Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


O’zbekistonda jamiyat axborot sohasini isloh qilish jarayoni



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

2.O’zbekistonda jamiyat axborot sohasini isloh qilish jarayoni 
Mamlakatda  bosma  ommaviy  axborot  vositalarini  har  tomonlama  rivojlantirishni  davlat 
tomonidan qo’llab-quvvatlash, ularning inoddiy negizini mustahkamlash va jumalistlaming kasbiy 
malakasini  oshirish  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilmoqda.  Davlatning  axborot  sohasidagi 
siyosati O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida e’lon qilingan fuqarolarning so’z erkinligi va 
axborot  olish  huquqini  izchil  va  to’liq  amalga  oshirishni  ta’minlashga  qaratilgan.  Mamlakatda 
axborot sohasida davlat tashkilotlaridan tashqari jamoat, nodavlat institutlari va tuzilmalarini tuzish 
va  rivojlantirish  uchun  zarur  tashkiliy-huquqiy,  texnik  shart-sharoitlari  ham  yaratib  berilgan. 
Jumladan,  bu  sohada  O’zbekiston  Jumalistlari  ijodiy  uyushmasi,  O’zbe-  kiston  Yozuvchilar 
uyushmasi,  Elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy  uyushmasi  va  boshqa  qator  jamoat 
birlashmalari o’z faoliyatini amalga oshirmoqda. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 
“O’zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy  axborot  vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo’llab-
quvvatlash  va  rivojlantirish  jamoat  fondini  tashkil  etish  to’g’risida”gi  2005-yil  16-noyabrdagi 
Farmoni  OAVlami  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash  borasidagi  muhim  qadam  bo’ldi.  Fond 
faoliyatining  asosiy  maqsadi  -  mamlakatda  mustaqil,  o’zini  o’zi  ta’minlovchi,  zamonaviy 
demokratik  talab  va  standartlarga  javob  beradigan  bosma  OAVlarini  shakllantirish,  ularning 
moddiy-texnika  bazasi  va  kadrlar  salohiyatini  mustahkamlash  jarayonini  qo’llab-  quvvatlashdan 
iboratdir.  Shu  bilan  birga,  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  (AKT)  davlat  boshqaraviga 
joriy  etish  va  keng  qoilash  ishlari  jadallashib  borayotganligini  hisobga  olib,  hukumat  tomonidan 
2003-2010-yillarda davlat boshqaruvida elektron texnologiyalami joriy etish dasturi ishlab chiqildi. 
Mazkur  dastur  davlat  boshqaruvida  elektron  hujjatlar  aylanishini  keng  targib  qilish,  fuqarolarga 
ko’rsatilayotgan xizmatlar darajasini yaxshilash va hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va 
qonunlami  oshkoraligini  ta’minlashga  qaratildi.  Bu  dastur  mamlakatda  “Elektron  hukumat”ni 
shaklantirish  yoiidagi  jiddiy  islohotlami  boshlab  berdi.Dasturni  amalga  oshirishning  birinchi 
bosqichida  davlat  boshqaruv  organlarida  davlat  xizmatlari  haqidagi  maiumotlar  (jumladan, 
mansabdor  shaxslaming  qabul  vaqti,  xizmat  telefonlari)  joylashtirilgan  veb  sahifalari  ochildi. 
Ikkinchi bosqichda maiumotlami toiiq jamlagan davlat organlarini saytlardan qidirish imkoniyatini 
beradigan  maiumotlar  bazasi  tuzilib,  turli  murojaatlarga  elektron  pochta  orqali  javob  berilishi 
ta’minlandi.  Ular  fuqarolarga  davlat  portaliga  kirib,  bir  qator  “interaktiv  xizmatlar”  orqali  turli 
shakllami toidirish imkonini berdi. Uchinchi bosqichda moliyaviy va huquqiy xizmatlar ko’rsatish, 
fuqarolar va xususiy korxonalar litsenziya hamda ruxsatnoma olishi, soliq deklaratsiyasini taqdim 
etishi, jarima to’lashi va ijtimoiy imtiyozlar so’rab murojaat qilishlari uchun imkoniyatlar yaratildi. 
Soddalashtirilgan  shaklda  har  qanday  mamlakatning  ijtimoiy  hayotini  uch  muhim  subyektning 
(davlat,  mamlakat  fuqarolari,  biznes  subyektlari)  munosabatlarining  o’zaro  tengligini  ta’minlash 
uchun shart- sharoitlar yaratish, fuqarolik jamiyatiga xos munosabatlarini shakllantirish zamonaviy 
axborot  tizimining  asosiy  vazifasidir.  Bu  munosabatlarda  davlat  integratsiyalovchi  omil 
hisoblanadi. 
Bunda  davlatning  integratsiyalovchi  roli  bunda  uchta  tizimosti  munosabatlarda  namoyon 
bo’ladi: 
-  hukumat  muassasalarining  o’zaro  va  mahalliy  davlat  boshqaruv  organlari  bilan  o’zaro 
hamkorlik  qilish  uchun  aloqalami  tashkil  etish  (G2G)  ;  -hukumat  muassasalari  bilan  mamlakat 
iuqarolari o’rtasidagi o’zaro aloqalami amalga oshirish (G2C) ; 
-hukumat muassasalari bilan biznes subyektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalami yo’lga qo’yish 
(G2B) ; 
-AKTni joriy etish jarayonida Davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish vazifasi quyidagi 
muammolami hal etishga yo’naltiradi: 


173 
-umumiy  vazifalami  hal  etish  maqsadida  har  xil  hukumat  tuzilmalarining  samaraliroq 
o’zaro hamkorligini qay tarzda tashkil etish mumkin (G2G) ; 
-fuqarolarning  manfaatlarini  qanday  qilib  eng  ko’p  darajada  hisobga  olish  va  tegishli 
Davlat muassasalarida ularga xizmat ko’rsatish sifatini qanday qilib oshirish mumkin (G2C) ; 
Davlatning  biznes  subyektlari  bilan  o’zaro  foydali  munosabatlarini  qanday  qilib  tashkil 
etish  mumkin  (G2B).Davlat  boshqaruvida  AKT  -  bu  davlat  boshqaruv  organlarida  jami  ichki  va 
tashqi  aloqalami  tegishli  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari  bilan  qo’llab-quvvatlash  va 
ta’minlash tizimidir. Bu tizimda quyidagi jarayonlar amalga oshadi: 
-kommunikatsiya  tarmoqlari  orqali  axborotni  qayta  ishlash,  uzatish  va  tarqatishning 
elektron  vositalari  (shu  jumladan,  Intemet)  asosida  davlat  boshqaruvini  axborot  kommunikatsiya 
texnologiyalari bilan ta’minlash; 
-davlat  hokimiyati  barcha  tarmoqlari  organlarining  barcha  toifadagi  fuqarolarga  elektron 
vositalar orqali xizmat ko’rsatishi; 
-davlat  organiarining  ishi  to’g’risida  fuqarolarga  elektron  vositalar  orqali 
xabarberish.2014-yilga  kelib  O’zbekistonda  “elektron  hukumat”ning  samarali  unsurlarini  tashkil 
etishga doir 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirildi. Ularning ichida eng asosiylari quyidagilardan 
iboratdir: 
- O’zbekiston Respublikasining hukumat portali - gov.uz jismoniy va yuridik shaxslar, turli 
davlat  organlari,  tashkilotlar,  fuqarolik  jamiyati  institutlari  o’zaro  elektron-axborot  infratuzilmasi 
tizimini  tashkil  etuvchi  unsurlari  sifatida  keng  rivojlandi.  Mamlakatda  har  qanday  fuqaro  yoki 
tashkilot vakillari o’zlari istagan vaqtda davlat hokimiyati faoliyatiga doir to’liq axborotlami olishi 
yoki  portal  orqali  har  qanday  darajadagi  hokimiyat  organiga  elektron  so’rovnoma  bilan  murojaat 
qila  olish  imkoniyatiga  ega  bo’ldi.  Shuningdek,  mazkur  hukumat  portalida  mamlakatda  Interfaol 
davlat xizmatining (IDX) ochilishi (reestr.uz) davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini qoilash 
sohasidagi  katta  qadam  bo’ldi.  IDX  foqarolar,  tashkilotlar,  korxonalar,  nodavlat  notijorat 
tashkilotlar,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari,  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  deyarli  barcha 
jismoniy  va  yuridik  shaxslarga  telekommunikatsiya  tarmoqlari  orqaji  axborot  tizimi  vositasida 
xizmat  ko’rsata  boshladi.  Hukumat  qarorlari  asosida  bu  xizmatning  100  dan  ortiq  tayanch  davlat 
xizmatlari  tasdiqlandi.  Davlat  organlarida  axborot  texnologiyalaridan  hamkorlikda  foydalanish 
asosan ichki boshqaruv yoki ishlab chiqarish samarasini oshirishga qaratildi. Bu xizmatning uchta 
asosiy  yo’nalishi - tadbirkorlar va investorlar (G2B) , davlat organlari (G2G) hamda fuqarolar va 
xorijliklar (G2S)  yo’nalishlari alohida va maxsus dasturlar bilan ta’minlandi. Shuningdek, xizmat 
ko’rsatishning quyidagi turlaridan foydalanish tajribasi o’rnatildi: 
- hammabop axborotlami e’lon qilish (tarqatish)  
- tegishli axborot tizimlari, jumladan, Intemet orqali davlat axborot resurslari xizmatidan 
foydalanish; 
-bir tomonlama xatti-harakat 
- elektron shakldagi turli hujjatlarni tarmoqqa kiritish imkoniyatini berish; 
-ikki tomonlama axborot almashish - qabul qilish, tahlil (ko’rib chiqish) va so’rov bo’yicha 
javob  berish  (buyurtmalar  berish,  murojaatlar  qilish  yoki  ulami  ishlab  chiqish  natijalarini  taqdim 
etish) kabi muassasa xizmatlari; 
-elektron shakldagi toiaqonli maiumotlami amalga oshirish, jumladan, ulami taqdim etish 
va xizmat haqini toiash. Shuningdek, bu jarayonning samarasini oshirish, jamiyatdagi voqeliklar va 
hodisalami  e’tiborga  olish  maqsadida,  shuningdek,  o’zaro  xatti-harakatlar  imkoniyatlari  sifatida 
“rasmiy  veb-saytlardan  foydalanuvchilar  fikrlarini  birlashgan  forum  maydoni  va  Forumda 
o’rganishni ta’minlash, fommdagi muhokamalarga axborot xizmatlari vakillarini jalb etish” yo’lga 
qo’yildi.  Hukumat  portalining  (GOV.UZning)  3500  dan  ortiq  ishtirokchilaridan  20  dan  ortig’i 
ommabop resurs ekanligi bilan ajralib turadi, Unda 100 dan ortiq mavzuga doir bo’limlari, 10 dan 


174 
ortiq yangi servis va xizmatlar doimiy ravishda ishlab turadi. Keyingi o’n yillikda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklarining 
barchasi  Intemet  tarmog’iga  ulanib,  ular  uchun  maxsus  veb-saytlar  ochildi.  Fuqarolarning  bu 
saytlarga  kirishlari  uchun  zamr  bo’lgan  imkoniyatlar  yaratildi.  Ayniqsa,  hukumat  portalining 
(GOV.UZ)  o’rnatilishi  fuqarolarning  markaziy  davlat  hokimiyati  organlariga  murojaat  qilishlari, 
muloqo’lga  kirishlari  uchun  shart-sharoitlar  yaratdi.“E-Kommunal.uz”  portali  uy-joy  kommunal 
xo’jaligi (UKX) sohasida umumiy axborot infratuzilmasi sifatida kommunal xizmat, uy- joy egalari 
shirkati,  nazorat  organlari  va  aholining  o’zaro  axborot  almashishini  ta’minlab,  bu  sohadagi 
boshqaruv  faoliyatini  rivojlantirish  omili  sifatida  namoyon  bo’lmoqda.  Bu  portalda  qulay  tarzda 
O’zbekiston  uy-joy  va  kommunal  xizmati,  shuningdek,  barcha  kommunal  xizmatlaming  interfaol 
kalkulyatorlari va ta’riflariga doir axborotlar joylashtirilgan bo’lib, ular muttasil ravishda yangilanib 
turadi. Har bir fuqaro portalga o’zining rasmi, o’zi to’g’risidagi maiumotlami, kommunal xo’jaligi 
sohasidagi muammolami joylashtirishi mumkin. Bu axborotlar tegishli organlar tomonidan ko’rib 
chiqilib,  muammolami  o’rganib,  ularning  yechimini  topish  bilan  shug’ullanishlari  uchun  qulay 
sharoitlar yaratilgan. 
Tadbirkorlik  subyektlaridan  elektron  shaklda  moliyaviy  va  boshqa  hisobotlami  olish, 
ularga doir statistik Ma’lumotlami qayta ishlab chiqish tizimini avtomatlashtirish (stat.uz, soliq.uz) 
ham yildan-yilga rivojlanib bormoqda. Unda Davlat soliq qo’mitasining sayti joylashgan bo’lib, har 
qanday fuqaro maslahatlar olishi mumkin, soliq hisobotlari, deklaratsiyalar va boshqa soliq tizimiga 
tegishli  hujjatlami  elektron  shaklda  yuborishi,  ularning  javoblarini  olishi  mumkin.  Shuningdek, 
elektr  energiyasi  iste’molchilari  uchun  uzbekenergo.uz,  xorijiy  fuqarolarning  viza  olishlari  uchun 
mfa.uz, litsenziyalar uchun yagona portal license.uz kabilaming ochilishi, unda faoliyat ko’rsatish, 
mxsat  olishga  doir  axborotlaming  joylashtirilganligi  davlat  va  boshqa  darajadagi  boshqaruv 
tizimlarida  byurokratiyani  kamaytirishga,  aholi  uchun  dolzarb  bo’lgan  muammolami  tezlik  bilan 
aniqlab, ularga nisbatan tegishli choralar ko’rishga shart-sharoitlar yaratadi. 
O’zbekistonda  Intemetga  ulanish  va  uning  xizmatlaridan  foydalanish  keng  koTamda 
asosan 1997-yildan boshlandi. Dastlab Naytov  (http: 
www.navtov.com
). O’znet (http:
www.uz.net
 
yoki  (http:www.eastlink.uz)  kabi  provayd-kompaniyalari  faoliyat  ko’rsata  boshladi,  XXI  asr 
boshlaridan O’zbekistonda kompyuterlashtirish (ayniqsa, davlat muassasalari, ta’lim tizimi, tijorat 
tashkilotlarida) , shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy elektron aloqaning turlari (peyjer, uyali aloqa) 
va optik tolali liniyalar tezlik bilan rivojlana boshladi. 
Xalqaro  Intemet  tizimida  O’zbekiston  to’g’risida,  mamlakatdagi  turli  idoralar  va 
muassasalar,  kompaniya  va  firmalar,  ta’lim  tizimi  (universitetlar,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  va 
boshq.), tijorat tashkilotlari, bank, moliya, sug’urta tuzilmalari va boshqalar to’g’risida ma’lumotlar 
mavjuddir.  Maxsus  rasmiy  varaqchalarda  O’zbekiston  hukumati,  O’zbekistondagi  elchixonalar 
(AQSH, Buyuk Britaniya, Turkiya, Rossiya va boshq.) va boshqa ko’plab mamlakatlar to’g’risida 
ma’lumotlar  berilgan.  Ayni  vaqtda,  O’zbekistonga  tegishli  shaxsiy  varaqchalar  ham  mavjud: 
“Umid”  varaqchasi,  “O’zbek  estradasi”,  O’zbekiston  televideniyasining  “Axborot”  dasturi  (2000-
yildan boshlab) kabilar rivojlanib va takomillashib bormoqda. O’zbekistondagi yirik kutubxonalar - 
Alisher  Navoiy  nomidagi  O’zbekiston  Milliy  kutubxonasi,  O’zbekiston  FA  ning  Fundamental 
kutubxonasi,  Tibbiyot  kutubxonasi,  Respublika  ilmiy-texnika  kutubxonasi  kabilaming  barchasi 
Intemet  tizimiga  ulangan  bo’lib,  ular  aholini  axborotlar  resurslari  bilan  taTninlashda  muhim  rol 
o’ynamoqda. 
O’zbekistonning barcha mintaqalarida (viloyat va tumanlarida) xalqaro Intemet tarmog’iga 
ulanish  “O’zPAK”  Davlat  kompaniyasining  xalqaro  kanallari  orqali  amalga  oshirilmoqda. 
Mamlakatda Intemet tizimidan foydalanuvchilar safi jadal sur’atlar bilan kengayib bormoqda. 2002-
yilda  bor-yo’g’i  300  mingdan  ortiq  Intemet  tizimidan  foydalanuvchilar  bo’lgan  bo’lsa,  bugungi 
kunda  ularning  soni  6  milliondan  ortib  ketdi.  Xususan,  nodavlat  ommaviy  axborot  vositalarini 


175 
qo’llab-quvvatlash,  ularning  moddiy-texnik  bazasi  va  kadrlar  salohiyatini  mustahkamlash 
maqsadida  bir  qancha  jamoat  tashkilotlari  tashkil  qilindi.  O’z  tarkibida  100  dan  ortiq  elektron 
ommaviy  axborot  vositalarini  birlashtirgan  Nodavlat  elektron  ommaviy  axborot  vositalari  milliy 
assotsiatsiyasi,  shuningdek,  O’zbekiston  mustaqil  bosma  ommaviy  axborot  vositalari  va  axborot 
agentliklarini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shuiar jumlasidandir. 
O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2012-yiI  16-  apreldagi  “O’zbekiston 
Respublikasida  “Elektron  ta’lim”  milliy  tizimini  yaratish”  investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-1740-sonli  qarorini  amalga  oshirishni  ta’minlash  maqsadida 
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-iyulda “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim 
vazirligi  huzurida  ta’lim  muassasalarida  elektron  ta’limni  joriy  etish  markazini  tashkil  etish 
to’g’risida”gi  228-sonli  qarori  qabul  qilindi.  Bu  qaror  o’z  vaqtida  va  sifatli  amalga  oshirilishini 
ta’minlash, shuningdek oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yuqori texnologik 
darajada  o’quv  jarayonini  tashkil  etish  uchun  elektron  o’quv-metodik  va  axborot-kutubxona 
resurslari, axborot tizimlari shakllantirilishini ta’minlovchi yagona organni tashkil qilishga qaratildi. 
Mazkur  qarorga  muvofiq  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  vazirligi  hamda 
O’zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligining  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  va  o’rta 
maxsus  ta’lim  vazirligi  huzurida  Ta’lim  muassasalarida  elektron  ta’limni  joriy  etish  markazini 
tashkil etish to’g’risidagi taklifi qabul qilindi.  
O’zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidentining  2013-yil  27-iyunda  qabul  qilgan 
“O’zbekiston  Respublikasining  Milliy  axborot-  kommunikatsiya  tizimini  yanada  rivojlantirish 
chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  qarori  bilan  tasdiqlangan  2013-2020-yillarda  O’zbekiston 
Respublikasi telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish 
dasturining  qabul  qilinishi  mamlakatimizda  axborot  resurslari,  tizimlari  va  tarmoqlarini  yanada 
jadal rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratdi. Hozirgi umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari 
axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat davlat boshqaruvi va iqtisodiyo’li, balki axborot 
tizimlari xavfsizligini ta’minlashda ham keng qo’llashni taqozo etmoqda. O’zbekiston axborot va 
kommunikatsiya  texnologiyalari  sohasidagi  xalqaro  xavfsizlik  tizimiga  Markaziy  Osiyoda 
birinchilardan  bo’lib  qo’shildi.  Mamlakat  Prezidentining  2005-yil  5-  sentabrda  qabul  qilingan 
“Milliy  axborot-kommunikatsiya  tizimlarining  kompyuter  xavfsizligini  ta’minlash  borasidagi 
qo’shimcha  chora-  tadbirlar  to’g’risida”gi  qaroriga  binoan  “Uzinfocom”  kompyutcr  va  axborot 
texnologiyalarini  rivojlantirish  hamda  joriy  etish  markazi  huzurida  “UZ-CERT”  kompyuter 
hodisalariga chora ko’rish xizmati tashkil qilindi.  
Bu xizmat asosida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat 
qo’mitasi huzurida Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tuzildi. Bu markazning asosiy maqsadi 
“Elektron  hukumat”  tizimi  ma’lumotlar  bazasi,  resurslari  va  axborot  tizimlari  kompleksining 
axborot  xavfsizligini  ta’minlash,  davlat  organlarining  tegishli  resurs  va  tizimlarining  axborot 
xavfsizligi  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirishga  ko’maklashishdan  iboratdir.  Markaz 
axborot xavfsizligining zamonaviy tahdidlari haqida ma’lumotlar to’plash va tahlil qilish, “Elektron 
hukumat”  tizimi  ma’lumotlar  bazasi,  resurslari  va  axborot  tizimlari  kompleksiga  noqonuniy 
kirishga  oid  harakatlaming  oldini  olishga  qaratilgan  tashkiliy  va  dasturiy-texnik  qarorlar  qabul 
qilish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish faoliyati bilan shug’ullanadi. “Elektron hukumat” 
tizimining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani, shuningdek, milliy 
intemet  segmentini  takomillashtirish  borasida  takliflar  ishlab  chiqish  ham  markaz  faoliyati 
yo’nalishlaridan biridir.  
Mamlakatda  “Elektron  hukumat”  tizimini  rivojlantirish  markazi  va  Axborot  xavfsizligini 
ta’minlash  markazining  tashkil  etilishi  hamda  ularning  o’zaro  hamkorligi  O’zbekistonda  milliy 
axborot-  kommunikatsiya  tizimini  rivojlantirishning  muhim  bosqichi  bo’ldi.  2014-yilga  kelib  esa 
mamlakatda  1400  ommaviy  axborot  vositasi  faoliyat  ko’rsata  boshlagan  bo’lsa,  2018-yilga  kelib 


176 
ularning  soni  1500  taga  etdi.  Ularning  62  foizi  nodavlat  ommaviy  axborot  vositalaridir.  Hozirgi 
davrga kelib mamlakat ommaviy axborot vositalari mamlakatimiz hamda dunyoda ro’y berayotgan 
voqea-hodisalami keng yorita boshladi, aholi tafakkurini shakllantirish, huquqiy ongb va madaniyat 
darajasini  yuksaltirishda  bevosita  ishtirok  etmoqda.  Shuningdek,  ular  ftkrlar  xilma-xilligini 
ta’minlashga  ko’maklashmoqda.  Bu  esa  mamlakatimizni  demokratlashtirish  va  jahon  axborot 
makdhiga integratsiyalashtirish sharoitida nihoyatda muhimdir. Shuningdek, O’zbekiston mustaqil 
bosma  ommaviy  axborot  vositalari  va  axborot  agentliklarini  qo’llab  quvvatlash  va  rivojlantirish 
jamoat  fondi  tashkil  etilganidan  buyon  o’tgan  vaqt  davomida  mamlakatimizda  ommaviy  axborot 
vositalari  faoliyatini  rag’batlantirish  bo’yicha  yuzlab  loyiha  ishlab  chiqilib,  amalga  oshirildi.  Bu 
borada 900 dan ziyod bosma va veb-nashrlar tahririyatlari hamda 4 ta axborot agentligi bilan faol 
hamkorlik yo’lga qo’yildi.  
Ommaviy  axborot  vositalari  moddiy-texnik  bazasini  mustahkamlash,  mamlakatimizni 
demokratlashtirish  va  modernizatsiya  qilish  jarayonlarini  yoritishda  ular  ishtirokini  faollashtirish 
uchun fond tomonidan yuzdan ortiq bosma va intemet-nashrlarga grantlar ajratildi. O’zbekistonda 
internet jumalistikasining jadal rivojlanayotgani zamon talabi bo’lib, bu yurtimizda global tarmoq 
ham shiddat bilan taraqqiy etib borayotganidan dalolatdir. Agar 2010-yilda milliy domenda 10 ming 
veb-sayt ro’yxatga olingan bo’lsa, hozirgi davrda ularning soni ikki barobardan ko’proqqa oshdi. 
Provayderlami  texnik  jihozlashni  bosqichma-bosqich  modernizatsiya  qilish,  intemet  trafikni 
kuchaytirish  va  hajmini  oshirish  inobatga  olingan  holda,  aholining  global  tarmoqdan  foydalanish 
sharoitlari taboro takomillashib bormoqda. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish