1. Qadimgi va O’rta asrlar ijtimoiy fikrlar taraqqiyotida fuqarolik jamiyatiga doir g’oyalar
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi - kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan
tafakkurlash mahsulidir. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish
uchun, avvalo, u haqidagi g’oyalar genezisini bilishga zarurat tug’iladi. Bu ularning ijobiy
jihatlarini muayyan jamiyatga nisbatan tatbiq etish imkonini beradi.
Insoniyat taraqqiyotining barcha davrlarida fuqarolik jamiyatini qurish eng ezgu g’oya
sifatida yashadi. Unga erishish uchun turli ilurajadagi nazariy qarashlar ilgari surilgan. Bir guruh
olimlar fuqarolik jamiyatini qurish g’oyasi G’arb tamadduni mahsuli sifatida amaliyotga tatbiq
etilmoqda deb hisoblasa, boshqalari Sharq mamlakatlari mutafakkirlari ijodida bu masalaga oqilona
yondashuv uch ming yil ilgari shakllangan, degan qarashni ilgari surmoqda. Albatta, dastlab
ijtimoiy taraqqiyotning ma’lum davrlarida Sharq mamlakatlari fozil jamiyatga doir nazariyalarni
yaratishda yetakchilik qildi.
“Fuqarolik jamiyati” va uning tushunchalari dastlab Markaziy Osiyo ijtimoiy-siyosiy va
ma’naviy hayotining yorqin namunasi “Avesto” muqaddas kitobida keltirilgan. “Avesto”ning bosh
g’oyasi “ezgu fikr, ezgu maqsad, ezgu amal” ekanligi har qanday jamiyat va insonlararo
munosabatlarning ma’naviy asosi ekanligidan dalolatdir.
Avestoning “Yasna”, “Yasht”, “Visparad” va “Vendidod” qismlarida oila va jamoada
berilgan so’zdan yoki qasamdan voz kechish, odamlar o’rtasida tuzilgan ahdnomani buzish katta
gunoh ekanligi o’z ifodasini topgan. Xususan, “O Spitama, shartnomani buzuvchi kishi butun
mamlakatni buzadi, shu bilan birga, Artaga tegishli barcha mulk-u mollarga putur yetkazadi”. “O
Spitama, ahdingni buzma...” g’oyalari davlatlar siyosiy tizimining huquqiy asosi, adolat manbayi
bo’lib, ular Rim huquqidan ham qadimiyroqdir. “Avesto”dagi fuqarolik jamiyatiga xos bu unsur -
erkak va ayolning teng huquqliligi, oilaning barqarorligini ta’minlash g’oyasi hozirgi davrda ham
o’z ahamiyatini yo’qo’lgani yo’q.
Fuqarolik jamiyati konsepsiyasining yevropacha an’anasi ildizlari antik davrdan
oziqlanadi. Mazkur an’ananing mazmun-mohiyati nafaqat siyosiy, balki shaxsni ijtimoiy-axloqiy
nuqtayi nazardan baholash bilan bog’liq edi. Bunga misol tariqasida Platon, Aristotel, Sitseron kabi
mutafakkirlaming qarashlarini keltirish mumkin.
Fuqarolik jamiyati unsurlariga oid antik konseptual ta’limotda jamiyat va davlat
fenomenlarining o’zaro uzviyligi qadimgi yunon falsafasining muhim xususiyatlaridan biri
hisoblanadi. Xususan, Platonning (mil. av. 427-347-yy.) “Davlat” asarida fuqarolarning shaxsiy va
ijtimoiy hayotini bir-biridan ajratib qarashning o’zi emas, balki ijtimoiy sohani hozirgidek
zamonaviy talqinda, siyosiy faollik sifatida talqin etilgan. Bunda jamiyat hayotining siyosiy jihatlari
fuqarolik jamiyati tizimining umumiy tavsifi sifatida talqin etiladi.
Fuqarolik jamiyati unsurlariga doir g’oyalaming keyingi rivoji Platonning shogirdi
Do'stlaringiz bilan baham: |