Kovalent bog`lar
335
0,152-0,154
Metall bog`lar
110-350
-
Vodorod bog`lar
< 50 (odatda 13-30)
0,25-0,32
Van-der-vaal`s
ta`sirlashishlar:
orientatsion
induktsion
dispersion
< 20
< 2
< 40
0,35-0,5
0,35-0,5
0,35-0,5
Induktsion, ya`ni deformatsion o`zaro ta`sirlashishlar
qutblangan va
qutblanmagan molekulalar o`rtasida ro`y beradi. Bunda qutblanmagan molekulada
dipol` ta`sirida elektronning siljishi amalga oshadi. Natijada majburiy hosil
qilingan dipol` o`zini qutblangan elementlar kabi tutadi va qutbiy molekula bilan
orientatsion o`zaro ta`sirlashish tamoyili bo`yicha, ammo kichikroq energiya bilan
ta`sirlashishni namoyon qiladi.
Dispersion o`zaro ta`sirlashishlar
ham qutblangan, ham qutblanmagan
molekulalar orasida amalga oshishi mumkin. Ularning kelib chiqishi kvant
mexanikasi
qonunlari bilan tushuntiriladi, chunki ular elektron qobiqlarining
o`zaro ta`sirlashishi bilan bog`langandir.
Umuman olganda ikki molekulaning o`zaro ta`sirlashishi har uchala turdagi
ta`sirlashishlar yig`indisidan iborat bo`ladi, ya`ni
U
U
d
U
o
U
i
kabi bo`lib,
unda dispersion kuchlar katta ahamiyatga ega bo`ladi.
Vodorod bog`lari makromolekulalararo ta`sirlashishning alohida turi bo`lib,
ular ikki elektrik qarama-qarshi atomlarning vodorod atomi orqali ta`sirlashishida
namoyon bo`ladi. Bunda vodorod bir paytning o`zida
bir elektrik qarama-qarshi
atom (jumladan O, N, F, Cl, S) va boshqa bir atomning bo`linmagan elektron
juftligi bilan valentli bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lar tarkibida -ON, -SOON, -
N-SO, -NH
2
kabi guruhlar bo`lgan makromolekulalarning o`zaro ta`sirlashishida
hosil bo`ladi.
Makromolekulalar gidrofob (guruhlari qutbsiz) va gidrofil (guruhlari qutbiy)
bo`ladi.
Gidrofil
makromolekulalar
qutbiy
guruhlarga
ega
boshqa
makromolekulalar, past molekulyar birikmalar,
jumladan, suv molekulalari bilan
yuqori darajada ta`sirlashadi.
Polimer molekulalarining o`ziga xos yana bir xususiyati shundan iboratki,
ularda molekulalararo o`zaro ta`sirlashishdan
tashqari, bitta makromolekulaning
ayrim qismlari ham o`zaro ta`sirlashadi. Bu makromolekulaning ichki ta`sirlashishi
deb qaraladi va bunda zanjirli molekulaning bir-biri bilan kimyoviy bog`lanmagan
atomlari va atom guruhlari o`zaro ta`sirlashishi nazarda tutiladi.
Makromolekulalararo o`zaro ta`sirlashish o`lchami
kogeziya energiyasi
zichligi (KEZ)
orqali ifodalanadi.
Kogeziya
- bu makromolekulalararo o`zaro
tortishish kuchi orqali namoyon bo`ladigan yopishqoqlikdir.
Kogeziya energiyasi
zichligi makromolekulalarni bir-biridan cheksiz uzoq masofaga uzoqlashishida
bajarilgan ishga ekvivalent bo`lib, amaliy jihatdan moddaning bug`lanishiga yoki
uchib chiqishiga muvofiq keladi. Quyidagi II.4.2-jadvalda chizig`iy polimerlarning
o`zaro ta`sirlashish energiyasini zanjirning 0,5 nm qismiga nisbatan aniqlangan,
ya`ni solishtirma molyar kogeziyasi keltirilgan.
Makromolekulalarning polimerlanish darajasi oshib
borishi bilan ularning
o`zaro ta`sirlashishi ham keskin oshadi. Polimerlanish darajasi
1000 bo`lganda
o`zaro ta`sirlashish kuchlari kimyoviy bog`lanish kuchlaridan ancha ortib ketadi.
Oqibatda polimerlarni bug`lantirib gaz holatiga o`tkazib bo`lmaydi. Ammo issiqlik
ta`sirida polimer molekulalarining harakatchanligi oshadi. Buning natijasida
makromolekulalararo bog`lar uzilishi va zanjirlar tizimi
turli xil fizik holatlarga,
jumladan suyuq-fazoviy agregat holatga o`tishi mumkin. Shuni aytish joizki,
makromolekulalar o`zaro ta`sirlashishining issiqlikka bog`liqligini ifodalaydigan
issiqlik harakatchanligi
tushunchasi mavjuddir.
II.4.2. jadval.
Chizig`iy polimerlarning solishtirma molyar kogeziyasi
Do'stlaringiz bilan baham: