2-Mavzu: Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Reja
1.
Individ va shaxs tushunchasi
2.
Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuvi bilan aloqadorligi.
3.
Shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit vatarbiyaning tutgan o’rni.
4.
Shaxs rivojlanishining yosh va psixologik xususiyatlari.
“Individ” va “Shaxs” tushunchasi
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy
etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi,
muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini
ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi,
o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan
boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
O‘z mehnati tufayli inson psixikasi takomillashib xayvonlar psixikasidan
tobora uzoqlashmoqda, va bunga sabab bo‘layotgan omillar bu uning jamiyatda
bo‘lishligi, odamldar bilan birgalikdagi faoliyati, ular bilan turli munosabatlarga
kirishishi, uning dunyoqarashini shakllanishidir va shu bilan birga u jamiyatning
faol a’zosi shaxs bo‘lib shakllanishidir.
Shaxs tushunchasiga ta’rif berishimizdan avval biz, insonning shaxs bo’lib
yetishmaganlidan avvalgi jarayonni kuzatib undagi hali to‘liq yoki bo‘lmasa
mutlaqo hali Shakllanmagan tomonlarini, ya’ni sifat va xususiyatlarini nazarda
tutishimiz mumkin. Ya’ni hali shakllanmagan shaxs psixologiyada individ nomi
bilan
yuritiladi.
“Individ”
tushunchasida
kishining
nasl-nasabi
ham
mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilggan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni
ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning
vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham
individ deb hisoblash mumkin. Biron-bir kishini biz individ deb ataganda biz juda
ko‘p narsalarni aytgan bo‘lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning potensial ravishda
inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va hatto juda ham umumiy
tarzdagi ta’rifi fazilatlarining bayon etilishi va izohlanishi taqozo qiladi. Bunday
fazilatlarsiz u faqat boshqalarga o‘xshamaydigan emas, balki ular kabi harakat
qilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob ham chekmaydigan, jamiyat a’zosi sifatida,
tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida ijtimoiy aloqalarga jalb ham etilmagan
real kishi emas, balki demografik ma’lumotnomalardagi jonsiz birlik holida qoladi
xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazitlat kashf etadi,
Shaxs bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy
munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi.
Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarining shu qadar
chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan
hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini
belgilaydigan muntazam tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifoda
etiladi.
“Individ” va “Shaxs” tushunchalarining o‘xshashligi emas, balki birligi
haqidagi fikr quyidagicha tarzda o‘rtaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan savolga javob
berilishini taqozo qiladi: Shaxs bo‘lib hisoblanmagan individning mavjud bo‘lishi
yoki aksincha individning konkret sohibi sifatida undan tashqarida va usiz mavjud
bo‘lish fakti ko‘rsatilishi mumkinmi? Taxminiy tarzda fikr yuritilgan taqdirda unisi
ham va bunisi ham bo‘lishi mumkin. Agar kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga
yetgan individni hayolan tasavvur qilinadigan bo‘lsa, bu holda u birinchi bor
odamlarga duch kelib, biologik jonzotga xos individual xususiyatlardan bo‘lak
hech qanday, yuqorida aytilganidek, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy-
tarixiy xarakter kasb etadigan shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila
olmaydi balki tevarak-atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va
munosabat jarayoniga “torta olishgan” taqdirda ularning paydo bo‘lishi uchun
zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo‘ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan
bolalar tajribasini o‘rganish bu vazifani amalga oshirishning g‘oyat darajada
murakkabligidan dalolat beradi. Qarshimizda hali shaxs sifatida kamolatga
erishmagan individ bo‘ladi. Real individni gavdalantirmaydigan shaxsning paydo
bo‘lish imkoniyatlari mavjudligi muayyan istisnolar bilan tan olinishi ham
mumkin. Har bir kishining shaxsi uning individualligini vujudga keltiradigan
hislatlar va fazilatlarning faqat unga xos birikuvidan tarkib topgandir. Individuallik
– kishining o‘ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi
psixologik fazilatlar birikmasidir.
Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarda, odatlarda, ustun
darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlariga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur,
tasavvur) da qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos uslubda va hokazolarda
namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini
o‘zida mujassamlashtirgan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jhatidan
betakrordir.
Shaxs
– alohida kishi, ijtimoiy-axloqiy mohiyatni o’zida mujassamlashtirgan
individ. Shaxs – biofiziologik, ijtimoiy, ma’naviy, axloqiy va estetik fazilat va
xislatlarning yaxlit bir butunlikka aylanishi hamda munosabatlar tizimi bilan
qamrab olinishidir. Shaxsning shakllanishida quyidagi omillar qatnashadi: 1)
biologik (nasl); 2) tabiiy muhit; 3) madaniy muhit; 4) ijtimoiy tajriba; 5) odamlar
bilan munosabat
1
.
Shaxsning
tuzilishi.
Birinchi
navbatda,
shaxsning
individualligini
ko‘rsatadigan va faqat ehtirosda, ichki qiyofada, qobiliyatlarda va hokazolarda
ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishinigina emas, balki
shaxsning rivojlanish darajasi har xil bo‘lgan guruhlarda, ana Shu guruh uchun
yetakchi hisoblangan faoliyat orqali ifodalanadigan individlararo munosabatlarda
o‘zini namoyon etishini ham qo‘shishshart.
Inson shaxs sifatida shakllanishining asosi bu uning faoliyatidir. Insonni
yashashining, ijtimoiy mavjudod sifatida rivojlanishining belgilovchi sharoiti
bo‘lib, har xil faoliyat turlarining majmui bo‘ladi. Faoliyatni o‘zlashtirish va uning
murakkablashuvi inson psixikasini rivojlanishining asosiy sharoiti bo‘ladi. Shuning
uchun tarbiyaviy masalalarni yechish inson faoliyatlarining bir biriga
buysunuvchanligi qonuniyatlariga, ularning dinamikasiga tayanishi kerak.
1
Falsafa: qomusiy lug’at (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – Т.: Sharq, 2004. – 496 b. (450-b).
Tarbiyaviy ta’sirlarni tuzishda bola jalb etilgan har xil faoliyat turlarining
xarakterini va xususiyatlarini, ularning mohiyatini, hajmini va mazmunini inobatga
olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |