“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари. 209
-
“Nuqtai nazarining bo’lsin” O’qituvchining savolli topshiriqlariga barcha
o’quvchilar o’z nuqtai nazarlarini bildiradilar shu orqali o’zlarining shaxsiy fikrlari
qaror topadilar.
-
“Tanqidiy fikirlash”-O’quvchilar o’qituvchinini bergan savollariga bir-birini
takrorlamagan holda, tanqidiy yondashib fikr bildiradilar.
Innovatsion ta’lim o’ziga talluqli bo’lgan bir necha bosqich va vositalar
jamlanishi natijasida ilmiy-ijtimoiy yangilik yoki g’oyaga aylanadi. Bunda yangilik
kiritish innovatsiya natijasi sifatida qaraladi. Innovatsion jarayon esa umumiy tarzda
quyidagi uch bosqichda rivojlanadi. G’oyalarni berish, g’oyalarni amaliy jihatdan
ishlab chiqish va yangilikni amaliyotga tadbiq etish.
Tizimli innovatsiyalar muayyan muammo dorasidan kelib chiqadigan, aniq
maqsad va vazifalarga ega bo’lgan innovatsiyalardir.
Bular o’qituvchi va o’quvchi qiziqishlari asosida tuzilib, uzviy harakterga ega
bo’ladi. Bunday innovatsiyalar puxta tayyorlanib ekspertlardan o’tadi va zarur
vositalar bilan ta’minlanadi.
Innovatsion texnologiyalar quyidagi yo’nalishlarda amaliyotga joriy etiladi:
-Oquvchilarning e’tibori o’zlashtirishi lozim bo’lgan bilimlar majmuiga emas
balki bilimlarni egallashga imkon beruvchi uslub va usullarga qaratiladi. Boshqacha
aytganda texnologiya o’quvchilarni o’qib va o’qib olish ko’nikmasi bilan
qo’rollantirish. Ularning axborot olishi va ishlov berish usullarini egallashlariga
yordam beradi.
- Innovatsion texnologiya aslida o’quvchilarni mustaqil fikirlashga o’rgatadi.
O’quvchilar innovatsion texnologiyadan foydalanib o’quv materialini tahlil qiladi.
Ta’lim muassasasida innovatsion modellarni amaliyotga samarali tadbiq
etishning boshlang’ich shartlari sifatida quyidagi chora-tadbirlarni keltirib o’tish
mumkin.
-
Umumiy maqsadlar mavjudligi
-
Boshqaruv tizimining qulay va demokratik xususiyati.
-
Axborot almashishinish tizimining muvofiqlashtirish.
-
Raxbarlarning yuqori darajada professional kompetentligi.
-
Jamoada psixologik muhitning ijobiyligi.
-
Innovatsion faoliyatda o’qituvchilarning samarali ishtrokini ta’minlash
Innovatsion jarayonni tarkibiy qismiga muammolar, yangilika ehtiyoj,
sub’ektlar, maqsad va vazifalar, mazmun, metodlar va natijalar kiradi. Shulardan
ko’rish mumkinki innovatsion jarayonni tashkil etish hamda ko’zlangan natijalarga
erishishda eng avvalo ta’lim muassasasidagi mavjud muammolarni o’rganish tahlil
qilish va bartaraf etishda bajarilishi zarur bo’lgan vazifalarni aniqlash, shuningdek
muassasaning imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib innovatsion jarayoning
mazmuni va mohiyatini belgilashning sifati va bajarilishi samaradorligi
sub’ektlarning faoliyatiga qay darajada bog’liq bo’lsa, ta’lim muassasasi faoliyatida
belgilangan maqsadlarga ko’ra, yuqori natijalarga erishish ularning innovatsion
faoliyati hamda innovatsion jarayonlarni tashkil etish qobilyatlariga shu darajada
bog’liq bo’ladi.