Microsoft Word àñîñèéòåõ10. doc



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/206
Sana18.08.2021
Hajmi2,15 Mb.
#150277
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206
Bog'liq
ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA QURILMALAR

Eritmalar tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchilar yordamida 
ajratib olish jarayoni suyuqliklarni ekstraksiyalash deb yuritiladi.
 Suyuq aralashma bilan erituvchi 
o׳zaro aralashtirilganda erituvchida faqat tanlangan komponentlar yaxshi eriydi, qolgan komponentlar 
esa juda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi. 
Ekstraksiyalash jarayoni ham rektifikatsiyalash kabi suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qo׳llaniladi. 
Bu usullarning qaysi birini tanlash aralashmalar tarkibidagi moddalarning xossalariga bog`liq. 
Rektifikatsiyalash jarayoni odatda issiqlik ta’sirida boradi. ekstraksiyalashni amalga oshirish uchun 
issiqlik talab etilmaydi. Rektifikatsiyalash aralashma komponentlarining har xil uchuvchanliklariga 
asoslanadi. Agar aralashma komponentlarining qaynash haroratlari bir-biriga yaqin yoki ular yuqori 
haroratlarga beqaror bo׳lsa, bunday hollarda ekstraksiyalash jarayoni qo׳llaniladi. 
Dastlabki eritma va erituvchi o׳zaro ta’sir ettirilganda ikkita faza (ekstrakt va rafinat) hosil bo׳ladi. 
Ajratib olingan moddaning erituvchidagi eritmasi ekstrakt, dastlabki eritmaning qoldig`i esa rafinat deb 
yuritiladi. Rafinat tarkibida biroz miqdorda erituvchi ham bo׳ladi. Olingan ikkita suyuqlik fazasi 
(ekstrakt va rafinat) bir-biridan tindirish, sentrifugalash yoki boshqa mexanik usullar yordamida 
ajratiladi. So׳ngra ekstrakt tarkibidan tegishli mahsulot ajratib olinadi, rafinatdan esa erituvchi 
regenerasiya qilinadi. 
Suyuqliklarni ekstraksiyalash boshqa usullar (rektifikatsiyalash, bug`latish va hokazo) ga nisbatan 
birmuncha afzalliklarga ega: jarayon past haroratda olib boriladi; eritmaning bug`lanishi uchun issiqlik 
talab qilinmaydi; tanlab ta’sir qilish xususiyatiga ega bo׳lgan istalgan erituvchini ishlatish imkoni bor. 
Bu usul ham kamchiliklardan xoli emas; qo׳shimcha komponent (erituvchi)ni ishlatish va uni 
regenerasiya qilishni tashkil etish qurilmalar sxemasini murakkablashtiradi va ekstraksiyalash jarayonini 
qimmatlashtiradi. 
Suyuqlik-suyuqlik sistemalarini ekstraksiyalash jarayonlari kimyo, neftni qayta ishlash, neft kimyosi, 
rangli metallar metallurgiyasi va sanoatning boshqa tarmoqlarida keng qo׳llaniladi. Bu jarayonlar turli 
organik va neft kimyoviy sintez mahsulotlarini toza holda ajratib olish, nodir va kam tarqalgan 
elementlarni olish va ularni ajratish, chiqindi suvlarini tozalash va shu kabi boshqa bir qator ishlarni 
amalga oshirish uchun ishlatiladi. 
Ayrim sharoitlarda ekstraksiyalash jarayoni rektifikatsiyalash bilan birgalikda olib boriladi. Suyuqlik 
aralashmasi rektifikatsiyalashdan oldin birlamchi ekstraksiyalash yo׳li bilan qisman ajratilsa, 
rektifikatsiyalash uchun issiqlik xarajatlari ancha kamayadi. 
Suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun ishlatiladigan qurilmalar ekstraktorlar deb ataladi.
 
Suyuqlik aralashmasidan kerakli komponentni ajratib oladigan modda erituvchi yoki ekstragent deb 
ataladi. erituvchilarga bir qator talablar qo׳yiladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: 
1) Kerakli komponentga nisbatan tanlab ta’sir qilish hususiyatiga ega bo׳lishlik; 
2) Erituvchining kerakli komponentni o׳zida eritib, yutib olish qobiliyati; 
3) Erituvchi tarkibidan yutilgan komponentni engil ajratib olish ya’ni ekstraksiyalash imkoniyati borligi; 
4) Fazalarning qatlamlarga oson ajralishi; 
5) Erituvchi bilan ishlash xavfsiz bo׳lishligi; 
6) Saqlash va ish davomida (ekstraksiyalash va ekstraksiyalash) parchalanib ketmasligi; 
7) Narxi arzon bo׳lishi; 
8) Oson topiladigan, ya’ni kamyob bo׳lmasligi; 
9) Erituvchining zichligi ekstraksiyalanishi lozim bo׳lgan suyuqlik zichligidan kam bo׳lishi maqsadga 
muvofiq. Sanoatda ishlatiladigan erituvchilar uch guruhga bo׳linadi: 
1) Organik kislotalar yoki ularning tuzlari (alifatik monokarbon kislotalari, naften kislotalari, 
sulfokislotalar, fenollar va hokazo); 


 
122
 
2) Organik asoslarning tuzlari (birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aminlarning tuzlari va hokazo); 
3) Neytral erituvchilar (suv, spirtlar, oddiy va murakkab efirlar, aldegidlar va ketonlar). 
Suyuqliklarni ekstraksiyalashni o׳rganishda tarqalish koeffitsienti va ajratish omili tushunchalaridan 
foydalaniladi. ekstrakt tarkibidagi kerakli komponentning muvozanat holatdagi konsentratsiyasini 
ushbu komponentning rafinatdagi muvozanat konsentratsiyasiga nisbati tarqalish koeffitsienti deb 
ataladi:                  
   
x
y
m
*
=
                                                                
(28.1) 
bu yerda, y* — tarqalayotgan komponentning ekstraktdagi muvozanat ulushi; x — tarqalayotgan 
komponentning rafinatdagi muvozanat ulushi. 
Tarqalish koeffitsientining qiymatiga ko׳ra erituvchining ekstraksiya qilish qobiliyatini aniqlash 
mumkin: m ning qiymati qancha katta bo׳lsa, bunday erituvchining suyuqlik aralashmasidan kerakli 
komponentni ajratib olish qobiliyati shuncha yuqori bo׳ladi. ekstraksiya sistemalarida ning qiymati 1 
dan 10000 gacha o׳zgaradi. 
Erituvchining ajratish qobiliyatini baholash uchun quyidagi nisbatdan foydalaniladi: 
                            
β
=
=
=
=
2
1
2
1
1
2
2
1
2
2
1
1
2
1
:
x
x
y
y
x
y
x
y
x
y
x
y
m
m
                                        (28.2) 
bu yerda m
1
 -
 aralashmadagi birinchi komponentning tarqalish koeffitsienti; m
2
 
- aralashmadagi ikkinchi 
komponentning tarqalish koeffitsienti. 
Ushbu kattalik 
β
 ekstraksiyalashdagi ajratish koeffitsienti yoki omili deb ataladi.
 
β
 ajralayotgan 
komponentlarning ekstraktdagi muvozanat konsentratsiyasilari rafinatdagi muvozanat 
konsentratsiyasilaridan necha marta kattaligini bildiradi. Haqiqiy sharoitlarda 
β
 ning qiymati 2 dan 
kam bo׳lmasligi maqsadga muvofiq bo׳ladi. 

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish