Microsoft Word aa mundarija lotin yangi


II.2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili va adabiyot



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana12.02.2023
Hajmi0,74 Mb.
#910418
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
II.2. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ona tili va adabiyot
darsliklarida atoqli otlarning o‘rganilishiga oid misollar tavsifi 
Biz ushbu mavzu yechimini topishga harakat qilib, akademik litsey va 
kasb- hunar kollejlari ona tili va adabiyot darsliklarini ko‘zdan kechirdik, tahlil 
qildik. Bu darsliklarning ko‘pchiligida atoqli otlarning o‘rganilishiga oid 
materiallar deyarli yo‘q, bori ham juda qisqa berilgan. Faqat 2013- yilda nashr 
qilingan akademik litsey va kasb- hunar kollejlari bo‘yicha “Hozirgi o‘zbek 
adabiy tili” darsligining 2-kitobida “Nomshunoslik”ka doir mavzu qisqa bo‘lsa-
da yoritilganligining guvohi bo‘ldik. Demak, bu borada qilinadigan ishlar, 
yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Quyida shu darslikdan mavzu 
bo‘yicha namunalar keltiramiz. 
Darsning mavzusi:
Nomshunoslik. 
Darsning maqsadi:
o‘quvchilarda nomshunoslik (onomastika) haqida 
bilim va ko‘nikmalar hosil qilish. Ularga nomlash tamoyillari haqida 
ma’lumotlar berish. 


37 
 
Reja:
* Nomshunoslik (onomastika) haqida ma’lumot. 
* Obyektlarning nomlanish asoslari (nom va nomlanuvchi obyekt o‘rtasidagi 
munosabat). 
* Nomlarning nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra tasnifi 
1-topshiriq. Uchtepa, Beshkapa
singari so‘zlar nimani ifodalaydi? Bu 
nomlar bilan ular ifodalagan nom o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlang. 
2-
 
topshiriq.Bo‘riboy, Xoldorali, Hayitboy, Safarali
kabi kishi nomlari 
kimlarga va nima uchun qo‘yilishini izohlang. 
Siz yashab turgan joydagi ko‘chalar, maydonlar, shahar va qishloqlar
daryo, ko‘l, tepalik, qabristonlar, ma’lum nom bilan yuritiladi. Masalan, 
Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, «Mustaqillik» maydoni, Alisher 
Navoiy nomli jamoa xo‘jaligi va boshqalar. 
Turli xil obyektlarning muayyan nom bilan atalishida ularning ma’lum 
belgilari e’tiborga olinadi. Buyuk shaxslarning nomini abadiylashtirish uchun u 
bilan qandaydir bogliq bo’lgan holat hisobga olinadi yoki shaxsga katta hurmat 
yuzasidan joy shu shaxs nomi bilan yuritiladi. Masalan, Hamzaobod shahri shu 
joyda ma’lum davr yashab, mehnat qilgan Hamza nomi bilan; Qipchoq, Saroy 
qishloqlarining nomlari shu qishloq aholisining etnik kelib chiqishi bilan
Qatorterak, Uchtol, Beshariq, Baland masjid singari joy nomlari shu joydagi 
o‘simlik, bino, suv inshooti xususiyati bilan bog‘liq ravishda qo‘llangandir. 
Shaxsga qo‘yilgan nomlarda esa ota-onaning orzu-umidi (Baxtiyor, Umid, 
Go‘zal), bolaning tashqi belgisi (Xoldor, Anor, Qovoqvoy), xalqning urf-odati 
(O‘roqvoy, Teshavoy), tug‘ilgan kuni (Odina, Jumavoy).
— 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish