Microsoft Word 12 Foydalanilgan adabiyotlar


O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat



Download 5,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/376
Sana14.08.2021
Hajmi5,32 Mb.
#147939
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   376
Bog'liq
4kursfuqarolikpdf

O’zbekiston Xalq demokratik partiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
-  O’zbekiston  Respublikasining  ijtimoiy  qoilab-quvvatlashga  va  qollanildi,  87094  nafar 
fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi. Davlat organlarining qonun hujjatlariga zid bo’lgan 19578 
ta  hujjati  ustidan  arz  qilindi.  Natijada  keyinchalik  ushbu  hujjatlar  bekor  qilindi  yoki  qonun 
Inijjatlariga muvofiq holga keltirildi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015-yil  15-mayda  qabul  qilingan  “Xususiy 
mulk,  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni  ishonchli  himoya  qilishni  ta’minlash,  ulami  jadal 
rivojlantirish  yo’lidagi  to’siqlarni  bartaraf  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  farmonining 
qoidalarini  so’zsiz  ijro  etishga  prokuratura  organlari  tomonidan  alohida  i-’tibor  qaratildi.  Mazkur 
farmon,  unga  muvofiq  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  ayrim  qonun  hujjatlariga 
xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ulami 
jadal  rivojlantirish  yo’lidagi  to’siqlarni  bartaraf  elishga  qaratilgan  o’zgartish  va  qo’shimchalar 
kiritish  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  qonuni  so’nggi  yillarda  mazkur  sohada  qabul 
qilingan  eng  muhim  normativ  hujjatlar  bo’lib  qolmoqda.  Ushbu  qonun  hujjatlari  tadbirkorlik 
subyektlarini  davlat  ro’yxatidan  o’tkazish,  biznes  olib  borishni  tashkil  etish,  nazorat  qiluvchi, 
huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qilish bilan bog’liq mazkur 
subyektlar faoliyatining deyarli barcha jihatlariga taalluqlidir. 
Ushbu  qonun  luijjatlarining  qoidalarini  amalga  oshirish  maqsadida  prakratura  o’rganlari 
tomonidan tadbirkorlik faoliyati erkinligi k ilolnllnri to’g’risidagi qonun hujjatlarining so’zsiz ijro 
etilishi  ustidan  nazoratni  kuchaytirishga,  tadbirkorlik  subyektlarining  huquq  va  qonuniy 
ninnlaallarini  buzganlik  uchun  nazorat  qiluvchi,  huquqni  muhofaza  qiliivihi  va  vakolatli  davlat 
organlari  mansabdor  shaxslari  javobgarligining  muqarrarligini  ta’minlashga  qaratilgan  kompleks, 
tizimli chora-tadbirlar ko’rilmoqda hamda ro’yobga chiqarilmoqda. 
Shuningdek, O’z.bekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15- miiydn qubul qilingan 
farmonini ijro etish maqsadida Bosh prokuratura liuzurida fuqarolarning, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini kechayu kunduzqabul qiladigan elektron liziin yaratildi 
va  samarali  faoliyat  ko’rsatmoqda.  Murojaatlami  ko’rib  cbiqish  tezligini  ta’minlash  maqsadida 
ushbu tizimga 34 ta idora, prokuratura organlarining viloyat va tuman bo’linmalari ulandi. Har bir 
murojaatning o’z vaqtida ko’rib chiqilishi onlayn rejimda nazorat qilinmoqda. 
Bosh  prokuraturaning  murojaatlami  kechayu  kunduz  qabul  qiluvchi  iii.ii  k.izi  lashkil 
etilganidan buyon (2015-yil 1-iyul) markaz telefonlariga 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushdi. 


145 
Ular  bo’yicha  prokuror  tomonidan  tegishli  chora-tadbirlar  ko’rildi.  Hisobot  davrida  prokuratura 
organlari  tomonidan  deyarli  16  ming  nafar  tadbirkorlik  subyektining  qonuniy  huquq  va 
manfaatlarini  himoya  qilish  yuzasidan  ularga  amaliy  yordam  ko’rsatildi.  Tadbirkorlarni  himoya 
qilishga  qaratilgan  nazorat  tadbirlari  natijasida  ularning  foydasiga  13  milliard  so’m  undirish 
to’g’risida sudlarga 764  ta ariza kiritildi, 6220 nafar tadbirkoming huquqlari tiklandi. Muhokama 
chog’ida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, 
ta’lim  sohasidagi  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  ta’minlash  bo’yicha  prokuratura  organlari 
faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga doir taklif hamda tavsiyalar bildirildi. 
2016-yilning  so’nggi  choragidan  boshlab  mamlakatda  kormpsiyaga  barham  berish 
sohasida katta ishlar amalga oshirildi. 2017-yil 2-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  qonunining  qoidalarini 
amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-2752-  sonli  qarori  mamlakatda  korrupsiyaga 
barham berish va unga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qarorga asosan “Korrupsiyaga 
qarshi  kurashish  to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  qoidalarining  samarali  ijrosini 
ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-
tadbirlami  o’z  vaqtida  va  sifatli  amalga  oshirish  maqsadida  “2017-2018-yillarga  mo’ljallangan 
korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo’yicha  davlat  dasturi  tasdiqlandi,  Kormpsiyaga  qarshi  kurashish 
bo’yicha  respublika  idoralararo  komissiyasi  tashkil  etildi.  Bu  komissiyaning  asosiy  vazifalari 
sifatida quyidagilar belgilandi: 
-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi  davlat  dasturlarining  va  boshqa  dasturlarning 
ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; 
-  kormpsiyaga  qarshi  kurashish  bo’yicha  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  va  unda  ishtirok 
etuvchi organlar hamda tashkilotlaming faoliyatini muvofiqlashtirish va hamkorligini ta’minlash; 
- aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda kormpsiyaga 
nisbatan  murosasiz  munosabatni  shakllantirishga  doir  chora-tadbirlaming  ishlab  chiqilishi  hamda 
amalga oshirilishini tashkil etish; 
-  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklaming  oldini  olishga,  ulami  aniqlashga,  ularga  chek 
qo’yishga,  ularning  oqibatlarini,  shuningdek  ularga  imkon  beruvchi  sabablar  va  shart-sharoitlami 
bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash; 
- korrupsiyaning holati va tendensiyalari to’g’risidagi axborotni yiG’ish hamda tahlil etish; 
-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo’yicha  chora-tadbirlar  amalga  oshirilishi  yuzasidan 
monitoringni  amalga  oshirish,  ushbu  sohadagi  mavjud  tashkiliy-amaliy  va  huquqiy 
mexanizmlaming samaradorligini baholash; 
- korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va ushbu 
sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash; 
-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo’yicha  hududiy  idoralararo  komissiyalar  faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
Prezident qarori bilan tasdiqlangan “2017-2018-yillarga mo’ljallangan korrupsiyaga qarshi 
kurashish  bo’yicha  Davlat  dasturi“da  korrupsiyani  yo’qo’lish  va  unga  qarshi  kurashish  uchun 
quyidagi huquqiy asoslar loyihalarini ishlab chiqish topshirildi:   
1)  “Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida”gi  Qonun  qabul  qilinishi munosabati  bilan 
amaldagi qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar ishlab chiqish. 
2)  Davlat  xizmati  tizimini  yaratish  va  uning  faoliyati  asosiy  tamoyillarini,  davlat 
xizmatining kadrlar tarkibini shakllantirishga, davlat xizmatiga ishga kirishga bo’lgan talablami, uni 
o’tashni  va  yakunlashni  tartibga  soluvchi  “Davlat  xizmati  to’g’risida”gi  qonun  loyihasini  ishlab 
chiqish. 


146 
3)  Davlat  va  xususiy  tadbirkorlik  subyektlari  o’rtasida  o’zaro  manfaat  keltiruvchi 
hamkorlikning  qonuniy  asoslarini  nazarda  tutuvchi  “Davlat  va  xususiy  sheriklik  to’g’risida”gi 
qonun loyihasini ishlab chiqish. 
4) Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab 
chiqish: 
-davlat xaridlarini raqobat asosida amalga oshirishning shaffof va ochiq mexanizmi, ushbu 
sohada korrupsiyaning oldini olish choralari; 
-davlat xaridlariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish; 
-davlat  xaridlari  ishtirokchilari  uchun  shikoyat  qilishning  mustaqil  va  samarali  tizimi 
hamda tartibini yaratish; 
-elektron xaridlami yanada rivojlantirish va boshqalar. 
5)  Quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  “Huquqiy  axborotni  tarqatish  va  undan  foydalanishni 
ta’minlash to’g’risida”gi qonun ioyihasini ishlab chiqish. 
- normativ-huquqiy hujjatlami tarqatishning ta’sirchan tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini, 
shuningdek, konsepsiyalarai va ularga tushuntirish xatlarini chop etishni, qabui qilingan qonun va 
qonunosti hujjatlariga sharhlar tayyorlash va chop etish amaliyo’lini keng joriy etish; 
-  aholiga  normativ-huquqiy  hujjatlar  mazmuni  va  maqsadlarini  tushuntirish  va  ulardan 
keng xabardor qilish bo’yicha choralar; 
- Oliy Majlis palatalarining, Vazirlar Mahkamasining, boshqa davlat organlarining aholi va 
ijrochilarga qonun va qonunosti hujjatlarini yetkazish bo’yicha aniq vakolatlarini belgilash. 
6) Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati ustidan jamoat 
nazoratini  amalga  oshirish  bo’yicha  munosabatlarini  tartibga  soiuvchi  “Jamoat  nazorati 
to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 
7) Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shu jumladan 
korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklar  haqida  ma’lumot  beruvchi  shaxslaming  jismoniy  va  ijtimoiy 
himoyasining davlat tomonidan kafolatlarini nazarda tutuvchi “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat 
protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to’g’risjda”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 
8)  Quyidagilarni  nazarda  tutuvchi  “Ma’muriy  tartib-taomillar  to’g’risida”gi  qonun 
loyihasini ishlab chiqish: 
- davlat organlarining boshqaruv faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish; 
-  asosli  va  tezkor  qarorlami  qabul  qilish  yo’li  bilan  davlat  xizmatlarini  ko’rsatishning 
samarasini ta’minlash; 
-  jismoniy  va  yuridik  shaxslaming  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  amalga  oshirishning 
zamonaviy tartib-taomillarini joriy etish. 
9)  Mamlakatda  huquqiy  ta’lim  va  ma’rifatni  tubdan  yaxshilashga,  huquqiy  bilimlami 
jamiyatda targ’ib etishga qaratilgan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturining 
ioyihasini tayyorlash. 
Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016-yilning oxiridan boshlab davlat organlarining 
kormpsiyaga  qarshi  kurashining  tizimli  faoliyati  yo’lga  qo’yilishi,  uning  tashabbusi  bilan 
“Kormpsiyaga  qarshi  kurashish  to’g’risida”gi  Qonun  qabul  qilinishi,  prokuratura  va  sud  etishi; 
davlat  pul  mablag’larini  o’zlashtirish  niyatida  tijorat  tuzilmalariga  o’tkazish  uchun  o’z  xizmat 
mavqeidan foydalanish; 
-o’z  korporativ  (siyosiy,  diniy,  milliy  va  sh.k.)  guruhiga  davlat  resurslari  hisobidan 
imtiyozlar  berish;  shaxsiy  yoki  korporativ  naf  ko’rish  maqsadida  ommaviy  axborot  vositalariga 
tazyiq o’tkazish uchun o’z xizmat mavqeidan foydalanish; 
-mansabdor  shaxslar  va  davlat  xizmati  xodimlari  shaxsiy  boyish  maqsadida  tijorat 
tuzilmalarida  soxta  shaxslardan  va  qarindoshlaridan  foydalanishi;  shaxsiy  yoki  korporativ  naf 


147 
ko’rish maqsadida axborotni manipulyatsiya qilish (buzib ko’rsatish, bermaslik, berish muddatlarini 
cho’zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish; 
-tor guruhiy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlami ilgari surish; 
ayrim nomzodlaming saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.   
AQSHda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi 
juda  sodda:  jinoiy  til  biriktirish  ishtirokchilari  muayyan  narxlarda  bitim  tuzishga  og’zaki 
kelishadilar,  rasmiy  brtimni  esa  balandroq  narxlarda  imzolaydi.  Tafovutning  bir  qismi  bitimga 
ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora beriladi. Pora olishning 
bu kabi shakli so’nggi yillarda O’zbekistonda ham uchrab turibdi. 
Korrupsiya  jinoyati  nafaqat  xufyona,  balki  korrupsiyaga  doir  munosabatlarga  kirishgan 
tomonlaming o’zaro kelishuviga binoan ochiq tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda 
u  tegishli  hokimiyat  organlariga  shikoyat  berilishiga  sabab  bo’lmaydi,  chunki  g’ayriqonuniy 
kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko’radi. Hattoki, jabrlanuvchilar pora so’ragan mansabdorlar 
ustidan  ham  kamdan-kam  holda  shikoyat  qiladi.  Chunki  odamlar  korrupsiyaga  qarshi  kurash 
jarayonining samara berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba bilan 
bog’liq bo’lgan muayyan obyektiv va subyektiv sabablar mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda 
davlat  faoliyatining  mutaxassis  bo’lmagan  kishilar  tushunishi  ancha  qiyin  bo’lgan  o’ziga  xos 
turlarida  namoyon  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  korrupsiya  o’ta  moslashuvchan  jinoyatdir.  U 
vaziyatga qarab tinimsiz o’zgarib turadi va takomillashib boradi. Shu bois bu hodisa haqida to’liq, 
mukammal  yoki hech bo’lmasa qandaydir uzuq-yuluq Ma’lumotlar olish ham qiyin masalalardan 
biri hisoblanadi. 

Download 5,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   376




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish