Microsoft Word \270\270\270darslik elektron tijorat docx


 Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat



Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/186
Sana07.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#325785
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186
Bog'liq
DARSLIK ELEKTRON TIJORAT

 
14.3. Mobil platformalariga asoslangan elektron hujjat 
aylanish tizimlari. 
 
Bugungi  kunga  kelib  savdo  shaxobchalari  o‘rnini  elektron  do‘konlar 
egallashi  ko`zda  tutilgan.  Mahsulot  saqlovchi  omborxonalar  barham  topadi. 
Buyurtmachi  talabi  asosida  mahsulot  ishlab  chiqarish  keng  yo‘lga  qo‘yiladi. 
Nafaqat  mamlakatimiz  aholisidan,  balki  chet  el  fuqaro  va  tashkilotlaridan  ishlab 
chiqarish  korxonalari  mahsulotlariga  uzluksiz  buyurtmalar  kelmoqda.  Bu  borada 
axborot  –  kommunikatsiya  tizimining  ahamiyati  beqiyos  katta.  Bank  tizimining 
global axborot tarmog‘iga ulanishi to‘lovlarni naqd pulsiz elektron usulda amalga 
oshirilishi qo‘l keldi. Bu, o‘z navbatida, pul almashinuvi harakatini jadallashtirdi, 
jamiyatning iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratdi. Buning asosida elektron biznes 
yotadi.  Hozirgi  kunda  tayyor  mahsulotni  jahon  bozoriga  olib  chiqish,  uning 
hususiyatlarini  Internet  orqali  tashviqot  qilish,  xaridorni  jalb  etish  va 
mamlakatimizga  valyuta  oqimini  ta’minlash  har  bir  ishlab  chiqarish  korxonasi 
faoliyatining  asosiy  tamoyiliga  aylangan.  Ma’naviyati  yuksak  mamlakatimiz 
aholisining  ekologik  toza  va  sifatli  mahsulotga  bo‘lgan  talabini  qonun  doirasida 
ta’minlash  ishlab  chiqarish  korxonalarining  asosiy  vazifasi  hisoblanadi.  Har 
qanday  ishlab  chiqarish  korxonasi  ichki  va  tashqi  bozorda  o‘z  mavqeini  saqlab 
qolish maqsadida sifatli raqobotbardosh mahsulot ishlab chiqarishga harakat qiladi, 
yetuk  mutaxassislar  bilimi,  tajribasi,  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarga 


222 
 
tayanadi.  Bugungi  kunga  kelib,  tub  aholi  mamlakatda  ishlab  chiqarilgan 
mahsulotlarni  xarid  qilishga  o‘tgan,  chunki  xorijiy  mamlakatlar  mahsulotlari 
sifatining  qay  darajada past  ekanligiga ishonch hosil  qilib bo‘lgan.  Aholining  o‘z 
mamlakatida  ishlab  chiqarilgan  sifatli  mahsulotlarni  xarid  qilishi  korxona  ishlab 
chiqarish  hajmini  kengaytirishga,  mahsulot  tannarxini  pasayishiga,  yangi  ish 
joylarini  tashkil  etishga  olib  keladi.  Bunday  istiqbolli  rivojlanish  asosida  axborot 
texnologiyalari  va  kommunikatsiya  tizimining  samarali  faoliyati  yotadi.  Axborot 
tizimining rivojlanishi nafaqat ishlab chiqarish korxonalari yuksalishini ta’minladi, 
balki  xizmat  ko‘rsatish  borasida  ham  katta  yutuqlarga  sabab  bo‘ldi.  Masalan: 
turizm sohasida qator yutuqlarga erishildi.  
Mamlakatning  geografik  jihatdan  joylashuvi,  qadimiy  obidalarga  boyligi 
xorijiy  sayyohlarni  jalb  etishga  manba  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.  Internet  orqali 
sayyohlarga xizmat ko‘rsatish, diqqatga sazovor joylarni tashviqot qilish, xizmatlar 
uchun  elektron to‘lov  tizimining ishlab turishi e’tiborga  loyiq  holatdir.  Sayyohlar 
sonining  yil  sayin  oshib  borishi  bu  borada  ham  raqobatni  yuzaga  keltirdi,  xizmat 
ko‘rsatish sifatini oshirishga turtki bo‘ldi. Mamlakat aholisining yashash, iqtisodiy-
ijtimoiy  rivojlanish  darajasi,  madaniy  va  ma’naviy  salohiyatini  belgilovchi 
omillardan  biri  ularning  sifatli  mahsulotga  bo‘lgan  talabi  va  uni  xarid  qilish 
imkoniyati  bilan  belgilanadi.  Internet  tarmog‘ining  rivojlanishi,  banklar  tizimi 
orqali  elektron  to‘lovlarni  amalga  oshirish  ishlab  chiqarish  korxonalari 
mahsulotlarining  xaridorgirligini  ta’minlamoqda.  Mahsulot  ishlab  chiqarishining 
rivojlanishi  tushumlar  zahirasi  oshishiga  olib  kelmoqda.  Raqobat  va  sifat 
ko‘rsatkichlari  bozorlarda  xorijiy  tovarlar  o‘rnini  bosadigan  sifatli  mahsulotlar 
ishlab chiqarishni taqozo etadi, shuningdek, jahon bozorida o‘z o‘rnini egallashiga 
zamin  yaratadi,  mamlakat  iqtisodiy  salohiyatini  oshirishga  xizmat  qiladi. 
Respublikada jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash borasida amalga 
oshirilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlar  kichik  biznes  va  tadbirkorlik 
samaradorligini  oshirish,  bu  tizimidagi  qonuniyatlarni  tadqiq  etish,  kadrlarni  ish 
joyi  bilan  ta’minlash  davlat  dasturining  amalga  oshishini  baholab  borish  muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 


223 
 
Nazorat savollari: 
1.Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz?. 
2.Elektron  hujjat  aylanish  (Elektron  Data  Interchange)  tizimi  haqida 
tushuncha. 
3.Mobil  platformalariga  asoslangan  elektron  hujjat  aylanish  tizimlari  o;zi 
nima? 
4.Elektron raqamli imzo nima? 


224 
 

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish