“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
156
kiygan saroy xodimlari kuzatib kelayotganliklari tasvirlangan. Ulardan biri chol.
Yana birining belida kichik xanjar va qilich osilgan, qullarida xassa. Bu ularning
saroy amaldorlaridan ekanligidan dalolat beradi. Tasvirlangan kishilarning orqasida
oq rangli parrandalar aks ettirilgan. Bulardan tashqari oq kiyimli ikki kishi ham aks
ettirilgan. Ulardan biri qora rangli otni yuganidan tortib kelmoqda. Ikkinchisi
orqaroqda, qushlar yonida (u ot mingai xolda bo‘lishi mumkin) tasvirlanganligini
ko‘ramiz.
O‘zbekistan xududidagi eng qadimgi san’at namunalari yurtimiz ahlining
qadimiy ajdodlari juda kuxna va boy madaniyat va san’at sohibi ekanligidan dalolat
beradi. Ularning yuksaklik bilan bajargan rasmlari usha davri san’atining
namunasidir.
Samarqand amaliy san’atining rivojlanish tarixiy taraqqiyotidan bilib olamizki,
barcha amaliy san’atga oid elementlar u joyning muhiti va sharoiti bilan bog‘liq
rivojlanib kelgan. Amaliy san’atidagi turli kurinishlar va ramziyliklar professor,
san’atshunoslar H. Zohidov, A. Hakimov, Z. Raximova, R. Hasanov, H. Juraev, S. S.
Bulatovning asarlarida keltirib o‘tilsada u tuliqligicha hali o‘rganib chiqilmaganligi
va echimini ko’tib to’rgan masalalar bu sohada ko'p. Samarqand amaliy san’atining
o‘ziga xos tomonlari juda xilma - xil bo‘lib ularni har bir turlarini chuqur o‘rganib
borganda bilish mumkin bo‘ladi.
Miniatyurach musavvir Muhammad Murod Samarqandiy 1616 yilda Buxorada
bo‘lgan. U Sadiyning «Buston» asariga miniatyura chizgan. So‘ng asar Juybor
shayxlaridan Abduraxim Xo‘jaga tuhfa qilingan. O‘rta asr o‘zbek miniatyura
san’atining yanada bir ko‘zga ko‘ringan taniqli musavviri Muhammad Murod
Samarqandiy o‘zining g‘oyat kuchli tasviriy qobiliyati, asarlarni jonli, ifodali, realligi
bilan ajralib turadi. «Shoxnoma» asarida uning 115 illyustratsiya miniatyurasi uning
o‘z davrining etuk san’atkori ekanligidan dalolat beradi. U g‘oyat kuchli dramatik
syujetlarni o‘z asarlarida ifoda etadi. Asarlarida o‘z davrining sotsial, ijtimoiy xayoti
to‘la - qonli ifoda etib berilgan. Uning «qo‘zg‘olon» asarini kuzatar ekanmiz asar
qahramonlarini g‘oyat aniq tashvishli, g‘azabkor va jonli jonli ifoda etilganligini
ko‘ramiz. Asardagi ranglar ham o‘ziga xos qo‘zg‘olosh ruxida beriladi. Murodning
rang tanlashi ham o‘zidan avvalgi musavvirlardan boshqacharoq kompozitsiya
syujetlari va ularga tanlangan ranglarda aloxidalik reallik xukm suradi. Murod
Samarqandiy-mashhur naqqosh va mashhur atoqli musavvir. Murod Samarqandiy
XVI asrdayashab ijod etgan rassom. Murod Samarqandiyning ota-onasi to‘g‘risida
hech narsa deyilmagan. Murod Samarqandiy ayrim sharqshunos olimlarning
ishlarida aniq tug‘ilgan yili va kunini tasvirlab bermaganligini ko‘ramiz. U rasm
chizishni eng oddiy elementlarini o‘z kompozitsiyalarida foydalanganligini baddiy
asarlari syujeti bo‘yicha rasm ishlashga asosiy e’tiborini qaratgnanligini bilamiz.
Kashtachiligimiz san'ati ham nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham
shuhrat qozongan. O`zbek chevar ustalari qo`llari bilan tikilgan kirpich, so`zana,
zardevor, gul ko`rpa, choyshab kabilar Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya,
Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy, shuningdek Respublikamizning Farg`ona
vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki amaliy san'at muzeylarida ko`p namunalari
to`planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |