Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 Byudjetdan mablag’ oluvchilarning  xarajatlarini  amalga oshirish



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

4. Byudjetdan mablag’ oluvchilarning  xarajatlarini  amalga oshirish  

ruxsatnomalari 

G’aznachilik organlari tomonidan bajariladigan vazifalarning murakkabligi va 

ko’p  qirraligi  shundaki,  g’aznachilik  faoliyatini  joriy  qilishda  zamonaviy 

avtomatlashtirilgan  axborot  texnologiyalaridan  foydalanadi.  Bu  esa  byudjet  ijrosi 

jarayonida  nafaqat  bank  tizimini  bog’laydi.  Balki,  bu  jarayonlarda  turli  darajadagi 

moliya organlari, byudjet tashkilotlari, tarmoq idoralari, davlat maqsadli jamg’armalari, 




358 

 

byudjetdan  tashqari  fondlar,  bank,  bojxona,  soliq  organlarining  o’zaro  aloqasi 



o’rnatiladi.    

G’aznachilikning  axborot  tizimi    har  bir    byudjet  tashkiloti  bo’yicha  uning 

xarajatlari va tushumlari  to’g’risida  doim  tezkor  ma’lumot olishga imkon beradi. 

G’aznachilik  byudjetning  ijrosi  jarayonini  yaxshilaydi,  yuqori  boshqaruv 

organlarini byudjet ijrosi haqida yanada kengroq axborotlar bilan ta’minlaydi.       

G’aznachilikda  byudjet  tashkilotlari  kelgusida  to’lov  xabarnomalarini 

banklarga  to’g’ridan-to’g’ri  berish  o’rniga    g’azna  bo’limlariga  nazorat    uchun 

jo’natiladi,  g’azna  nazorati  faqat    muvofiqlashtiruvchi  nazorat  bo’ladi,  g’azna 

mazkur    to’lovni    amalga    oshirish  uchun  haqiqatda    to’lov    xabarnomasi  to’g’ri 

asoslanganligini smetalar, kassa limitlari bilan tekshiradi. Byudjet tasnifi bo’yicha  

kassa  hisoboti  g’azna  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Banklar  solishtirish  uchun 

operatsiyalar  bo’yicha    har  kuni  hisobot    berib  boradi.    Shartnomaviy  

majburiyatlar    va  solishtirish  natijalarini  g’azna  jurnallarida  ro’yxatdan  o’tkazilib 

boriladi.  

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  ular  uchun  G’aznachilikda  yoki  uning 

hududiy  bo’linmalarida  ochilgan  shaxsiy  hisob  raqamlaridan  ko’chirmalar, 

ularning 

xarajatlarini 

qoplashga 

byudjet 


mablag’lari 

o’tkazilganligini 

tasdiqlaydigan  to’lov  hujjatlari  va  boshqa  hujjatlarni  taqdim  etadi  va  manbalar 

bo’yicha  tegishli  byudjetlar  daromadlari  tushumi  hisobini  yuritadi.  Moliya 

organlarining  topshirig’i  bo’yicha  yuqori  byudjetlarda  nazarda  tutilgan  rejali 

dotatsiyalar,  subventsiyalar,  byudjet  ssudalari  summasini  va  boshqa  to’lovlarni 

quyi byudjetlarning g’aznachilik hisob raqamlariga o’tkazadi. Byudjet tashkilotlari 

va  buyurtmachilarning  shartnomalari  xarajatlar  smetasida  ko’rsatilgan  summalar 

doirasida  va  maqsadga  muvofiq  tuzilishi  ustidan  qattiq  nazorat  qilish  asosida 

shartnomalarni  ro’yxatdan  o’tkazadi.    Byudjet  tashkilotlarini,  mudofaa  va 

xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashtirishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’laridan 

foydalanishni  maqbullashtirish  yuzasidan  monitoring  olib  boradi,  bunda  ular 

tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati ta’minlanishini, ularning maqsadga 



359 

 

muvofiqligi va narx-navo echimi qoidalariga ko’ra, vositachilik xizmatlaridan voz 



kechishni nazarda tutadi. 

Schyot-fakturalar  va  tovarlar  etkazib  berilishi  (ishlar  bajarilishi,  xizmatlar 

ko’rsatilishi)  holatini  tasdiqlaydigan  yoki  byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  soliqlar, 

yig’imlar  hamda  byudjetga  va  byudjetdan tashqari davlat  maqsadli  jamg’armalariga 

majburiy  to’lovlar  uchun  byudjet  mablag’larini  o’tkazish  majburiyatini  yuklaydigan 

boshqa  hujjatlar  asosida  byudjet  mablag’i  oluvchilarning  moliyaviy  majburiyatlari 

hisobini yuritadi.  

Xorijiy mamlakatlar tajribalari shuni ko’rsatadiki, “Rossiya Federatsiyasida ayrim 

holatlarda  (davlat  boshqaruv  organlari  va  mas’ul  shaxslarning  noqonuniy    qarorlari 

asosida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  zarar  etkazilganligi  uchun  byudjetdan 

kompensatsiya berish to’g’risida sud qarori mavjud bo’lsa) byudjet hisobraqamlaridan 

G’aznachilik  Departamenti  ruxsatnomalarisiz  xarajatlar  uchun    mablag’larni 

o’tkazishga ruxsat beriladi»

111


.   

G’aznachilikda to’lovlarni amalga oshirish byudjet mablag’lari oluvchilarning 

yuridik  majburiyatlari  asosida  moliyaviy  majburiyatlarni  bajarilishi  deb 

tushuniladi. 

Hozirgi  kunda  respublikamiz  barcha  hududlarida  Hududiy  g’azna  hisob 

raqami  ochilgan  bo’lib,  g’aznachilik  tizimining  joriy  etilishi  bilan  mahalliy 

byudjetlarda bo’ladigan kassa uzilishlarni oldi olinmoqda, bu bilan mablag’larning 

o’z  vaqtida  va  manzilli  moliyalashtirish  ta’minlanmoqda,  amalga  oshirilgan 

xarajatlar  va  daromadlar  to’g’risida  tezkor  axborot  olinmoqda.  G’aznachilik 

organlari byudjet  tashkilotlari  va  oluvchilar  uchun  muhim  rol  o’ynaydi.  Byudjetdan 

mablag’ oluvchilar tasdiqlangan tartibda g’aznachilik organlarida shaxsiy hisobvaraq 

ochadilar, bu hisoblarda davlat byudjeti tomonidan ajratilgan mablag’ saqlanadi.  

                               

111


  Zolotareva  A.  Sovershenstvovanie  protsedur  razrabotki,  utverjdeniya,  ispolneniya  i  kontrolya  za 

ispolneniem Gosudarstvennogo byudjeta. Monografiya. Moskva. 2008.   – S31.



 

 



360 

 

Davlat byudjetning barcha xarajatlari  har  bir byudjet oluvchi  uchun o’zining 



qat’iy  yo’nalishiga  ega.  Bu  yo’nalish  byudjet  tasnifi  kodlariga  ega:  bob,  bo’lim, 

bo’linma,  maqsadli  bo’linma,  xarajat  turi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  har  bir 

byudjet  oluvchiga  bir  necha  shaxsiy  hisob  raqami  ochiladi.  Har  bir  hisob  raqam 

bo’yicha  iqtisodiy  tasnifga  asosan  bir  necha  yo’nalish  beriladi.  G’aznachilikda 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  byudjet  mablag’laridan  qonunga  muvofiq 

maqsadli  foydalanishi  ustidan  yakuniy  nazoratni  Moliya  vazirligining  Nazorat-

taftish  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bo’linmalari  amalga  oshiradi. 

Byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  raxbari  va  bosh  buxgalteri  qonunga  muvofiq 

to’g’ri  rasmiylashtirganlik,  etkazib  beruvchilar  bilan  shartnomalar  asosliligi, 

tovarlar  etkazib  berilishini  va  etkazib  beruvchilardan  qarz  mavjudligini 

tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlarning haqqoniyligi uchun javobgar bo’ladi.  

Amaldagi  qonunchilikka  ko’ra,  g’aznachilik  bo’linmalari  zimmasiga 

yuklatilgan  eng  asosiy  vazifalar  qatoriga  byudjetdan  mablag’  oluvchilar 

shartnomalari  xarajatlar  smetasida  ko’rsatilgan  summalar  va  maqsadlarga  qat’iy 

muvofiq  ravishda  tuzilishi  ustidan  qattiq  nazorat  o’rnatish  asosida  mazkur 

shartnomalarni  majburiy  ro’yxatdan  o’tkazish,  xarajatlar  smetasi  va  ro’yxatga 

olingan shartnomalarda nazarda tutilgan qat’iy summalar doirasida tovarlar etkazib 

beruvchi  (ish  bajaruvchi,  xizmat  ko’rsatuvchi)larning  bevosita  hisob  raqamlariga 

byudjetdan  mablag’  oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i  bo’yicha 

to’lovlarni  amalga  oshirish  orqali  to’lov  intizomiga  so’zsiz  rioya  etilishi  ustidan 

ta’sirchan  nazoratni  ta’minlash  kiradi.  Biroq  byudjetdan  mablag’  oluvchining 

xarajatlar smetasida belgilangan mablag’ doirasida shartnoma imzolanmaydigan va 

imzolanadigan  yo’nalishlarda  yuridik  majburiyatlar  qabul  qilingan  yoki  ushbu 

yuridik  majburiyatlarning  ikkinchi  ko’rinishi  yuzasidan  tovarlar  etkazib  beruvchi 

(ish  bajaruvchi,  xizmat  ko’rsatuvchi)lar  taqdim  qilgan  turli  hisob-kitob  hujjatlari 

asosida  moliyaviy  majburiyatlar  qabul  qilingan  sharoitlarda  to’lovlarni  amalga 

oshirish  uchun  mablag’  tanqisligi  muammosini  ko’pincha  ushbu  paytda  tegishli 

mahalliy  byudjetda  vaqtinchalik  kassa  uzilishlari  oqibatida  etarli  mablag’ 




361 

 

bo’lmasligi  omili  keltirib  chiqishi holati  amaliyotda  ko’p kuzatilishi  barchamizga 



ma’lum.  Shu  sababli  byudjetdan  mablag’  oluvchining  xarajatlar  smetasida 

belgilangan  mablag’  doirasida  shartnoma  imzolanmaydigan  yoki  imzolanadigan 

muayyan  xarajat  turining  ma’lum  bir  davr  (yil  yoki  oy)  uchun  summasidan  shu 

davr bo’yicha sarflanishi mumkin bo’lgan qismini xarajatlar smetasidan emas, bal-

ki  mahalliy  byudjet  bo’yicha  kutilayotgan  daromadlar  prognozi  asosidagi  kassali 

rejalashtirishdan (soddaroq aytganda, mavjud imkoniyatdan) kelib chiqib oldindan 

belgilab qo’yish tartibi iqtisodiyotda majburiyatlarning bajarilmay qolishi, xo’jalik 

aloqalari  va  to’lov  intizomi  buzilishi,  nizolar  va  ular  asosida  ortiqcha  moliyaviy 

sanktsiyalar  yuzaga  kelishi,  shuningdek,  debitorlik  qarzlarini  undira  olmagan 

tomonning  soliqlarni  o’z  vaqtida  to’lay  olmaslik  va  boshqa  masalalarda 

qiyinchiliklarga duchor bo’lishi kabi bir qator salbiy holatlarning oldini oladi.             

Davlat  byudjetining  daromadlar  va  xarajatlar  pul  oqimini  rejalashtirishning 

asosiy  maqsadi  Davlat  byudjeti  pul  mablag’larini  boshqarish  uchun  asoslangan 

hisob-kitoblar  ko’rinishida  poydevor  bo’lib  xizmat  qilish  bo’lsa,  o’z  navbatida 

Davlat  byudjeti  pul  mablag’larini  boshqarishning  maqsadlari  quyidagilardan 

iborat: 


–  byudjetlarning  daromadlar  va  xarajatlari  o’rtasidagi  vaqtinchalik  kassa 

uzilishlarini operativ bartaraf etish; 

–  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlar  to’lovini  o’z  vaqtida  amalga 

oshirish; 

–  hududiy  (respublika)  g’azna  hisobvaraqlari  (HG’H  (RG’H))dagi  pul  mab-

lag’laridan samarali foydalanish. 

Nizomga ko’ra aniq belgilab berilgan tushuncha – kassali rejalashtirishning 

mazmuni tushumlarning hajmi va manbalari, shuningdek, to’lovlarning yo’nalishi 

va  maqsadlari  bo’yicha  respublika  va  mahalliy  byudjetlar  kassa  rejalarini  tuzish 

yo’li bilan amalga oshiriladigan hududiy (respublika) g’azna hisobvaraqlari orqali 

o’tadigan pul mablag’larining aylanmasini rejalashtirish va boshqarishdan iborat. 



362 

 

Davlat byudjeti ijrosi uchun yangi jarayonni ifodalovchi tushunchalardan biri 



– xarajatlar to’lovi ruxsatnomasi (tayinlash sertifikati) (XTR) – xarajatlar to’lovi 

ruxsatnomasida  ko’rsatilgan  vaqt  davridan  boshlab,  uning  doirasida  byudjetdan 

mablag’  oluvchi  yuridik  majburiyatni  qabul  qilishi  mumkin  bo’lgan  g’aznachilik 

bo’linmasi  tomonidan  byudjetdan  mablag’  oluvchiga  beriladigan  byudjetdan 

ajratilgan mablag’lar summasini aks ettiradigan hujjat.  

Respublika  va  mahalliy  byudjetlarning  yillik  kassali  rejalashtirilishi  tegishli 

byudjetlarning  oylik  daromadlar  va  xarajatlar  yoyilmasiga  asosan  amalga 

oshiriladi.  Nizom  orqali  joriy  kassali  rejalashtirilish  bilan  bog’liq  amaliyotga 

kiritilgan  yangiliklardan  biri  sifatida  g’aznachilik  bo’linmalari  tomonidan 

byudjetdan  mablag’  oluvchilarga  XTR  berilishi  asosida  respublika  va  mahalliy 

byudjetlar  ijrosi  amalga  oshiriladigan  sharoitda  ushbu  ikki  darajadagi 

byudjetlarning  oylik  daromad  prognoziga  asosan  kassali  rejalashtirilishi  uchun 

zarur  axborot  – 

k

k



u

u

t



t

i

i



l

l

a



a

y

y



o

o

t



t

g

g



a

a

n



n

 

 



d

d

a



a

r

r



o

o

m



m

a

a



d

d

l



l

a

a



r

r

 



 

t

t



u

u

s



s

h

h



u

u

m



m

i

i



 

 

t



t

o

o



g



g



r

r

i



i

s

s



i

i

d



d

a

a



g

g

i



i

 

 



t

t

e



e

z

z



k

k

o



o

r

r



 

 

(



(

o

o



p

p

e



e

r

r



a

a

t



t

i

i



v

v

)



)

 

 



m

m

a



a



l

l

u



u

m

m



o

o

t



t

l

l



a

a

r



rdan foydalanilishini alohida ta’kidlab o’tish kerak. 

Hozirgi  kunda  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning  xarajatlar  to’lovini  o’z 

vaqtida amalga oshirish hamda byudjetlarning daromadlar va xarajatlari o’rtasidagi 

vaqtinchalik  kassa  uzilishlarini  bartaraf  etish  uchun  G’aznachilik  bo’linmalari 

tegishli  byudjet  bo’yicha  mavjud  shart-sharoitlardan  kelib  chiqqan  holda  o’zlari 

uchun  belgilangan  quyidagi  imkoniyatlardan  samarali  va  o’z  o’rnida 

foydalanishlari muhim ahamiyat kasb etadi: 

• g’azna hisobvaraqlaridagi aylanma kassa mablag’larini belgilangan tartibda 

ishlatish; 

•  tegishli  byudjetlar  tomonidan  byudjet  ssudalari  olinishi  tashabbusi  bilan 

chiqish; 

•  mablag’larni  jalb  qilishda  qonun  hujjatlarida  ko’rsatilgan  boshqa 

manbalardan (respublika byudjeti bo’yicha) foydalanish. 

Daromadlar  va  xarajatlar  o’rtasidagi  kassa  uzilishlarini  bartaraf  etish 

maqsadida  XTR  faqat  tegishli  davrda  HG’H  (RG’H)ga  tushishi  kutilayotgan 

summalar doirasida beriladi. 




363 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish