“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
261
Sanoq sistemalarini yechish usullari.
(1)
Uzoqov Axror Shrinboyevich,
(2)
Jo’rayev Jonibek Uktamovich ,
(3)
Baxtiyorov
Sherzod Xudoyberdiyevich.
(1), (2)
SamDAQI qoshidagi 1-son akademik litsey
“Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilari,
(3)
Samarqand Qishloq
xo’jalik kolleji “Aniq fanlar” kafedrasi o’qituvchisi.
Bugungi kunda axborot texnologilari fanining ahamiyati katta o’rin tutmoqda,
chunki texnikaning asosini sanoq sistemalari tashkil etadi. Sanoq sistemalari
axborotlarni analog signaldan diskret signalga aylantirib beradi,bu esa ma’lumotlarni
uzatishda asosiy vazifani bajaradi. Sanoq sitemalari hayotimizda turli xil sohalarda
ishlatiladi, matematik hisob kitoblarni bajarishda, elektronika sohalaridan tashqari
kunlik turmushimizda ham hafta kunlari, yil fasllari, olayotgan nafasimiz ham
soniyalarga bog’liq yurak urushi buning barchasi sanoq sistemalari orqali amalga
oshiriladi. sanoq sistemalari mavzusini o’qitishda o’quvchilarga hayotiy misollar va
kompyuter texnikasi orqali yetkazib berish o’quvchilarning bilim savviyasini va
tasavurini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
10 lik sanoq sistmasi bobomiz Al-Xorazmiy olib kelgan. 0 sonini yozmaslik
xatolikka olib kelishini isbotlab bergan.Shuning uchun ham 10 lik sanoq sistemasida
0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlari ishtirok qiladi.
8 lik sanoq sistemasida 0,1,2,3,4,5,6,7 raqamlari ishtirok qiladi.
16 lik sanoq sistemasida 0,1,2,3,4,5,6,7 ,8,9, A,B,C,D,E,F lar ishtirok
qiladi,bunda
A-10,B-11,C-12,D-13,E-14,F-15 ni ifodalaydi.
Qadimgi ba’zi xalqlar ishlatadigan sonlar alifbosida Qadingi Afrika qabilalarida 5
lik,Inglizlarda 12 lik sanoq sistemasi, Fransuzlarda 60 lik sanoq sistemalari
ishlatilgan.Bu sanoq sistemalarning ba’zilari tabiiy hisoblash vositasi bo’lmish,qo’l
barmoqlarimiz asosiy o’rin tutadi.Kaftimizning bosh barmog’ini buksak va qolgan
barmoqlarimiz bo’g’inlari 12 tadan iboratligini ko’ramiz.12 lik sanoq sistemasi
uchun vosita sifatida ana shundan foydalanilgan.
Bizning hayotimizda sodir bo’ladigan har bir narsa tabiat qonunlari bilan bo’g’liq
ekanligiga guvohmiz.
Bugungi mavzumizdagi sanoq sistemalari ham bir-biri bilan bog’liq.
Ikkilik sanoaq sistemasini kashf qilgan olim
Turli asosli sanoq sistemalaridagi sonlarni o’n asosli sanoq
sistemasiga o’tkazish.
Turli asosli sanoq sistemalaridagi sonlarni 10 asosli sanoq
sistemasiga o’tkazish uchun sonlarni mazkur sanoq sistemasi
asosining darajalari bo’yicha yoyish formulasini
N =a
n
p
n
+ a
n-1
p
n-1
+ ... + a
1
p
1
+ a
0
p
0
+ a
-1
p
-1
+ ... + a
-m
p
-m
dan foydalaniladi,bu yerda:
(a
n
a
n-1
… a
1
a
0
a
-1
… a
-m
)
p
a
n
a
n-1
… a
1
a
0
a
-1
… a
-m
-sonning butun qismi yoyilmasi
koeffisyentlari;
a
-1 ,
a
-2
… a
-m
- sonning kasr qismi yoyilmasi koeffisiyentlari;
p
-sanoq sistma asosi.
1-misol .Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 101110 sonini
o’nlik sanoq sistemasiga o’tkazing.
Do'stlaringiz bilan baham: |