz bu o‘rinda onomastika tarkibiga kiruvchi joy nomlarini
to‘plash usullari va nomlar kartotekasini tashkil qilish to‘g‘risida fikr
yuritamiz. Bunda o‘qituvchi joy nomlarini to‘plash bo‘yicha so‘roqlikni
o‘quvchilarga uyga vazifa qilib yoki bo‘lmasa, to‘garak mashg‘ulotlarida
topshiriq qilib berishi mumkin.
Joy nomlarini to‘plash bo‘yicha so‘roqlik quyidagicha tuzilishi mumkin:
I.Nomni kimdan yozib olgansiz? (Manzili, yoshi, kasbi).
69
II. Qishloqlar va qishloqqa aloqador bo‘lgan nomlar:
1.
Siz yashayotgan qishloq nomi, qadimgi va hozirgi nomi.
2.
Qaysi mahallaga qaraydi?
3.
Qishlog‘ingiz nega shunday nomlangan?
4.
Qishlog‘ingizning ichki bo‘linishi?
5.
Qadimgi qal’alar nomi?
6.
Qadimgi qo‘rg‘onlar nomi?
7.
Siz qaysi bozordan harid qilasiz, uni nomi qanday?
8.
Qishloq aholi biror munosabat bilan yig‘iladigan joy nomi?
9.
Qabriston va mozorlar nomlari, u yerda dafn qilingan tarixiy, afsonaviy
shaxslar nomi, ular haqida nimalarni bilasiz?
10.
Qishlog‘ingizga yaqin daryo va irmoqlar nomlari?
11.
Anhor, soy, kanal, jilg‘a, ariq nomlari.
12.
Buloq, chashma, hovuz nomlari.
13.
Zekash nomlari.
14.
Qurib qolgan daryo, o‘zanlarning nomlari.
15.
Anhor va ariqlardagi kechuvlarning nomlari.
16.
Daryo va anhorlardan kechuvlarning nomlari?
17.
Ko‘prik nomlari?
18.
Ko‘llar nomlari?
19.
Botqoq va sho‘r yerlar nomlari?
20.
Qadimgi va hozirgi quduqlar nomi.
21.
Sahrolar, cho‘llar, taqir yerlar, dasht o‘tlar nomi.
22.
Yo‘llar, so‘qmoqlarning nomi.
23.
O‘rmon va to‘qaylar nomi.
24.
Tepaliklar va barxanlar (qum o‘yilib qoladigan joy) nomlari.
25.
Tog‘ nomlari.
26.
Tog‘ cho‘qqilari, daralari (tog‘lar orasidagi joylar) nomlari.
27.
Jarliklar nomi.
28.
O‘tloqlar, yaylovlar nomi.
70
29.
Ekin maydonlarining nomi.
30.
Ov qilinadigan joylarning nomi.
31.
Urf-odatlar bilan bog‘liq joy nomlari.
32.
Bog‘lar nomi.
Do'stlaringiz bilan baham: |