“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
211
o’rinni egallab kelayotgan inliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berilayotgani bejiz
emas.
O’zbеkiston Rеspublikasi ta’lim tizimida chet tilini o’qitish, o’rgatish ilmiy
yondashuv asosida, davr talablariga to’la javob bera oladigan yangi axborot
kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalar joriy etilishi asosida yangi sifat
darajasida ko’tarilib bormoqda.
Pedagogik texnologiyalar darsda o’qituvchi talabalar faolligining yuqori
darajasini ta’minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi.
Xozirgi zamon talabi o’qituvchilaridan faqat o’z fanini bilishgina emas, balki
zamonaviy o’quv qo’llanmalarini yaratishda, dars jarayononi olib borishda
zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini qo’llashni va bu
texnologiyalarda mukammal ishlashni, ularni boshqara olishni talab etadi. Bu esa
talabaning aqliy faoliyatini rivojlantiradi, uning til faoliyatini kuzatadi, taxlil etadi,
taqqoslaydi, yutuq va kamchiliklarini aniqlashga yordam beradi.
Ma’lumki chet tilini o’rganish juda murakkab jarayondir.Chet tillarni o’qitishda
yangi g’oyalar, texnologiyalardan foydalanilgandagina rivojlanishga, taraqqiyotga,
erishish mumkin bo’ladi. Mashg’ulotlar jarayonida ularga amal qilinsa, yaxshi
samara berishi shubhasizdir. Ilg’or texnologiyalar shaxsga yo’naltirgan yondashuvni
aks ettirib, har bir talabaning faqat bilim, malaka va ko’nikmalarini egallashlarigina
emas, balki uning rivojlanish individual xususiyatlarini hisobga olgandagina unumli,
ijobiy natijalarga erishish mumkindir.
Hozirgi davrda talabaning mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishda
noan’anaviy,
qulay
va
o’ylashga
majbur
qiladigan
yangi
pedagogik
texnologiyalardan foydalanish usullari ishlab chiqildi. Ushbu usullardan samarali
foydalana olish barcha pedagoglar oldida turgan muhim vazifadir.
O’qituvchi, shu jumladan, kasb ta’limi o’qituvchilarining jamiyat taraqqiyoti
faravonligini ta’minlashdagi o’rni haqida gap ketar ekan, u ta’lim oluvchining va o’z
kasbini sevishidan tashqari saboq beradigan fani bo’yicha ham har tomonlama etuk
mutaxassis bo’lishi bilan ish harakat usullari ijobiy-shaxsiy fazilatlarga ega bo’lishi
lozim. Shunday ekan, hozirgi kun prdagoglaridan juda katta ma’suliyat talab etiladi.
Hozirgi kun pedagoglari zamon bilan hamnafas holda ta’lim sifatini oshirish borasida
zamonaviy pedagogik texnologiya usulidan foydalanib, o’quvchilarga o’zi egallagan
bilimlarni etkaza olishi lozim.
Ta’lim jarajoniga tobora keng kirib kelayotgan zamonaviy pedagogik
texnologiyalar qisqa muddat mobaynida o’zining samarasini berishi Yevropaning bir
qator mamlakatlarida sinovdan o’tkazganligi bilan izohlanadi.
Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol
usullar o’quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.
Bunday vositalar orqali dars o’tilganda o’qituvchi qisqa vaqt davomida ko’proq
ma’lumot berishi va talabaga qiziqarli tarzda darsni tashkil etish kuzatiladi.
O’qituvchi chet tili darsini olib borishda yangi metodlar ya’ni, guruh bilan ishlash,
rolli o’yinlar, klaster, aqliy hujum, birgalikda o’qiymiz, keys va boshqalar orqali
darsni tashkil qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bunda o’qituvchi eng avvalo chet tili
muhitini yaratishi jumladan, o’zi ham shu tilda fikrini bayon etishi nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |