10
«Texnologiya» atamasi ishlab
chiqarish doirasidan yu
q
ori komponentli psixologo-
pedagogik injeneriyali muxitga kiritilgan pedagogik muxitdan olingan.
Ta’limni texnologiyalashtirish – bu pedagogika fanining yo’nalishi hisoblanib,
tadqiqot
qiluvchi va qonuniyatlarni ochib beruvchi, ta’lim jarayoniga texnologik yondoshuv asosida
ta’lim maqsadlariga samarali erishishning optimal yo’llari va vositalaridir.
Ta’lim texnologiyasi - pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun
ishlatiladi. Bu (fan predmeti), «texnik va inson resurslarini hamda ularning o’z oldiga ta’lim
shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars
berish va bilimlarni o`zlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning
tizimli usuli hisoblanadi (YUNESKO).
O’qitish texnologiyasi -
bu ta’lim, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning jamlangan va tartibga
solingan optimal yo’llari
va vositalaridir, bu ta’lim jarayonini uzgaruvchan sharoitlarda,
ajratilgan vaqt davomida samarali natijalarga kafolatli erishishni va aniq ta’lim jarayonlarini
amalga oshirishni instrumental ta’minlovchisi hisoblanadi (PT jarayonli –bayonli aspekti);
bu mavjud jarayondir, ta’lim jarayoni sub’ektlarining
hamkorlikdagi yuzaga kelgan
tartibli xarakatidir (PT jarayonli xarakat aspekti).
Pedagogik texnologiya – bu ta’limni texnologiyalashtirish sohasida pedagogik xodisalar va
jarayonlarda qo`llaniladigan tushuncha
«Pedagogik tizim», «ta’lim texnologiyasi» va «fan metodikasi» tushunchalari va ularning bir-
biridan farqi
Pedagogik tizim – belgilangan sifatlarga ega shaxsni shakllantirishga qaratilgan, maqsadli
va oldindan belgilangan pedagogik ta’sir ko`rsatish uchun zarur bo`lgan o’zaro bog`liq
vositalar, usullar, jarayonlar birligidan iborat ma’lum bir butunlik (V.Bespalko).
Ta’limning predmet metodikasi – ta’lim tizimida quyidagi predmetning ahamiyati va ularni,
uning vazifalari va ta’lim mazmunini aniqlab beradi. Shu predmet yuzasidan ta’lim usullari,
shakllari va vositalaridan qanday foydalanish va boshqarilishiga izox keltiradi.
Tizimli turkum (kategoriya) kabi ta’lim texnologiyasi quyidagilarni ifodalaydi:
(1) pedagogik tizimning tarkibiy qismlarini (komponentlarini), (2) ta’lim
texnologiyasining
tarkibiy qismlarini (elementlarini), uning protsessual qismini, (3) ta’lim metodikasining keyingi
darajasini – maqsadga erishish uchun uslubiy (metodik) tizimni o`quv
jarayoni qatnashchilarining
harakat izchilligiga aylantiradi.
Fan metodikasidan o`qitish texnologiyasining faqki:
faqatgina «qanday o’rgatish?» savoliga javob bermay, balki u muxim qo’shimchalar
qiladi - «
samarali natija olish uchun qanday o’rgatish va qanday optimal o`quv jarayonini
tashkillashtirish?»;
aniq talablarga va taxminiy
natijalarga
emas balki
aniq vazifalarga tayangan holda aniq
pedagogik g`oya asosida
loyixalashtiriladi;
natijalarni qayta ishlab chiqish bilan farq qiladi;
bilim olishda, ta’lim beruvchiga yo’naltirilgan, darsning metodik
ishlanmalaridan farqli
o’laroq, shaxsiy faoliyatlarini hisobga olgan holda yutug`larni ta’minlaydi va ta’lim oluvchilarga
yo’naltiradi.
Pedagog-texnologning uslubiyotchidan (metodistdan) farqi:
tajriba o’tkazmaydi:
u aniq belgilangan natijalar bilan ish olib boradi;
11
ma’lum muddatda va talab bo`yicha qo’yilgan maqsadni amalga oshirishda shubxa
tug`dirmaydigan, faqatgina
asoslangan ta’lim modeliga
tayanadi;
ta’lim maqsadi qo’yilgandan so’ng, pedagogik vazifalar aniq belgilangandan so’ng,
taxmin qilingan o`quv natijalari shakllangandan so’ng va ta’lim jarayonining ketishi bo`yicha
qo’yilgan talablardan so’nggina xarakatni boshlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: