154
usulning mohiyati yarim o׳tkazuvchan membranalar orqali modda o׳tkazish jarayonini tashkil etishdan
iborat.
Hozirgi paytda membranali usul turli maqsadlar uchun ishlatilmoqda:
1) kimyo va neft kimyosi sanoatida-azeotrop aralashmalarni ajratish, eritmalarni tozalash va
quyiqlashtirish, eritmalardagi tarkibida kichik molekulali komponentlarni ushlagan yuqori molekulali
birikmalarni tozalash yoki ajratib olish va hokazo;
2) biotexnologiya va tibbiyot sanoatida-biologik faol moddalar, voksinalar, fermentlar va shu kabi
boshqa birikmalarni ajratish va tozalash;
3) oziq-ovqat sanoatida meva va sabzavot sharbatlari, sutni quyuqlashtirish, yuqori sifatli qandni olish
va hokazo.
Membranali jarayonlar, ayniqsa suv va suvli eritmalarni qayta ishlash hamda oqava suvlarni tozalashda
keng qo׳llanilmoqda.
Keyingi yillari membranali jarayonlar gaz aralashmalarini ajratishda ham ishlatilmoqda. Masalan,
havodan kislorodni ajratib olish, kislorod bilan to׳yingan havoni olish, tabiiy gazdan geliy va
SO
2
ni
ajratib olish kabi jarayonlarga membranali usulni qo׳llash yaxshi samara bermoqda.
Sanoatning turli sohalarida qo׳llanilayotgan ajratishning membranali usullari quyidagi turlarga bo׳linadi:
teskari osmos, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash, dializ, elektrodializ, membrana orqali bug`latish,
membranali distillash, elektroosmofiltrlash, membrana yordamida gazlarni ajratish. Ushbu
jarayonlarning barchasida ajralayotgan aralashma yarim o׳tkazuvchan membrana bilan kontaktda
bo׳ladi.
Harakatlantiruvchi kuchning turiga ko׳ra membranali jarayonlar quyidagicha sinflanadi:
1) harakatlantiruvchi kuch sifatida bosim gradienti ishlatilganda
baro-membranali jarayonlar (teskari
osmos, manofiltrlash, ultrafiltrlash, mikrofiltrlash);
2) harakatlantiruvchi kuch sifatida konsentratsiya gradienti qabul
qilinganda. Diffuzion-membranali
jarayonlar (dializ, membrana orqali bug`lanish, membrana yordamida gazlarni ajratish va boshqalar);
3) harakatlantiruvchi kuch sifatida elektr potensiali qo׳llanilganda
elektromembranali jarayonlar
(elektrodializ, elektroosmos va boshqalar);
4) harakatlantiruvchi kuch — harorat gradienti bo׳lsa
termo-membranali jarayonlar (membranali
distillash va boshqalar).
Ba’zi bir membranali jarayonlarda ikki yoki uch xil harakatlantiruvchi kuchlar birga bo׳lishi mumkin.
Membaranadan o׳tgan mahsulot
permeat deb ataladi, ajralayotgan aralashmaning membrana oldida
qolgan qismi
retant (ayrim paytlarda konsentrat) deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: