Yondosh mahsulot – bu, asosiy mahsulotdan keyingi o‘rinda turadigan ma'lum
tovarlik ahamiyatga ega bo‘lgan yoki korxonada biror maqsadda foydalanish imkoniga ega
bo‘lgan mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot yoki chiqindilar – asosiy va yondosh mahsulotlar bilan birga
shakllanadigan, korxona uchun unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan, ammo biror maqsadda
foydalaniladigan, shunga ko‘ra qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlardir.
Ekin turlari va chorva mollaridan olingan yondosh va qo‘shimcha mahsulotlar
korxonada biror maqsadda foydalanilgan taqdirda shu kalkulyasiya ob'ektida jamlangan
xarajatlarning bir qismi shu mahsulotlarga taalluqli bo‘lishi kerak.
Ekin turini va chorva guruhini ifoda etuvchi kalkulyasiya ob'ektida jamlangan hamma
xarajatlarni asosiy, yondosh va chiqindilar o‘rtasida taqsimlash hamda shu mahsulotlar
tannarxini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
xarajatlarni ma'lum texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffitsientlarga binoan
taqsimlash. Bunda mahsulotlardan birining bir birligi bir-biriga, qolganlarining birligi
shu birlikka nisbatan koeffitsientda ifolanadi. Masalan, boshoqli ekinlar donining bir
birligini 1,0 koeffitsientga, don chiqindilarini ulardan to‘la ahamiyatli donlari miqdori
30 foiz bo‘lganda – 0,3, somon yoki poxolni 0,08 koeffitsientga teng deb olsak, don
chiqindilari – somon yoki poxolni shu koeffitsentlarga ko‘ra, to‘la ahamiyatli shartli
don miqdoriga aylantirish mumkin.
xarajatlarni asosiy, yondosh va qo‘shimcha mahsulotlarning bozor baholarida
aniqlangan qiymatlariga muttanosib taqsimlash orqali. Bozor bahosi bo‘lmagan
mahsulotlar qiymatini aniqlashda, shu mahsulotlarni oziqa birligi miqdori aniqlanib,
bir oziqa birligi sifatida bir kilogramm suli miqdorida qabul qilingani uchun shu suli
bahosida baholangan oziqa birligi qiymatidan foydalanish mumkin.
xarajatlarning u yoki bu turdagi mahsulotga sarf bo‘lishini ekspert yo‘li bilan baholash
va shunga ko‘ra, xarajatlarning ayrim mahsulotdagi salmog‘ini belgilash.
Chorva mollarining ma'lum turlari bo‘yicha tirik vazn tannarxi o‘stirilgan vazn,
olingan buzoq qiymati, shu guruhdagi mollarning yil boshiga bo‘lgan balans qiymati, yil
davomida o‘stirish va semirtirish uchun kirim qilingan mollar qiymati yig‘indisini shu
guruhdagi mollar vazni yig‘indisiga bo‘lish orqali aniqlanadi.
T
T.V
- tirik vazn tannarxi;
⋅
=
⋅ +
+
+ ⋅
⋅ +
+
+
− ⋅
IB.K - yil boshiga bo‘lgan shu guruhdagi mollar qiymati;
IB.V- shu mollar vazni;
O‘VK- o‘stirilgan vazn qiymati;
UV - o‘stirilgan vazn miqdori;
OBK- olingan buzoq qiymati;
OBV - olingan buzoq vazni;
K.K- kirim qilingan mollar qiymati;
KV- kirim qilingan mollar vazni;
N.V- nobud bo‘lgan mollar vazni.
1 sentner tirik vazn tannarxiga ko‘ra, sotilayotgan mol va parandalar tannarxi
hamda asosiy podaga o‘tkaziladigan va yil oxiriga qoladigan mollar tannarxlari yoki
xarajatlari belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |