Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

Xususan Ekoharakat: 
 
- fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga bo’lgan huquqini himoyalashga hamda tabiatdan 
foydalanish  sohasida  iqtisodiy  mexanizmlami  joriy  etishga  qaratilgan  ekologik  xavfsizlikni 
kompleks tarzda ta’minlash bo’yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ulami amalga oshirishga; 
 
-  mamlakatda  ekologik  huquqbuzarliklar  va  tabiatga  boshqacha  tarzda  zarar  yetkazganlik 
uchun  korxona  va  tashkilotlaming,  mansabdor  shaxslar  va  alohida  fuqarolarning  javobgarligini 
kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlami har tomonlama qo’llab-quvvatlashga; 
 
- ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararii bo’lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf 
etish, shu jumladan, transchegaraviy nhamiyatga ega bo’lgan holatlarda ham, ular tomonidan atrof-
muhitga  va  inson  salomatligiga  yetkazilgan  zarami  qoplashni  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish 
hamda huquqni qoilash amaliyo’li samaradorligini oshirishga intiladi. 
O’zbekiston  ekologik  harakatining  parlamentda  o’zining  vakillari  bo’lishi  tarixiy  zarurat 
sifatida  paydo  bo’ldi.  Parlamentda  tabiatni  asrash  va  ekologiyani  yaxshilashga  qonunchilikni 
rivojlantirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasida  150  ta 
deputatdan  15  tasining  O’zbekiston  ekologik  harakati  tomonidan  saylanishiga  doir  huquqiy  asos 
yaratildi.  Buning  natijasida  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasida  15 
deputatdan  iborat  fraksiyasi  faoliyat  yuritishi  qonuniy  tarzda  rasmiylashdi.  2009-yil  va  2014-yil 
dekabrda  Ekoharakat  konferensiyasida  saylangan  mazkur  deputatlar  guruhi  atrof  muhit 


162 
muhofazasiga oid ko’plab qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda va ulami qabul qilishda bevosita 
ishtirok etib kelmoqda. 
Ma’lumki,  O’zbekiston  -  ko’p  millatli  mamlakat.  Yurtimizda  fuqarolik  jamiyati  instituti 
sifatida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan turli millatlaming milliy-madaniy markazlari 
turli  millatlar  vakillarining  madaniyati,  tili  va  ma’naviy  dunyosini  rivojlantirishga  xizmat  qila 
boshladi.  Milliy-madaniy  markazlar  mamlakatda  o’zaro  tenglik  asosida  yashayotgan  130  ta  turli 
millat  va  elatlaming  manfaatlarini  ifodalash,  o’zlari  mansub  bo’lgan  madaniyat,  o’z  milliy 
qadriyatlari va urf-odatlarini yo’qolib ketmasdan yashashi uchun ko’mak berib kelmoqda. 
Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O’zbekiston 
xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik va madaniy- ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 
34  ta  do’stlik  jamiyatlari  muvafaqqiyatli  faoliyat  yuritib  kelmoqda.  Ulardan  14  tasi  Respublika 
ahamiyatiga molik tashkilot maqomiga egadir. Ularning 31 lasi korcys, 23 tasi rus, 10 tasi tojik, 9 
tasi qozoq, 9 tasi tatar millatiga mansub faollar tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, mamlakatda 
8  ta  ozarbayjon,  7  ta  turkman,  6  ta  ukrain  va  qirg’iz,  5  ta  turk  va  Yevropa  yahudiylar  millatiga 
mansub  bo’lgan  milliy-madaniy  markazlari  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Shuningdek,  nemis,  polyak  va 
arman,  uyg’ur,  arab,  bolgar,  boshqird,  grek,  gmzin  va  boshqa  millat  vakillari  ham  o’zlarining 
milliy-madaniy tashkilotlari tarkibida turli madaniy tadbirlar va anjumanlar vositasida faol ishtirok 
etmoqda. 
O’zbekistonda  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  fuqarolik  jamiyati  instituti  sifatida 
rivojlantirishda  2005-yilning  10-iyunida  “O’zbekiston  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  milliy 
Assotsiatsiyasi”ning  tashkil  topishi  muhim  ahamiyat  kasb  etdi.  Uning  asosiy  maqsadlari  sifatida 
qo’yidagi faoliyat yo’nalishlari belgilandi: 
-ixtiyoriy  ravishda  a’zo  bo’lgan  nodavlat  notijorat  tashkilotlarini  har  tomonlama  qoilab-
quvvatlash,  ularning  jamiyat  hayotini  yanada  erkinlashtirish  va  demokratlashtirish,  mamlakatni 
modernizatsiya  va  isloh  qilish,  demokratik  qadriyatlami  mustahkamlashdagi  ishtirokini,  siyosiy, 
iqtisodiy  va  ijtimoiy-madaniy  hayotdagi  faoliigini,  huquqiy  davlat  asoslarini  mustahkamlash  va 
inson haq-huquqlarini himoya qilishdagi o’rnini yanada kengaytirish; 
 
-davlat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  bilan  muvozanatda  o’zaro  va  ikki  tomonlama 
manfaatli  muzokaralar  orqali  jamiyatning  turli  ijtimoiy  qatlamlari  manfaatlarini  ifoda  etishda 
nodavlat notijorat tashkilotlaming ishtirokini ta’minlash. 
Hozirgi  davrga  kelib,  “O’zbekiston  nodavlat  notijorat  tashkilotlari  milliy 
Assotsiatsiyasi”ga 400 dan ortiq turli respublika miqyosidagi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan 
nodavlat notijorat tashkilotlar a’zo bo’lib kirdilar. 
Mamlakatda  mustaqil,  barqaror,  aholining  turli  qatlamlari  qo’llab-  quvvatlaydigan 
fuqarolik  jamiyati  institutlarini  shakllantirishga,  ijtimoiy  ahamiyatli  muammolami  hal  etishdagi, 
fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005-
yil 26- iyulda “O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatiash fondi” tashkil topdi. 
Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: 
 
 
 
 
  
 
 
 
 
 


163 
 
 
 
 
 
-  zarur  moddiy  vositalar  va  moliyaviy  mablaglarni  yig’ish,  jumladan,  fuqarolik  jamiyati 
institutlarining,  eng  avvalo,  aholi  qo’llab-  quvvatlaydigan,  mustaqil  respublika  fuqarolarining  u 
yoki  bu  manfaatlarini  qondirish  va  himoya  qilish  bo’yicha  ularning  oldida  turgan  vazifalami 
mustaqil  hal  etuvchi  nodavlat  notijorat  tashkilotlarining  rivojlanishini  rag’batlantirish  uchun 
mo’ljallangan  mahalliy,  chet  el,  xalqaro  tashkilotlar  va  moliyaviy  institutlaming  grantlarini  jalb 
etish; 
- eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatli muammolami hal 
etishdagi  fuqarolarning  ijtimoiy-siyosiy  faolligini  oshirishga,  fuqarolik  jamiyatining  institutlarini 
rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari va dasturlarini moliyalash. 
O’zbekiston  Respublikasining  “Nodavlat  notijorat  tashkilotlari  faoliyatining  kafolatlari 
to’g’risida”gi  qonuniga  ko’ra  NNT  va  fuqarolik  jamiyatining  boshqa  institutlari  faoliyati  davlat 
tomonidan  subsidiya,  grant,  ijtimoiy  buyurtmalar  berish  shaklida  qoilab-quvvatlanmoqda.  2008-
yildan  hozirga  qadar  Oliy  Majlis  huzuridagi  jamoat  fondi  mablagiarini  boshqarish  bo’yicha 
parlament komissiyasi ko’rhagida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assotsiatsiyalari va 
birlashmalarining  600  ga  yaqin  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  loyiha,  dastur,  ustav  vazifalari  amalga 
oshirildi.  Faoliyati  davomida  ishlab  topilgan  barcha  mablag’lami  NNT  o’zlarining  dasturlarini 
kengaytirish  va  moliyalashtirishga  yo’naltiradi.  Albatta,  o’z  o’rnida,  NNT  ijtimoiy  muammolami 
hal  qilish,  sog’liqni  saqlash,  ta’lim,  fan,  madaniyat  va  san’atni  qo’llab-quvvatlash,  fuqarolar 
huquqiy  madaniyatini  oshirish,  fuqarolarni  jamiyatni  boshqarishdagi  ishtirokini  kengaytirish  kabi 
faoliyati bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo’shadi. 
 
Shuningdek, O’zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o’nlab xorijiy nodavlat 
tashkilotlar o’z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sog’liqni 
saqlash  tashkiloti  vakolatxonasi,  BMTning  Bolalar  jamg’armasi  (YUNISEF)  vakolatxonasi, 
Xalqaro  rivojlanish  bo’yicha  AQSH  agentligi  vakolatxonasi,  ‘Britaniya  Kengashi”  (“British 
Council”)  ,  Konrad  Adenuer  jamg’armasining  Markaziy  Osiyo  va  QozogTston  mamlakatlari 
bo’yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg’armasi vakolatxonasi, Xalqaro ta’lim bo’yicha Amerika 
Kengashi  (“ACCELS”)  ,  Markaziy  Osiyoga  beg’araz  yordam  tashkiloti  (“CAFE”)  ,  Germaniya 
Agroaksiya  tashkiloti,  YUNESKO  vakolatxonasi,  “Global  Involvement”  nomli  ta’limga  doir 
tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti, 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


164 
 
 
 
 
 
AQSHning “Mehr-muruvvat korpusi” va ekologiyaga oid “KOFUTIS” tashkiloti, fuqarolik 
jamiyati  qurishga  ko’maklashuvchi  “Krosslink  Development  Intemeshnl”  xalqaro  tashkiloti, 
Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning “Rivojlanish uchun hamkorlik” tashkiloti, 
AQSHning Xalqaro tatqiqo’llar va o’zaro almashishlar kengashi (IREX) , Yevroosiyo jamg’armasi, 
Germaniyaning  “Gyote  instituti”,  Fransiyaning  “Alyans  Franse”  tashkiloti,  Xalqaro  hamkorlik 
bo’yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo’yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik 
bo’yicha  Yaponiya  agentligi  kabi  yuzdan  ortiq  xorijiy  mamlakatlar  nodavlat  tashkilotlari 
vakolatxonalari va flliallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda. Hozirgi davrda mamlakatda 
50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda. 
Mamlakatda  XXI  asr  boshlarida  “Kuchli  davlatdan  -  kuchli  jamiyat  sari”  konseptual 
siyosiy dastumi amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim 
vakolatlarini  mahalliy  davlat  hokimiyati,  o’zini  o’zi  boshqarish  organlari  va  nodavlat  notijorat 
tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari 
boshlandi.  Bu  sohada  quyidagi  yo’nalishlarda  islohotlar  bosqichma-bosqich  ravishda  amalga 
oshirilmoqda: 
- birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ina’naviyati va bilimi yuksak 
darajada bo’lishiga erishish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish; 
- ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg’unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, 
jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatjar bilan mushtarakligiga erishish; 
-  uchinchidan,  jamiyatning  takomillashuvi  va  yangilanishi  uchun  kuchli  va  real  siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy imkoniyatlami shakllantirish; 
-  to’rtinchidan,  jamiyat  a’zolari  va  tuzilmalari  o’rtasidagi  hamkorlik  asosida  jamiyatning 
umumiy manfaatlarini uyg’unlashtirish; 
-  beshinchidan,  jamiyatdagi  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  huquqiy  qoidalar  ta’sirini 
kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo’ysunish amali yo’lini vujudga keltirish;   
-oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o’z vazifalarini to’liq bajarishiga kengroq va qulayroq 
imkoniyatlar yaratish, sjyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning 
aholi  tomonidan  keng  va  faol  qoilab-quvvatlanishiga  erishish  kabi  yo’nalishlami  o’z  ichigaoladi.
 
 
Hozirgi  islohotlami  yanada  chuqurlashtirish  davrida  “Kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik 
jamiyati sari” tamoyilini hayotga tatbiq etish jnrnyonlaridagi muammolardan biri - bu turli ijtimoiy 
qatlamlar  shakllanishining  sekin  kechishi  natijasida  ularning  turli  manfaatlari  nodavlal  notijorat 
tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda. Chunki “uchinchi sektor” tashkilotlari u yoki 
bu  ijtimoiy  qatlamlar  va  guruhlar  manfaatlarini  ifodalay  olish  qobiliyatiga  ega  bo’lgandagina 
fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo’ladilar. Aks holda, fuqarolar nodavlat notijorat 
tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar. 
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi hali O’zlari tayanadigan 
ijtimoiy  qatlamlarni  aniqlashtirib  olmaganliklari  yoki  o’zlarini  biron-bir  ijtimoiy  qatlam 
manfaatlarini  ifodalovchi  tashkilot  darajasiga  yetkaza  olmaganliklari  uchun  ham  ular  faoliyatiga 
fuqarolarni  jalb  etish  muammolari  o’z  yechimini  topganicha  yo’q.  Ayniqsa,  hali  ham  aksariyat 
jamoat  birlashmalari  va  nodavlat  tashkilotlaming  rahbarlari  va  faollarining  eski  byurokratik 
nomenklatura tizimida orttirgan mhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat organlariga xos 


165 
rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi achinarli holdir. Ularning ba’zilari esa hali 
ham davlat hokimiyati organlarini o’zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar. 
Mamlakatdagi 
kasaba 
uyushmalarini 
fuqarolik 
jamiyati 
instituti 
sifatida 
demokratlashtirishdagi  muhim  vazifalardan  biri  -  bu  xalqaro  tajribalardan  kelib  chiqib,  mehnat 
jamoalaridagi  boshlang’ich  kasaba  uyushmalarining  tashkiliy  va  ijtimoiy  himoyaga  taalluqli 
faoliyatini  yuksaltirish,  ijtimoiy  sheriklikda  ham  ularning  hal  qiluvchilik  rolini  ko’tarish,  ulami 
mustaqil  tashkilot  sifatidagi  maqomini  ta’minlash,  shuningdek,  tarmoqlar  kasaba  uyushmalari 
atrofiga jipslashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir. 
Mamlakatda  fuqarolik  jamiyati  qurishdagi  yana  bir  muhim  muammolardan  biri  -  bu 
fuqarolar  siyosiy  madaniyati  va  huquqiy  madaniyatlari  demokratik  asoslarda  shakllanishiga 
erishishdir.  Shuningdek,  fuqarolarning  ijtimoiylashuv  jarayonlarini  amalga  oshirishda  nodavlat 
tashkilotlaming o’rnini oshirish ham hozirgi davming dolzarb vazifalaridan biridir. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish