7.3. Zaxiralarning asosiy turlari
Ta'kidlab o‘tilganidek, zaxira tushunchasi moddiy ishlab chiqarishning barcha
sohalariga tegishlidir. Chunki moddiy oqim xom-ashyo manbaidan so‘nggi
iste'molchigacha bo‘lgan «zanjirni» istalgan bo‘g‘inida zaxira ko‘rinishida to‘planishi
mumkin. Har bir bo‘g‘indagi zaxiralarni boshqarish esa o‘z xususiyatlariga egadir.
Yuqorida tilga olingan «zanjir» bo‘ylab harakatlanish chog‘ida zaxiralarning
2ta asosiy turi yaratiladi (7.1-rasm):
-
ishlab chiqarish zaxiralari;
-
tovar zaxiralari;
O‘z navbatida ularning har biri ham uchta turga bo‘linadi:
-
joriy zaxiralar;
-
ehtiyot zaxiralar;
-
mavsumiy zaxiralar;
Ishlab chiqarish zaxiralari
– bu ishlab chiqarish iste'moli uchun
mo‘ljallangan, moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari korxonalarida mavjud
bo‘lgan zaxiralardir. Bu zaxirani yaratishdan maqsad – ishlab chiqarish jarayonini
uzluksizligini ta'minlashdir. Misol tariqasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta
ishlash korxonasidagi ushbu mahsulotlar zaxirasini keltirish mumkin.
Tovar zaxiralari – bu ishlab chiqaruvchi korxonalardagi tayyor mahsulot
zaxiralari, va shuningdek yetkazib beruvchidan iste'molchiga qadar bo‘lgan yo‘ldagi
zaxiralardir (ulgurji va chakana savdo korxonalaridagi).
Tovar zaxiralari o‘z navbatida ishlab chiqarish vositalarining tovar zaxiralari
va iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga bo‘linadi. Masalan, traktor ishlab
chiqarish uchun lozim bo‘lgan qismlar (shina, motor va x.) zaxirasi bu ishlab
chiqarish vositalari tovar zaxirasidir. Turli xil sharbatlar, yog‘, sut mahsulotlarining
zaxirasi esa bu iste'mol buyumlarining tovar zaxiralariga kiradi.
Aytib o‘tilganidek ishlab chiqarish zaxiralari ham joriy, eh
mavsumiylarga bo‘linadi.
Joriy zaxiralar – ishlab chiqarish va tovar zaxiralarining asosiy qismini tashkil
etadi. Zaxiralarning bu kategoriyasi, keyingi yetkazishlargacha bo‘lgan davr ichida
ishlab chiqarish yoki savdo jarayonining uzluksizligini
hajmi doimo o‘zgarib turadi.
Ehtiyot zaxiralari
savdo jarayonini uzluksizligini ta'minlash uchun mo‘ljallangandir.
quyidagilarni kiritish mumkin:
-
yetkazishlar davriyligi va kattaligi shartnomadagidan farq qilishi;
-
materiallar va tovarlarning turli sabablar bilan yo‘lda to‘xtab qolishi;
-
talabni kutilmagan oshib ketishi;
Shunday qilib, ehtiyot zaxiralari yaxshi rivojlanmagan xo‘jalik munosabatlari
va noto‘g‘ri bashoratlardan o‘zini asrash uchun yaratiladi.
Ehtiyot zaxiralarining hajmi, odatda, o‘zgarmas bo‘ladi.
Mavsumiy zaxiralar
xususiyatga ega bo‘lganda paydo bo‘ladilar. Bu ayniqsa qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va tashish uchun ayniqsa muhimdir.
Misol tariqasida yig‘im-
+ishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligini hisobga olgan holda unga
tegishli deyarli barcha zaxiralar mavsumiy deb hisoblanishlari mumkin.
Bundan tashqari moddiy zaxiralarning quyidagi turlari mavjud:
-
o‘tuvchi;
-
tayyorgarlikli;
-
nolikvid;
-
yo‘ldagi zaxiralar va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |