Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


Buyurtmachilarning  YaG’Hga  mablag’  undirish  bo’yicha  inkasso



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

       

Buyurtmachilarning  YaG’Hga  mablag’  undirish  bo’yicha  inkasso 

topshiriqnomalari va to’lov talabnomalarini ijro etish. 

Buyurtmachilarning  inkasso  topshiriqnomalari  va  to’lov  talabnomalari 

O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risidagi 

nizom


 (ro’yxat 

raqami 2465, 2013 yil 3 iyun) talablari doirasida rasmiylashtiriladi va g’aznachilik 

bo’linmasiga  taqdim  etiladi.  Bunda  inkasso  topshiriqnomasi  va  to’lov 

talabnomasining  «Mablag’larni  oluvchining  nomi»  ustunida  «O’zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi»,  «Mablag’larni  oluvchining 

hisobvarag’i»  ustunida  —  YaG’H,  «To’lov  maqsadida»  ustunida  —  to’lov  kodi, 

buyurtmachining  tegishli  shaxsiy  g’azna  hisobvarag’i  hamda  inkasso 

topshiriqnomasini yoki  to’lov  talabnomasini qo’yish  uchun  asos bo’lgan hujjatlar 

rekviziti ko’rsatiladi. 



350 

 

 Buyurtmachilar tomonidan inkasso topshiriqnomasi tegishli hujjatlar bilan 



birgalikda  xizmat  ko’rsatuvchi  g’aznachilik  bo’linmalariga  quyidagicha  taqdim 

etiladi: 

-to’lovchiga  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Toshkent 

shahar  Bosh  boshqarmasi  Hisob-kitob-kassa-markazida  xizmat  ko’rsatilganida 

besh  nusxada.  Bunda  buyurtmachining  tegishli  vakolatli  shaxslari  tomonidan 

imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  inkasso  topshiriqnomasining  birinchi 

nusxasi  buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga  inkasso  topshiriqnomasini 

qo’yish  uchun  topshirig’i  bo’lib  xizmat  qiladi.  Inkasso  topshiriqnomasining 

ikkinchi,  uchinchi,  to’rtinchi  va  beshinchi  nusxalari  g’aznachilik  bo’linmasining 

vakolatli  va  mas’ul  xodimi  tomonidan  imzolanadi,  g’aznachilik  bo’linmasining 

muhr  izi bilan  tasdiqlanadi  hamda O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining 

Toshkent  shahar  Bosh  boshqarmasi  Hisob-kitob-kassa-markaziga  taqdim  etiladi. 

Inkasso  topshiriqnomasining  beshinchi  nusxasi  qabul  qilingan  sana  ko’rsatilib, 

YaG’Hga  xizmat  ko’rsatuvchi  bank  buxgalteri  imzosi  va  mazkur  buxgalterga 

biriktirilgan muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi; 

-  bir  hudud  ichida  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  (g’aznachilik 

bo’linmasi to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi bank bilan bitta hududda (shahar yoki 

tumanda)  joylashgan  bo’lsa)  to’rt  nusxada.  Bunda  buyurtmachining  tegishli 

vakolatli  shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  inkasso 

topshiriqnomasining  birinchi  nusxasi  buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga 

inkasso  topshiriqnomasini  qo’yish  uchun  topshirig’i  bo’lib xizmat qiladi.  Inkasso 

topshiriqnomasining  ikkinchi,  uchinchi  va  to’rtinchi  nusxalari  g’aznachilik 

bo’linmasining  vakolatli  va  mas’ul  xodimi  tomonidan  imzolanadi,  g’aznachilik 

bo’linmasining  muhr  izi  bilan  tasdiqlanadi  hamda  bevosita  to’lovchiga  xizmat 

ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi 

qabul  qilingan  sana  ko’rsatilib,  to’lovchiga  xizmat  ko’rsatuvchi  bank  buxgalteri 

imzosi  va  mazkur  buxgalterga  biriktirilgan  muhr  bilan  tasdiqlangan  holda 

g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi; 




351 

 

-  hududlararo  hisob-kitoblarni  amalga  oshirishda  (g’aznachilik  bo’linmasi 



to’lovchiga  xizmat  ko’rsatuvchi  bank  bilan  turli  hududda  (shahar  yoki  tumanda) 

joylashgan  bo’lsa)  to’rt  nusxada.  Bunda  buyurtmachining  tegishli  vakolatli 

shaxslari  tomonidan  imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  inkasso 

topshiriqnomasining  birinchi  nusxasi  buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga 

inkasso  topshiriqnomasini  qo’yish  uchun  topshirig’i  bo’lib xizmat qiladi.  Inkasso 

topshiriqnomasining  ikkinchi,  uchinchi  va  to’rtinchi  nusxalari  g’aznachilik 

bo’linmasining  vakolatli  va  mas’ul  xodimi  tomonidan  imzolanadi,  g’aznachilik 

bo’linmasining  muhr  izi  bilan  tasdiqlanadi  hamda  bevosita  to’lovchiga  xizmat 

ko’rsatuvchi bankka taqdim etiladi. Inkasso topshiriqnomasining to’rtinchi nusxasi 

qabul  qilingan  sana  ko’rsatilib,  to’lovchiga  xizmat  ko’rsatuvchi  bank  buxgalteri 

imzosi  va  mazkur  buxgalterga  biriktirilgan  muhr  bilan  tasdiqlangan  holda 

g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. 

Buyurtmachilar  tomonidan  to’lov  talabnomasi  tegishli  hujjatlar  bilan 

birgalikda  xizmat  ko’rsatuvchi  g’aznachilik  bo’linmalariga  quyidagicha  taqdim 

etiladi: 

-  to’lovchiga  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Toshkent 

shahar  Bosh  boshqarmasi  Hisob-kitob-kassa-markazida  xizmat  ko’rsatilganida 

to’rt  nusxada.  Bunda  buyurtmachining  tegishli  vakolatli  shaxslari  tomonidan 

imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi 

buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga  to’lov  talabnomasini  qo’yish  uchun 

topshirig’i  bo’lib  xizmat  qiladi.  To’lov  talabnomasining  ikkinchi,  uchinchi  va 

to’rtinchi  nusxalari  g’aznachilik  bo’linmasining  vakolatli  va  mas’ul  xodimi 

tomonidan  imzolanadi,  g’aznachilik  bo’linmasining  muhr  izi  bilan  tasdiqlanadi 

hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  Toshkent  shahar  Bosh 

boshqarmasi Hisob-kitob-kassa-markaziga taqdim etiladi.  To’lov  talabnomasining 

to’rtinchi  nusxasi  qabul  qilingan  sana  ko’rsatilib,  to’lovchiga xizmat ko’rsatuvchi 

bank  buxgalteri  imzosi  va  mazkur  buxgalterga  biriktirilgan  muhr  bilan 

tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. 




352 

 

-  oluvchi  va  to’lovchiga  turli  banklarda  xizmat  ko’rsatilganida  to’rt 



nusxada.  Bunda  buyurtmachining  tegishli  vakolatli  shaxslari  tomonidan 

imzolangan va muhr izi bilan tasdiqlangan to’lov talabnomasining birinchi nusxasi 

buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga  to’lov  talabnomasini  qo’yish  uchun 

topshirig’i  bo’lib  xizmat  qiladi.  To’lov  talabnomasining  ikkinchi,  uchinchi  va 

to’rtinchi  nusxalari  g’aznachilik  bo’linmasining  vakolatli  va  mas’ul  xodimi 

tomonidan  imzolanadi,  g’aznachilik  bo’linmasining  muhr  izi  bilan  tasdiqlanadi 

hamda  bevosita  to’lovchiga  xizmat  ko’rsatuvchi  bankka  taqdim  etiladi.  To’lov 

talabnomasining  to’rtinchi  nusxasi  qabul  qilingan  sana  ko’rsatilib,  to’lovchiga 

xizmat  ko’rsatuvchi  bank  buxgalteri  imzosi  va  mazkur  buxgalterga  biriktirilgan 

muhr bilan tasdiqlangan holda g’aznachilik bo’linmasiga qaytariladi. 

-  G’aznachilik  bo’linmasi  tomonidan  inkasso  topshiriqnomasi  va  to’lov 

talabnomasi «Bank-mijoz» dasturiy majmuidan foydalangan holda elektron tarzda 

ijro  etilganida  buyurtmachi  tomonidan  inkasso  topshiriqnomasi  va  to’lov 

talabnomasi ikki nusxada taqdim qilinadi. 

Bunda  buyurtmachining  tegishli  mansabdor  shaxslari  tomonidan 

imzolangan  va  muhr  izi  bilan  tasdiqlangan  inkasso  topshiriqnomasi  va  to’lov 

talabnomasining  birinchi  nusxasi  buyurtmachining  g’aznachilik  bo’linmasiga 

inkasso topshiriqnomasini va to’lov talabnomasini qo’yish uchun topshirig’i bo’lib 

xizmat  qiladi.  Ikkinchi  nusxasi  buyurtmachining  shaxsiy  g’azna  hisobvarag’idan 

ko’chirma bilan birgalikda buyurtmachining mas’ul xodimiga beriladi. 

 Keyingi yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu 

davr  mobaynida  o’tgan  yil  uchun  byudjet  tizimi  byudjetlarining  ijrosi  amalga 

oshiriladi.  Moliya  vazirligi  byudjet  tizimi  byudjetlarining  qo’shimcha  vaqt 

davridagi ijrosi  bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini  va oxirgi  muddatlarini 

belgilaydi. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  moliya  organlari,  g’aznachilik  bo’linmalari, 

shuningdek  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilari  tomonidan 

joriy  moliya  yili  uchun  Davlat  byudjeti  va  DMJ  byudjetlarini  ijro  etish  bo’yicha 

operatsiyalar, shu jumladan: 



353 

 

- byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish; 



-  byudjet  tashkilotlari  va  byudjet  mablag’lari  oluvchilarning  kreditorlik 

qarzlarini to’lash; 

 - byudjet tashkilotlari tomonidan iqtisod qilingan mablag’lar summalarini 

Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining 

moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish; 

- Davlat byudjeti va DMJ byudjetlari mablag’lari hisobidan boshqa ruxsat 

etilgan to’lovlar amalga oshiriladi. 

Bunda  moliya  yili  uchun  qo’shimcha  vaqt  davri  byudjet  tashkilotlarning 

byudjetdan tashqari jamg’armalariga tatbiq etilmaydi, iqtisod qilingan mablag’larni 

Byudjet tashkilotlarining rivojlantirish jamg’armalariga (Tibbiyot tashkilotlarining 

moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armalariga)  o’tkazish  bundan 

mustasno. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  kreditor  qarzdorliklar  o’tgan  yilgi  xarajatlar 

smetasining qaysi xarajatlar moddasi bo’yicha yuzaga kelgan bo’lsa, shu xarajatlar 

moddasi bo’yicha to’lanadi. 

Kreditor  qarzdorliklarni  to’lab  berish  uchun  buyurtmachilar  tomonidan 

g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: 

-  buyurtmachi  va  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  beruvchi  (pudratchi) 

o’rtasida o’tgan yil yakuni bo’yicha tuzilgan solishtirish dalolatnomasi nusxasi; 

-  Moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatdan  o’tkazishga  (hisobga  olishga) 

buyurtma  va  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)ni  etkazib  berilganligini  tasdiqlovchi 

hisobvaraq-fakturalar nusxalari; 

-  to’lov  topshiriqnomalari  (bunda  to’lov  maqsadida  qo’shimcha  ravishda 

«o’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to’lash» ko’rsatiladi); 

-  o’tgan  yilning  dekabr  oyi  uchun  o’tuvchi  kreditor  qarzdorlikni  to’lash 

joriy  moliya  yilining  xarajatlar  smetasida  (vaqtinchalik  xarajatlar  smetasini 

hisobga  olgan  holda)  nazarda  tutilgan  byudjetdan  ajratiladigan  mablag’lar 

hisobidan amalga oshiriladi. 




354 

 

- Qo’shimcha vaqt davrida kreditor qarzdorlikni qoplash yoki mablag’larni 



Byudjet 

tashkilotlarining 

rivojlantirish 

jamg’armalariga 

va 

Tibbiyot 



tashkilotlarining  moddiy  rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armalariga 

o’tkazish  bo’yicha  to’lov  topshiriqnomalari  va  g’anachilik  memorial  orderlarini 

to’ldirishda to’lov  topshiriqnomalari  va  g’anachilik memorial orderlarining to’lov 

maqsadida  mos  ravishda  «20__  yil  uchun  kreditor  qarzdorlikni  qoplash»  yoki 

«20__ yil uchun iqtisod qilingan mablag’larni Byudjet tashkilotining rivojlantirish 

jamg’armalariga  (Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy  rag’batlantirish  va 

rivojlantirish jamg’armalariga) o’tkazish» yozuvi yoziladi. 

Iqtisod  qilingan  mablag’larni  Byudjet  tashkilotlarining  rivojlantirish 

jamg’armasi va Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 

jamg’armasiga o’tkazish byudjet tashkilotlari tomonidan quyidagi tartibda amalga 

oshiriladi: 

Qoraqalpog’iston  Respublikasi  byudjetidan  va  mahalliy  byudjetlardan 

moliyalashtiriladigan  byudjet  tashkilotlari  bo’yicha  —  tegishli  hududiy  moliya 

organlarining xulosalari asosida; 

O’zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan 

byudjet  tashkilotlari  bo’yicha  —  ushbu  byudjet  tashkilotlari  tomonidan  mustaqil 

ravishda  ularning  rahbarlari  va  bosh  buxgalterlari  imzolagan  yozma  shakldagi 

murojaatlari asosida. 

      O’tgan  yilgi  kreditor  qarzdorlikni  qoplash,  shuningdek 

Byudjet 


tashkilotlarining  rivojlantirish  jamg’armasi  va  Tibbiyot  tashkilotlarining  moddiy 

rag’batlantirish  va  rivojlantirish  jamg’armasiga  iqtisod  qilingan  mablag’larni 

o’tkazish  bo’yicha  to’lov  topshiriqnomalar  yoki  g’aznachilik  memorial  orderlari 

g’aznachilik  bo’linmalariga  moliya  yiliga  qo’shimcha  vaqt  davri  tugashidan besh 

ish kuni oldin taqdim qilinishi lozim. Kreditor qarzdorlikni to’lash hamda shaxsiy 

g’azna  hisobvaraqlarida  qolgan  iqtisod  qilingan  mablag’larni  o’tkazish  uchun 

to’lov  topshirqnomalar  va  g’aznachilik  memorial  orderlari  moliya  yiliga 

qo’shimcha  vaqt  davri  tugashidan  besh  ish  kuni  oldin  taqdim  etilmagan  hollarda 




355 

 

byudjetdan  ajratilgan  mablag’lar  belgilangan  maqsadni  yo’qotadi  va  tegishli 



byudjetlarning qoldiqlari bo’lib hisoblanadi. 

Qo’shimcha  vaqt  davrida  O’zbekiston  Respublikasi  respublika  byudjeti, 

Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika  byudjeti,  viloyatlarning  viloyat 

byudjetlari  va  Toshkent  shahri  shahar  byudjetining  tegishli  shaxsiy  g’azna 

hisobvaraqlariga tegishliligi bo’yicha o’tgan yil mobaynida ishlatilmagan:  

-  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  respublika  byudjetining,  viloyatlar  viloyat  byudjetlarining  va 

Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalaridan ajratilgan; 

-  o’tgan  yil  uchun  davlat  tashqi  qarzini  to’lash  uchun  ajratilgan 

mablag’larning tiklanishi amalga oshiriladi. 

           O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining,  Qoraqalpog’iston 

Respublikasi  respublika  byudjetining,  viloyatlar  viloyat  byudjetlarining  va 

Toshkent  shahri  shahar  byudjetining  zaxira  jamg’armalaridan  ajratilgan, 

shuningdek  o’tgan  moliya  yili  uchun  davlat  tashqi  qarzini  to’lanishiga  oldin 

ajratilgan  va  o’tkazilgan  mablag’larning  o’tgan  moliya  yili  mobaynida 

foydalanilmagan  qismining  majburiy  ravishda  tegishliligi  bo’yicha  O’zbekiston 

Respublikasi  respublika  byudjeti,  Qoraqalpog’iston  Respublikasining  respublika 

byudjeti,  viloyatlarning  viloyat  byudjetlari  va  Toshkent  shahrining  shahar 

byudjetiga qaytarib o’tkazilishi moliya yili yakunlangandan keyin keyingi yilning 

10 yanvaridan kechikmagan muddatda amalga oshiriladi. 

Agar  zaxira  jamg’armasidan  mablag’lar  ajratilgan  tadbirlar  muayyan 

muddatga  ega  bo’lsa,  foydalanilmay  qolgan  mablag’lar  oluvchi  tomonidan 

tadbirlar  o’tkazish  muddati  tugashi  bilan  o’n  ish  kuni  mobaynida  belgilangan 

shakldagi hisobotni taqdim etish bilan birga qaytariladi. 

 Qo’shimcha  vaqt  davri  yakunlanganidan  so’ng  byudjet  tashkilotlarining 

kreditor qarzdorligi birinchi navbatda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari 

jamg’armalari mablag’lari hisobidan to’lanadi. 

Byudjet  tashkilotlarining  byudjetdan  tashqari  jamg’armalarida  mablag’lar 

mavjud  bo’lmaganda  yoki  etarli  bo’lmagan  hollarda  o’tgan  yilning  kreditor 



356 

 

qarzdorligini  joriy  moliya  yili  xarajatlar  smetalarida  (vaqtinchalik  smetalarni 



hisobga olgan holda) nazarda tutilgan mablag’lar hisobidan to’lab beriladi. Bunda 

joriy  moliya  yilining  xarajatlar  smetasida  kreditor  qarzdorlikni  (byudjet 

tashkilotlari  tomonidan  taqdim  qilingan  tasdiqlangan  smetalar  va  yuzaga  kelgan 

kreditor  qarzdorlik  bo’yicha  tegishli  hisob-kitoblar  asosida)  to’lash  uchun  zarur 

mablag’lar nazarda tutilganligi to’g’risidagi byudjet mablag’larini taqsimlovchilar 

(O’zbekiston  Respublikasining  respublika  byudjetidan  mablag’  oladigan 

tashkilotlar  bo’yicha),  hududiy  moliya  organlari,  DMJ  va  BMJ  taqsimlovchi 

organlarning yozma xulosasi mavjud bo’lgandagina to’lovlar amalga oshiriladi. 

Bunda  byudjet  mablag’lari  bo’yicha  joriy  moliya  yili  uchun  xarajatlar 

smetasining  tegishli  moddasi  bo’yicha  qabul  qilinadigan  yuridik  majburiyatlar 

summasi  o’tgan  yilning  kreditor  qarzdorligini  to’lash  uchun  yo’naltirilgan 

summaga  kamaytiriladi.  Buyurtmachilarning  etkazib  beruvchilar  bilan  davriy 

asosda  tuziladigan  shartnomalari  bo’yicha  kreditor  qarzdorlik  summasi 

shartnomada  joriy  moliya  yili  uchun  qabul  qilinadigan  yuridik  majburiyatlar 

summalari va kreditor qarzdorlik summalari alohida ko’rsatiladi. 

Buyurtmachilar  o’tgan  moliya  yilining  kreditorlik  qarzdorligini  to’lash 

uchun tegishli g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

ikki  asl  nusxada  To’lovlar  jadvali  va  Yuridik  majburiyatlarni  ro’yxatdan 

o’tkazishga (hisobga olishga) buyurtma; 

kreditor qarzdorlik to’lanishi nazarda tutilgan mablag’lar manbasi, tegishli 

shaxsiy g’azna hisobvarag’i va boshqa rekvizitlar ko’rsatilgan xat; 

ushbu qarzdorlik yuzaga kelgan o’tgan moliya yilidagi shartnoma nusxasi; 

Moliyaviy  majburiyatlarni  ro’yxatdan  o’tkazishga  (hisobga  olishga) 

buyurtma  va  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  berilganligini  tasdiqlovchi  hisob-

fakturalar nusxasi; 

buyurtmachining  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  beruvchi  (pudratchi) 

bilan  tuzilgan  solishtirish  dalolatnomasi  (qo’shimcha  vaqt  davrida  amalga 

oshirilgan hisob-kitoblarni inobatga olgan holda); 




357 

 

joriy  moliya  yilining  xarajatlar  smetasida  kreditor  qarzdorlikni  (kreditor 



qarzdorlik  byudjetdan  ajratilgan  mablag’lar  hisobidan  to’langan  hollarda)  to’lash 

uchun zarur mablag’lar nazarda tutilganligi to’g’risidagi yozma xulosa; 

belgilangan  tartibda  rasmiylashtirilgan  to’lov  topshiriqnomasi  va 

g’aznachilik  memorial  orderi  (bunda  to’lov  maqsadida  qo’shimcha  ravishda 

«o’tgan yilgi kreditor qarzdorlikni to’lash» ko’rsatiladi). 

Buyurtmachilarning  tegishli  g’aznachilik  bo’linmalarida  ro’yxatdan 

o’tkazilmagan  hamda  hisobga  olinmagan  shartnomalari  bo’yicha  yuzaga  kelgan 

tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  etkazib  beruvchilar  (pudratchilar)  oldidagi  kreditor 

qarzdorliklari to’lab berilmaydi. 

Byudjet  tizimi  byudjetlari  va  BMJ  byudjetlarining  g’azna  ijrosini  amalga 

oshirish jarayonida buyurtmachilar hamda kapital qo’yilma buyurtmachilari qonun 

hujjatlariga  muvofiq  byudjet  mablag’laridan  maqsadli  foydalanilishiga,  moliya 

organlari  va  g’aznachilik  bo’linmalariga  taqdim  etilgan  hujjatlarning 

haqqoniyligiga  va  byudjet  qonunchiligi  talablariga  rioya  etilishga  qonun 

hujjatlariga muvofiq javobgardir. 

 G’aznachilik  bo’linmalari  yuridik  va  moliyaviy  majburiyatlarni  o’z 

muddatida  va  to’g’ri  ro’yxatdan  o’tkazilishi  va  hisobga  olinishiga,  to’lovlarning 

amalga oshirilishi hamda  talab qilinadigan  hujjatlarning  to’liqliligiga,  shuningdek 

o’z  zimmasiga  yuklatilgan  boshqa  vazifalarni  mazkur  Qoidalarga  muvofiq 

bajarishga javobgardir. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish