Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining 

daromadlari: 

-  asosiy  makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  prognozi  va  Davlat  byudjeti 

parametrlarini  tasdiqlashda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  qarorlari 

bilan  strategik resurslarga  belgilanadigan  chegara  narxidan  jahon  narxining 

oshishi natijasida tushadigan tushumlar; 

-  O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining 

aktivlarini  boshqarishdan,  shu  jumladan  O’zbekiston  Respublikasining 

Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasi  mablag’larining  bo’sh  turgan 

qoldiqlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar; 

-  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan shakllantiriladi. 

O’zbekiston  Respublikasi  Tiklanish  va  taraqqiyot  jamg’armasining 

mablag’laridan: 




560 

 

-  rivojlanish  davlat  dasturlariga  kiritilgan  investitsiya  loyihalarini 



moliyalashtirish; 

-  yangi sanoat ishlab chiqarishlarini bundan buyon joylashtirish uchun ishlab 

chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish va rekonstruktsiya qilish loyihalarini 

moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

-  yangidan tashkil etilayotgan moliyaviy institutlarning hamda iqtisodiyotning 

bazaviy  tarmoqlaridagi  chet  el  investitsiyalari  ishtirokidagi  strategik 

ahamiyatga molik korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; 

-  davlat  tomonidan  tashqi  mablag’larni  jalb  qilish  bo’yicha  xalqaro  moliya 

institutlari  va  chet  ellik  kreditorlar  oldidagi  majburiyatlarni  muddatidan 

oldin to’lash; 

-  O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  yoki  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tasdiqlangan  modernizatsiya  qilish,  texnik 

va  texnologik  jihatdan  qayta  jihozlash  dasturlari  doirasida  tijorat  banklari 

uchun  chet  el  valyutasida  ochiladigan  kredit  liniyalari  orqali  investitsiya 

loyihalarini jadal moliyalashtirish va amalga oshirish; 

-  grant  asosida  yoki  foizsiz  kreditlar  berish  yo’li  bilan  ayrim  loyihalarning 

dastlabki  yoki  uzil-kesil  texnik-iqtisodiy  asoslarini  ishlab  chiqishni 

moliyalashtirish; 

-  tasdiqlangan  davlat  dasturlariga  muvofiq  yangi  zamonaviy  xorijiy 

texnologiyalar,  texnika  va  asbob-uskunalar,  strategik  ahamiyatga  molik 

boshqa tovarlar xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

-  ijtimoiy  jihatdan  ahamiyatga  molik  milliy  davlat  dasturlarini  hamda  ishlab 

chiqarish  va  noishlab  chiqarish  infratuzilmasini  shakllantirishga  doir 

loyihalarni grant asosida moliyalashtirish; 

-  qarz oluvchi  korxonalarning investitsiya  dasturlarini  (biznes-rejalarini),  shu 

jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish 

quvvatlarining  ishlatilishini  ko’paytirish,  raqobatbardosh  mahsulot  ishlab 

chiqarish  va  uni  eksport  qilish  hajmlarini  oshirish,  qo’shilgan  qiymat 

o’sishini  ta’minlashga  imkon  beradigan  investitsiya  dasturlarini  (biznes-



561 

 

rejalarini)  tijorat  banklari  bilan  birgalikda  moliyalashtirish  uchun 



foydalaniladi.

165

 

        Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 



soliq  va  byudjet  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  loyihalarini  ishlab  chiqish 

jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; 

  Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlari,  shuningdek 

soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalarini ko’rib chiqish 

hamda  tegishli  xulosa  taqdim  etish  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Hisob 

palatasiga yuboradi;  

  davlat  boshqaruvi  organlarining  Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli 

jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib 

boradi hamda nazorat qiladi; 

  Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi 

to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi; 

  o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari 

byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tashqi audit o’tkazish hamda 

baholash uchun O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi;  

  byudjetga  tushumlar  to’liq  va  o’z  vaqtida  tushishi  hamda  byudjet 

mablag’laridan  belgilangan  maqsadda  foydalanilishi  ustidan  nazoratni 

tashkil etadi; 

  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 

      

Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlari,  shuningdek 



soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha: 

  Davlat  byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi 

to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi 

hamda ular yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa 

taqdim etadi. 

                               

165

 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 25-moddasi



 


562 

 

  Davlat  byudjeti  hamda  soliq  va  byudjet  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari 



loyihalarini tayyorlaydi; 

  davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalarini ko’rib chiqadi; 

  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  byudjetnoma  loyihasini 

ko’rib chiqish uchun taqdim etadi; 

  davlat maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlarga ular  uchun  nazarda 

tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini etkazadi;  

  davlat maqsadli jamg’armalari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish bo’yicha 

takliflar taqdim etadi;  

  byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; 

  byudjet  tizimi  byudjetlarining  Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi  va  boshqa 

bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;  

  byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi;  

  byudjet tizimi byudjetlarining kassa ijrosini yuritadi; 

  byudjet  tizimi  byudjetlarining  Yagona  g’azna  hisobvarag’idagi  va  boshqa 

bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi;  

  byudjet tizimi byudjetlari ijrosining byudjet hisobini yuritadi. 



Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar

166

: 

  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  loyihalarini  tayyorlaydi  va 

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritadi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  mablag’lari  bo’yicha  xarajatlar 

smetalarini, shuningdek ularga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan o’tkazadi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  byudjetlari  daromadlari  prognozini 

davlat  soliq  xizmati  organlari  va  bojxona  organlariga  yilning  har  choragida 

etkazadi; 

                               

166


 

O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 33-moddasi

 



563 

 

  belgilangan  tartibda  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlariga 



o’zgartirishlar  kiritish  bo’yicha  takliflar  tayyorlaydi  va  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalariga  majburiy  to’lovlar  va  boshqa  tushumlar 

to’liq hamda o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  tegishli  davrdagi  ijrosi 

to’g’risidagi  hisobotlarni  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligiga  taqdim 

etadi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalari  mablag’laridan  maqsadli  foydalanilishi 

ustidan nazoratni amalga oshiradi; 

  davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish jarayonida tushumlarni 

ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniqlaydi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  xarajatlari  maqbullashtirilishini  amalga 

oshiradi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalarining  Yagona  g’azna  hisobvarag’i  va  boshqa 

bank hisobvaraqlaridagi mablag’larini boshqaradi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlari  ijrosining  byudjet  hisobini 

yuritadi; 

  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining  daromadlari  va  xarajatlari 

balansliligiga  ta’sir  ko’rsatuvchi  normativ-huquqiy  hujjatlarni  moliyaviy  va 

iqtisodiy ekspertizadan o’tkazadi. 

Davlat maqsadli  jamg’armalarini  taqsimlovchi  organlar  qonun  hujjatlariga 

muvofiq byudjet sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

 


Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish