Abu Ali ibn Sino (980-1037-yy.) fikricha, ijtimoiy munosabatlar odamlar o’rtasidagi
tafovut va tengliksizlik natijasidir. Xususan, Ibn Sino “iqtisodiy va ijtimoiy hamda shaxsiy
xususiyatlarga ko’ra tengsizlik inson ijtimoiy faolligi sababi hisoblanadi”, deb ta’kidlaydi. Ideal
davlat qurish esa jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy ravnaqi bilan bog’liqdir. Uning fikricha,
ma’naviy, axloqiy qadriyatlaming yuksak qadrlanishi nafaqat har tomonlama farovonlikni, balki
jamiyatda adolat va barqarorlikni ham ta’minlaydi.
Bu davrda Sharqda ijtimoiy adolat, ma’rifat va tenglik nafaqat nazariy me’yor, balki
amaliy hayot me’yori, ijtimoiy-siyosiy muammolar yechimini topish va jamoa bo’lib yashashning
asosi sifatida tushunildi fozil jamiyatni (fuqarolik jamiyatining ilk loyihasini) shakllantirishning
ma’rifatli yo’li tanlangan bo’lsa, Yevropa ijtimoiy-siyosiy tafakkurida esa xristianlik dogmatikasi
hukmronlik qilib, jamiyatni diniy va dunyoviy manfaatlar o’rtasida kurashlar tufayli “diniy” taiimot
asosida namoyon bo’ldi.
Mutafakkir Yusuf Xos Hojib o’zining “Qutadg’u bilig” dostonida davlatni boshqarish
amallari, qoidalari va siyosiy-axloqiy munosabatlarini jamiyatda qaror toptirishga e’tibor qaratdi. U
davlat boshqaruvi va xizmatini tashkil etish turlarini hamda uning turli darajalarga muvofiq
sifatlarini tasniflaydi. Jumladan, “Shohlikka da’vogarlar onadan ajib bir iste’dod bilan tug’iladilar
va ular darhol yaxshi-yomonni ajratish fitratiga ega boladilar. Bundaylarga Xudo idrok, farosat va
yumshoq bir ko’ngil ato etadi, qolaversa, yaxshi ish yuritish uquvi bilan ham siylaydi”, deb
ta’kidlaydi.
Adolatli davlat boshqaruvi, uning mukammal nazariy asoslarini yaratish borasida ulkan
ilmiy meros qoldirgan o’rta asrlar mutafakkiri, davlat arbobi Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
asari muhim manba hisoblanadi. U mansabdorlami axloqiy fazilatlariga qarab tanlash, adolat va
insofhi oyoqosti qiladigan kishilami davlat ishlariga arulashtirmaslikni, davlatni boshqarishni
kengash bilan olib borish, boshqaruv faoliyatlarini muntazam nazorat qilish, itoat, ijro va uning
sil’ati to’g’risidagi qarashlari hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini yo’qo’lgani yo’q. Ayniqsa,
Nizomulmulkning “ko’pchilik bo’lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo’ladi va shunday yo’l
tutish kerak” degan fikri ajdodlarimizning davlat qurilishining adolatli tartibotlariga katta e’tibor
berganligidan dalolatdir.
Ijtimoiy siyosiy taraqqiyotning ma’naviy asoslarini o’rganishda O’rta Osiyoda kelgan
tasavvuf ta’limotining ahamiyati ham alohida muhim o’rin tutadi. Tasavvuf garchi islom bag’rida
ildiz otib, Qur’on va hadislar hikmatidan oziqlangan, ko’p hollarda, shariat ahkomiga suyangan
bo’lsa-da, u rasmiy diniy aqidaparastlik va mutaasiblikka hamda hokim tabaqalaniing aysh-u
ishratlarga g’arq bo’lgan turmush tarzi, talonchilik va manfaatparastlikka zid o’laroq, mehnatkash
xalq noroziligini ifodaladi. Tasavvuf ta’limoti asosida adolat, haqiqat, to’g’rilik, mehr-shafqat,
54
insof, iymon, e’tiqod, ilm, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlami targ’ib
qiluvchi futuvvatga asoslangan bir qancha diniy, siyosiy oqimlar paydo bo’ldi. Ular jamiyatning
axloqsiz unsurlariga g’oyaviy kuch sifatida qarshi qo’yildi.
Ijtimoiy-siyosiy tafakkur rivoji va huquqiy davlat va adoiatli jamiyatining asosiy sharti -
qonun ustuvorligi tamoyilini amaliyotda qo’llash tajribasini Sharqning buyuk davlat arbobi va
sarkardasi Amir Temurning (1336-1405-yy.) boy ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy merosi misolida
ko’rish mumkin. Uning tuzuklarida davlat tizimi, uni idora qilish uslublari va vositalari, undagi turli
lavozim-vazifalar darajasi, tabaqalaniing toifalanishi, harbiy qo’shinlaming tashkil etilishi, jang olib
borish mahoratlari, davlat xizmatchilari rag’batini tashkil etish omillari, adolatli soliq turlarining
joriy etilishi, mamlakatni obodonlashtirish tadbirlari milliy davlatchilikning yuksak madaniy va
huquqiy darajada shakllantirishga erishganligidan dalolat beradi. “Har mamlakatning yaxshi
kishilariga men ham yaxshilik qildim, nafsi yomonlar, buzuqlar va axloqsiz odamlami
mamlakatimdan quvib chiqardim. Pastkash va razil odamlarga o’zlariga loyiq ishlar topshirdim
hamda hadlaridan oshishlariga yoi qo’ymadim. Ulugiami va sharaf-e’tiborli kishilami hurmatlab,
martabalarini oshirdim. Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulm-u sitam yoiini to’sdim”.
Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining unsurlaridan biri bu jamiyat hayotiyligini va
samaradorligini ta’minlovchi kuch - qonun ustuvorligidir. Shu jihatdan, Sohibqiron Amir
Temuming quyidagi so’zlari hozirgi zamon bilan hamnafasdir: “Tajriba, - deb yozadi u, - menga
shuni ko’rsatdiki, din va qonunga tayanmagan hukumat, o’zining buyuk qudratini uzoq vaqt saqlab
tura olmaydi. Uni har qanday yovuz kishi kirishi mumkin bo’lgan na tomi, na eshigi, na derazalari
bor uyga o’xshatish mumkin. Shuning uchun men o’z saltanatimni islom arkonlari va boshqaruvda
o’zim qat’iy amal qiluvchi qonunlar asosiga qurdim”.
Shu nuqtayi nazardan, muvaffaqiyatli boshqaruv qonuniyatiga ko’ra, Amir Temur
rahbaming adolatga tayanib ish ko’rishini talab etgan. Uning fikricha, “Rahbar uchun barcha
ishlarda adolatga amal qilishi kerak: u sotilmaydigan va fazilat egasi bo’lgan odamni vazirlikka
tayinlashi lozim, chunki adolatli vazirning o’zi mahdud-rahbar qilgan adolatsizliklami to’g’rilashi
mumkin, ammo vazirning o’zi shunday bo’lsa, halokat yaqindir”. Sohibqiron fikricha, davlat
boshqaruvida yana bir muhim qonuniyat - qonun ustuvorligidir: “Qat’iy tartib va qonunlarga amal
qilishim baxt-saodatim kaliti bo’ldi”. U asosiy qonunlar sifatida diniy ahkomlami va ular asosida
yozilgan fikrlami bildi. Ko’rinib turibdiki, Amir Temur adolatli va fozil boshqaruvga asoslangan
jamiyat qurishga muhim e’tibor bergan.
Komil insonlar yashaydigan jamiyat haqidagi g’oyalar Alisher Navoiyning (1441-1501-
yy.) siyosiy va adabiy faoliyati asosi bo’ldi. Navoiy ideal ijtimoiy-iqtisodiy tuzum haqidagi
qarashlarini o’zining “Saddi Iskandariy”, “Mahbub ul-qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo”
(“Payg’ambarlar va dononishmandlar tarixi” va boshqa asarlarida talqin etdi. Ijtimoiy-iqtisodiy
tuzum muammolari faqat adolatli hukmdor boshqarayotgan va qonun ustuvor bo’lgan mamlakatda
o’z yechimini topishi mumkin. Shunday qilib, Navoiy fikricha, adolat va qonun ijtimoiy
taraqqiyotning asosi hisoblanadi. Uning konsepsiyasida hukmdor shaxsi alohida ahamiyat kasb
etadi. Fazilatli va ideal shaxs haqida mulohaza yuritar ekan, Navoiy o’ziga xos insonparvarlik
nazariyasini yaratdi. Bu nazariyada mutafakkir, bir tomondan, hukmdor va bog’bonni, boshqa
tomondan, davlat va bog’ni bir-biriga solishtiradi. Unga ko’ra, agar bog’bon aqlli va mehnatsevar
bo’lsa, uning bog’i gullab-yashnaydi. Xuddi shu tariqa agar mamlakatning aqlli, dono, adolatli,
xalqi uchun qayg’uradigan va uni sevadigan hukmdori bo’lsa, u rivojlanadi va farovonlashadi.
Navoiy nazariyotchi va amaliyotchi sifatida davlat siyosatining adolatli asoslari va uning
ma’naviy mezonlarini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Ayniqsa, uning adolatsizlik va zulm
davlatni tanazzulga, jamiyatni jaholatga olib kelishi to’g’risidagi qarashlari g’oyatda ahamiyatlidir:
“...davlat ishi bilan mashg’ul bo’lgan mansabdorlik chog’larimda ko’ngil mulkini turli odamlaming
hujumi bulg’aladi. Goh amirlik o’rnida o’tirdim va hukumat mahkamasida xalqning arz-dodini
55
so’rdim va goh podshoh yonida vazirlik qildim va menga umidvor nazar bilan qarab turgan elga
mumvvat ko’rsatdim”, deb yozadi. Adolatli jamiyat shakllanishining asosiy omili sifatida Navoiy
insoniy fazilatlar - adolatlilik, rahmdillik, mehnatsevarlik, rostgo’ylik, vatanparvarlik, vijdonlilik,
insonparvarlik vajasorat kabilami namuna sifatidakeltiradi.
Antik davr va o’rta asr Sharq allomalarining fuqarolik jamiyatiga oid konseptual-nazariy
merosi va nazariy ishlanmalari hozirgi davrga qadar o’z ahamiyatini yo’qo’tmagan. Ular qoldirgan
ilmiy meros fuqarolik jamiyati tamoyillarining rivojlanishi, insoniy birlik sifatida jamiyat tarixiy
taraqqiyotining muhim omillari sifatida hozirgi fuqarolik jamiyati qurish g’oyalarini to’ldirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |