166
amalga oshirishga oid Davlat d»sturi”ga binoan “hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari
(omonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo’yicha tadbirlami amalga oshirish ko’lamini kengaytirish,
viloyatlardagi mahalliy vakillik organlari huzurida fuqarolik jamiyati institutlari va nodavlat
notijorat tashkilotlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha jamoat fondlarini tashkil etish”, shuningdek,
“hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo’lib,
davlat hokimiyati organlari faoliyatini o’rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlaming hisobo’lini xalq
deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi”,
“O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlaming
holatini o’rganish va xalq bilan muloqo’l qilishga doir faoliyatini tubdan tukoinillashtirishga oid
Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo’shma qnrori loyihasini ishlab chiqishi” kabi fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish bilan boG’liq huquqiy asoslar va amaliy O’zgarishlar rejalari muhim
ahamiyat kasb eta boshladi.
Shuningdek, Harakatlar strategisiyaga muvofiq mamlakatda “Elektron parlament” tizimini
ishlab chiqish, “Elektron hukumaf’ tizimini yanada rivojlantirish, xalq deputatlari mahalliy
Kengashlarining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyati ustidan nazoratini kuchaytirish
maqsadida siyosiy partiyalar deputatlik guruhlarining huquq va vakolatlarini kengaytirish, davlat va
xususiy sheriklik tushunchasi, vazifalari va asosiy yo’nalishlari, ishtirokchilari doirasi, ularning
huquq va majburiyatlari, bu boradagi loyihalar amalga oshiriladigan ustuvor sohalami tartibga
soladigan huquqiy asoslar ishlab chiqish, har bir tuman (shaharjda jismoniy va yuridik shaxslaming
murojaatlarini ko’rib chiqish bo’yicha “Xalq qabulxonalari”ni tashkil etishga qaratilgan chora-
tadbirlami amalga oshirish, 2018-2020-yillarda tuqarolaming o’zini o’zi boshqarish organlari
faoliyati samaradorligini yanada oshirish va rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish kabi chora-
tadbirlami amalga oshirish mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratadi,
mamlakatda fuqarolik jamiiyati qurishning muqarrar ekanligini anglatadi.
“Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyat sari” tamoyilini ijtimoiy-siyosiy hayOtga
qoilash vositasida siyosiy hokimiyat organlarining mahalliy tizimini mustahkamlash, ularga
markaziy hokimiyat vakolatlarini bir qismini berib borish asnosida nomarkazlashtirish islohotlarini
o’tkazish, ijroiya hokimiyat tizimlarini vakillik organlari va nodavlat tashkilotlar tomonidan kuchli
nazorat etish mexanizmi va huquqiy asoslarini yaratishga doir islohotlami amalga oshirish fuqarolik
jamiyati qurishning shart-sharoitlarini yaratish yo’lidagi ilk qadamlardir.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekistonda davlatning bosh islohotchilik
faoliyati natijasida nodavlat notijorat tashkilotlaming demokratik tamoyillar asosidagi huquqiy
asoslari shakllandi. Qisqa davr ichida mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishning poydevori -
konstitutsiyaviy va huquqiy shart-sharoitlar yaratildi. Islohotlar natijasida mamlakatda nodavlat
notijorat tashkilotlar tizimi shakllandi. Muhimi, “uchinchi sektor” bilan davlat hamkorligi natijasida
mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlaming mustaqil faoliyat yuritishi, davlat va jamiyat
ishlarini boshqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
XXI asr boshlariga kelib O’zbekiston davlati va xalqi ilg’or rivojlangan mamlakatlarda
fuqarolarga erkinlik bagMshlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlami
yaratgan, jamiyatning liimima jabhalarini demokratiyalashtirishga qobil bo’lgan, o’zida xalqchil
milliy meros va an’analami ifodalagan fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lidagi islohotlaming yangi
bosqichini chuqurlashtirishga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: