savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va
xizmatlarni qamrab oladi.
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat boʻyicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini
boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari oʻzaro farq qilinadi. Korxona darajasida
asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investisiya siyosati
narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va shunga oʻxshash faoliyat
koʻrsatadi.
Marketingni qoʻllash sohalari va obyektlariga muvofik quyidagi holatlarga koʻra guruhlash
mumkin:
1. Ichki marketing;
2. Tovarlar buyicha marketing;
3. Eksport marketingi;
4. Import marketingi;
5. Ilmiy texnik marketing;
6. Toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ (investisiya) kiritish marketingi;
7. Xalkaro marketing;
8. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing;
9. Ijtimoiy gʻoyalar marketingi;
1. Ichki marketing qoidaga koʻra bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masalalari
bilan bogʻliq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yukori natijalarga erishgandan
keyin esa, yaʻni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
2. Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar boʻyicha marketing) samarali sotishni tadqiq
qilish va tovarlar va xizmatlar turlari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini taʻminlashni
koʻzda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, isteʻmol tovarlari va xizmatlar marketingi
ishlab chiqilgan.
3. Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini quyidagicha tadqiq qilish, firma
mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni koʻzda tutadi.
4. Import marketingi yukori samarali xaridorlarni taʻminlash uchun bozor tadqiqotlarining
alohida shakllarini koʻzda tutadi.
5. Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari: patentlar va lisenziyalarni
sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-texnika taraqqiyoti yoʻnalishlarini
oʻrganish, tegishli tomonlar patent huquqlari masalalari va boshqalar bilan bogʻliq.
6. Toʻgʻridan-toʻgʻri marketing kiritish marketingi oʻz ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish,
yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va har
taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini
hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini oʻz ichiga oladi.
7. Xalqaro marketing, tashqi iqtisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni
xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni koʻzda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining
juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan koʻp sonli mamlakatlar hududlarini qamrab oluvchi transmilliy
kompaniyalarga javob beradi.
8. Notijorat faoliyati sohasidagi marketing asosan alohida tashkilot yoki alohida shaxsga
nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bogʻliq.
9. Ijtimoiy marketingni qoʻllashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani
rejalashtirish, qariyalar va kasallarga eʻtiborni jalb kilish ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya
qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: