4.2. Jamoalar, o’yinchilar, zahiradagi o’yinchilar, sardor,
murabbiylar
Har bir jamoa murabbiy va ko’pi bilan 10 ta o’yinchidan iborat
bo’ladi. O’yinchilardan biri sardor bo’lib hisoblanadi. Har bir jamoa
tarkibida murabbiy yordamchisi bo’lishi mumkin. Agar jamoa biron
bir turnirda uchtadan ortiq o’yinda ishtirok etadigan bo’lsa, har bir
jamoaning o’yinchilari soni 12 tagacha ortishi mumkin. O’yin
paytida har ikkala jamoadan beshtadan o’yinchi maydonda bo’lishi
kerak. Ular qoidalarga muvofiq almashishlari mumkin.
Sport o’yinlari bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish, o’tkazish va hakamlik qilish
Bet 102
Agar jamoa a’zosi maydonda bo’lsa, u o’yinchi bo’lib hisoblanadi
va o’yinda qatnashish huquqiga ega. Boshqa hollarda u zaxiradagi
o’yinchi bo’lib hisoblanadi.
Agar hakam zahiradagi o’yinchiga maydonga tushish uchun
ruxsat bersa, unda u o’yinchiga aylanadi.
Har bir o’yinchining ko’krak va orqa tomonida raqami bo’lishi
kerak. Bu raqamlar tushunarli va bir xil rangda, maykaning rangidan
yaqqol ajralib turishi zarur. Raqamlar aniq ko’rinib turishi lozim:
orqadagi raqamlarning balandligi kamida 2 sm, ko’krakdagi
raqamlarning balandligi kamida 1 sm bo’lishi shart. Raqamlar uchun
ishlatiladigan ashyoning eni 0,2 sm dan kam bo’lmasligi kerak.
Jamoalar 4-chidan 15-chigacha bo’lgan raqamlarni ishlatishlari
lozim. Bir jamoa o’yinchilari takrorlanadigan raqamli maykani kiyib
chiqishlari mumkin emas.
O’yinchining sport kiyimi quyidagilardan iborat:
-
bir jamoaning hamma o’yinchilari old va orqa tomonlari bir
xil va umumiy rangda bo’lgan maykalarni kiyishlari shart. Yo’l-yo’l
maykalarni kiyish man etiladi;
-
bir jamoaning hamma o’yinchilari bir xil va umumiy rangda
bo’lgan shortik kiyishlari kerak;
-
maykalar tagidan kalta yengli maykalar kiyish mumkin.
Lekin kalta engli maykalar kiyilsa, ularning rangi mayka rangiga
mos bo’lishi shart;
-
kalta shim tagidan pastga chiqib turadigan ichki kiyim
kiyilsa, uning rangi kalta shim rangiga mos kelishi kerak.
Sardor zaruriyati tug’ilganda maydonda o’z jamoasining vakili
bo’lib hisoblanadi. Bu qoidalarni izohlash bilan bog’liq bo’lgan
savollar bo’yicha yoki kerakli ma’lumot olish uchun hakamga
murojaat qilish mumkin. Bu narsa xushmuomalalik bilan qilinishi
lozim. Sardor biron-bir uzrli sabab bilan maydondan chiqib
ketishdan oldin, katta hakamga o’yinchilardan qaysi biri uning
o’rniga sardor sifatida qolayotganligini ma’lum qiladi.
Tartib bo’yicha o’yin boshlanishiga hech bo’lmaganda 20 daqiqa
qolganida har bir murabbiy kotibga o’yinda qatnashadigan
o’yinchilarning familiyalari va raqamlarini, shuningdek jamoa
sardori, murabbiyi va murabbiy yordamchisining familiyalarini
ma’lum qilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |