2-asosiy savol:
Ibtidoiy to’da jamoasida mehnat, jinsiy munosabatlar
Maqsad:
Ibtidoiy to’da jamoasida mehnatning rolini tushuntirish, jinsiy
munosabatlarni ta’riflab berish, ibtidoiy oila tushunchasini izohlab berish.
IDENTIV O’QUV MAQSADLARI:
2.1. Ibtidoiy to’dada mehnat va uning o’rnini tushuntiradi.
2.2. Ibtidoiy to’dadagi jinsiy munosabatlarni izohlaydi.
2.3. Qon-qarindoshlik oila haqida tushunchaga ega bo’ladi.
Insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi mehnat tufayli
bo’lganligi ma’lumdir. Mehnat o’zidan o’zi insonning tabiatga jamoa tarzida
ta’sir etish formasi bo’lgan. Hatto eng oddiy mehnat turlariga o’tish faqat
jamoada bo’lishi mumkin edi, ya’ni xulq-atvorning ijtimoiy formalari
sharoitlarida mumkin edi.
SHuning uchun ham ibtidoiy jamoa tarixi va
antropogenezning ilk bosqichlarida oziq-ovqatni topish va taqsimlashda
hayvoniy egaizmni bostirish kelib chiqa boshlagan. Bu jarayon tabiiyki, aynan
o’zaro yordam va aloqalar mustahkam bo’lgan jamoalarning boshqa to’da va
tabiiy ofatlarga qarshi tura olishga va yashab kelishga imkon bergan.
Hayvoniy egaizmni yo’q qilish ayniqsa muste davrida yaqqol namoyon
bo’ladi.
Ibtidoiy to’dadagi tabiiy va ijtimoiy jihatlar kurashining asosiy yo’llaridan
biri jinsiy munosabatlar bo’lgan. Bu sohada hayvoniy instinktlar ayniqsa kuchli
namoyon bo’lib, rivojlanib borayotgan jamiyat tomonidan qattiq ta’sirga
uchragan. Ma’lumki, hozirgi davrda primatlarning ayrim turlari, masalan
shimpanze maymunlari, to’da bo’lib yashab, unda ayrimlari juft oila bo’lib
yashasa, boshqa birlarida bitta katta erkak jinsidagi maymun qolib bir nechta
urg’ochi jinsidagi maymunlar bo’ladi. Ibtidoiy to’dadagi jinsiy munosabatlar
ham ushbu munosabatlarga o’xshash bo’lgandir. Urg’ochilar uchun ko’plab
janjallar kelib chiqadi. SHuning uchun ham ayrim olimlarning fikricha, ibtidoiy
jamoa faqatgina unda zoolik oilalarni birlashtirgan va katta yoshdagi
erkaklarni o’zaro bir birini chidagan holdagina, ya’ni tartibsiz jinsiy
munosabatlarning o’rnatilishi yoki promiskuitetning o’rnatilishi sharoitida
paydo bo’lishi mumkin bo’lgan. Hozirgi kunda ham ayrim qoloq qabilalarda
promiskuitet bayramlari nishonlanib keladi.
Biroq, boshqa fikrga ko’ra, ibtidoiy to’da hayvonlardan haramlik oilaviy
munosabatlarni merosga olgan bo’lib, jinsiy hayot reglamentlashtirilgan edi.
SHunday bo’lsa, ibtidoiy to’da bir necha haram birlashmalaridan iborat
bo’lganini, ularning o’z boshliqlari (eng kuchli erkaklari) o’lgani tuyfayli,
yoki ayollar uchun janjallar tufayli qayta guruhlarga taqsimlanishini tan
olshimiz kerak.
L.G.Morgan o’zining "Qadimgi jamiyat" degan asarida nikoh-oila
munosabatlarining eng qadimgi formasi qon-qarindloshlik Oilasi bo’lgan.
Morganning ta’kidlashicha, qon-qarindoshlik oilada nikoh birligi faqat bir
avlod kishilarini - ya’ni barcha qarindoshlarni, opa-akalar, ularning ota-onalari
avlodlari, ularning bobo-momolari avlodlarini o’zida mujassam etgan. Turli
avlodlar o’rtasida nikoh munosabatlari ta’qiqlangan.
Hozirgi kunda deyarli hamma tadqiqotchilar Morgan gipotezasini xato
deb tan oldilar va bu muammo hozirgi kunda ham dolzarb bo’lib turmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |