O‘zbekiston xalq amaliy san’atning badiiy ta’limdagi o‘rni.
Sam DU katta o’qituvchisi D.Ergashev., SamDMQI dots. H.Juraev., SamDU
amaliy san’at yunalishi 3-bosqich talabasi M.Ergashev.
Bilamizki, O‘zbekiston xalq amaliy san’ati qadimdan shakllanib kelgan. Mana,
madaniy yodgorliklarni saqlash jamiyatining tuzulganiga ham yuz yigirma yildan
oshibdi. Bu masalalar 1918 yilning 5 dekabrida qadimiy me’morchilik (arxitektura)
yodgorliklarini,san’at asarlarini hisobga olish va saqlash haqida dekret chiqarilgan
bo‘lib, unda naqqosh ustalar ham boshqa ustalar qatori machit, madrasa, turar
joylarni, saroylarni ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanish kerak bo‘ldi. Shundan
boshlab usta va naqqoshlar, o‘ymakor, ganch san’atkorlari ta’mirlash ishlarini yo‘lga
qo‘yganlar.
1930-yildan so‘ng ko‘pgina jamoat uylari, choyxonalar, madaniyat u ylari,
saroylar va boshqa joylarni yog‘och щymakorligi, naqsh va ganch bilan bezatish
ishlari boshlab yuborilgan.
1938 yili Moskvadagi Butunittifoq xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasidagi
O‘zbekiston restorani va pavilionlarini bezashga naqqoshlarni safarbar qilingan
“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
158
bщlib. U erdagi O‘zbekiston povilioni ajoyib namoyonlar, qandillar, o‘yma eshiklar,
o‘yma ganchlar va naqshlar bilan bezatildi. Shuningdek, O‘zbekitonda ham amaliy
san’at ustalarimiz 1939 yilda Samarqand va Buxoraning eng yaxshi ustalaridan 12
kishi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi binosini ajoyib naqshlar bilan
bezatdilar. Shu yillari “Bahor” konsert zalini ham naqsh, ganch o‘ymakorligi,
yog‘och o‘ymakorligi bilan bezatilgan edi. 40-yillarda qurilgan Muqumiy, Navoiy
teatri binolari ham turli ko‘rinishdagi ajoyib naqsh, ganch va yog‘och o‘ymakorligi
bilan bezatiladi.
Amaliy san’atning naqqoshlik san’atini rivojlantirishda ajoyib xalq ustalari
qatnashgan bo‘lib, ular Farg‘onalik Sayidmahmud Norquziev, Toshkentlik Tohir
To‘xtaho‘jaev, Olimjon Qosimjonov, Yoqubjon Raupov, Jalil Hakimov, Xivalik
Abdulla Boltaev, S.Xudoyberganov, X.Raximov, Samarqandlik Jalol va Bolta
Jalilovlar, usta Madaminjon Husanov va boshqalardir. Shu kabi usha davrning
amaliy san’at ustalari hamda ularning shogirdlari yaratgan asarlar xozirgi kunda ham
xalqqa hizmat qilib kelmoqda. Ularning asosiylari avloddan - avlodga meros bo‘lib
kelayotgan naqqoshlik san’atiga katta xissa qo‘shdilar. Ular o‘zbek naqqoshlik
elementlariga yangicha elementlar qo‘shib (o‘roq, bolg‘a, geometrik elementlar,
kabutar, paxta, paxta gullaridan, yulduz va boshqalar) bilan yangicha g‘oyalar
kiritdilar. Shuning bilan birga o‘zimizning an’anaviy o‘zbek xalqining o‘ziga xos
milliy naqsh san’atini saqlab qoldilar. Ular zamonaviy binolarga moslab o‘zbek
xalqining elementlari bo‘lmish nozik milliy naqsh elementlaridan hisoblangan
majnuntol nihollari, anor bo‘tog‘i, gullar butog‘lari, daraxt gullari va boshqalarni
stelizatsiya qilib tasvirladilar. XX asrning o‘rtalarida naqqoshlik san’ati yanada
rivojlangan edi.
Samarqand naqqoshlari Toshkent va Farg‘ona naqqoshlariga uxshab
elementlarini bajarganlar. Ularning ishlari bir-biriga uxshab ketadi.Samarqand
naqshlari o‘ta o‘zining guldorligi, barg va gullarning badiiy harakatchanligi bilan
ajralib turadi. Naqshlar jonliligi, ranglarning tuzilishi bilan ham farq qiladi. Farg‘ona
naqoshlarining ishlari, asarlari tuzilishi bilan aniq bir ritmik takroruluvchan
naqshlarkompozitsiyasi Toshkent naqshlariga ham uxshab ketadi. Avallari zangori
rang gammasida ko‘proq naqsh bajarilgan bo‘lsa, hozir yashil rang gammasiga
ko‘proq naqshlar bajariladigan bo‘lishdi. Samarqand naqqoshlik maktabini
yaratishda “Usta Rahmonqul, usta Sharif, usta Jaloliddin (Mirjamol), usta Mahmud,
usta Abdujabbor, usta Abduzoxid, usta Aminjon, usta Baqo” keyinchalik usta Jalol
va Bolta Jalolovlar kabi naqqoshlar asos soldilar va bebaho xazinasini qoldirdilar.
Mana shularning hammasi O‘zbekiston amaliy san’atining rivojlanishiga
asoslardan biri bo‘ldi. Tasviriy san’atning rivojlanishi bosqichi davlatimizda qiyin
kechgan bo‘lsada. Amaliy san’at qadimdan rivojlanib kelganligini ko‘rib turibmiz.
SHuning davomi sifatida amaliy san’at mustaqillika erishganimizdan so‘ng yanada
rivojlanish yo‘lida bordi. Albatta bularning hammasi davlatimiz rahbariyati va
amaliy san’atga, kasb - hunar ta’limiga alohida e’tibor bergani bilan izohlasak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Mustaqillikka erishgunimizgacha amaliy san’atning ayrim turlari naqqoshlik,
ganchkorlik, o‘ymakorlik, kosibchilik, zargarlik, gilamchilik, duppichilik kabi bir
Do'stlaringiz bilan baham: |