Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

3.  Axborot yigʻish usullari. 
 
Birlamchi axborotni olish uchun marketing tadqiqotlarini oʻtkazishning toʻrtta uslubi mavjud: 
kuzatish, sinash, fokuslash va soʻrov. 
  Kuzatish  marketing  tadqiqotlarining  eng  koʻp  tarqalgan  usullaridan  hisoblanadi.  Kuzatish 
bevosita yoki yashirin, strukturalashtirilgan yoki strukturalashtirilmagan turlariga boʻlinadi. 
Bevosita  kuzatishga  xaridorning  doʻkonda  biron-bir  tovarni  sotib  olishdagi  xatti-harakatini 
sotuvchilar tomonidan oʻrganish kiradi. Bilvosita kuzatuv deganda esa, xatti-harakatning oʻzi emas, 
balki maʻlum bir hatti-harakatning natijasi oʻrganiladi. Masalan, axlat tashlanadigan  yashiklarning 
ichidagi axlatlarning turiga qarab (butilkalar, bankalar va hokazolar) qaysi firma yoki ishlab chiqarish 
korxonasi atrof-muhitni ifloslantirayotganligi haqida xulosa qilish mumkin. 
  Kuzatishning ochiq usulida odamlar ularni kuzatib turganligini biladilar, yashirin turida esa 
bilmaydilar. 
  Sinov - oldindan “holatni yaratish asosida olingan natijalarni oʻlchash bilan biror jarayonni 
amalga  oshirishdir”.  Bu  uslub  asosan  sabab-natijaviy  aloqalarni  oʻrganishda  ishlatiladi.  Masalan, 
tovarlarni har xil oʻramlarda taklif etishga xaridorlarning munosabatini oʻlchash, yoinki xususiyati 
oʻzgartirilgan  tovarlarning  anaʻnaviy  tovarlarga  nisbatan  sotilish  miqdorini  baholash  va  hokazo. 
Sinovning  asosiy  kamchiligi  unga  ketadigan  xarajatlarning  yuqoriligi,  sharoitning  sunʻiyligi  va 
marketing rejasiga taʻsir koʻrsatadigan hamma omillarni hisobga olishning imkoniyati yoʻqligidadir. 
  Fokus-guruh  -  oʻrganiladigan  muammoni  atroflicha  maxsus  tanlangan  respondentlar 
tomonidan  muhokama  qilish  va  shu  asosda  qarorlar  qabul  qilish  tushuniladi.  Koʻpchilik  hollarda 
fokus guruhining optimal soni 8-12 kishidan iborat boʻladi. Fokus-guruhni shaklllantirishda ularning 
ish  faoliyati,  yoki  oilaviy  ahvollari  bir  xil  boʻlishiga  eʻtibor  qaratilishi  maqsadga  muvofiqdir. 
Ikkinchidan,  guruh  qatnashchilarini  tanlashda  marketing  tadqiqotlarini  oʻtkazishdan  maqsad  nima 
ekanligini hisobga olish ham zarur hisoblanadi. Fokus-guruhning yutugʻi koʻp tomonlama bu guruhni 
boshqaruvchisining  bilimiga  va  samarali  faoliyatiga  ham  koʻp  darajada  bogʻliq  boʻladi.  Fokus-
guruhning afzalligi unda ishtirok etuvchilarning oʻz fikr va mulohazalarini erkin bayon qila olishi, 
muzokaralarda  buyurtmachining  ham  ishtirok  etishiga  sharoit  mavjudligi  va  bu  usulni  turli 
yoʻnalishlarda qoʻllash mumkinligidadir. 
  Soʻrov  marketing  tadqiqotlarini  oʻtkazishning  universal  usullaridan  biri  boʻlib,  bunda 
axborotlar  yetarli  darajada  koʻp  sonli  respondentlar  guruhining  bevosita  fikri  asosida  toʻplanadi. 
Soʻrovlar  ogʻzaki,  pochta  orqali  savol-javob  qilish,  telefon  orqali  soʻrovlar  tarzida  oʻtkazilishi 
mumkin. 
  Ogʻzaki soʻrovlar boshqa soʻrov turlariga qaraganda birmuncha ustunlikka ega, chunki ular 
shaxsiy  muloqotga  asoslanadi.  Firmalar  va  korxonalar  insonlarning  bilimi,  dunyoqarashi, 
isteʻmolchilarning  qanday  talablari  mavjudligi,  koʻrsatilayotgan  xizmatlardan  qoniqish  darajasi  va 
boshqa masalalarni bilish uchun soʻrovlar oʻtkazadilar. 
  Soʻrovlarni oʻtkazishda soʻrov varaqalarini ishlab chiqish eng qiyin va masʻuliyatli jarayon 
hisoblanadi.  Soʻrov  varaqalaridagi  savollarni  tuzishda  savollarning  axborotning  eng  muhim 
jihatlarini  aks  ettirishiga,  savollarda  ularga  javob  berishning  prinsipial  imkoniyati  boʻlishligiga, 
savollarning  shakli  soʻraluvchilarda  javob  bermaslik  ishtiyoqini  uygʻotmaslikka,  savollarning 
mazmuni soʻraluvchilarning tayyorgarligi, maʻlumoti, bilimlarining hajmiga mos kelishiga alohida 
eʻtibor qaratilishi lozim. 
  Pochta orqali savol-javob oʻtkazish esa axborotni olishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. 
Bu usul bilan axborot olishning kamchiligi shundan iboratki, birinchidan, yuborilgan anketalarning 


qaytarilish darajasi juda past boʻlsa (taxminan 10-15 %), ikkinchidan, anketa javoblarini olish koʻp 
vaqt talab etadi. 
  Soʻrov  oʻtkazishning  eng  tezkor  va  arzon  usullaridan  yana  biri  yuqorida  qayd  etib 
oʻtganimizdek, telefon orqali intervyular olish hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, berilgan 
savollarga  80-90  foiz  javob  olish  mumkin  boʻladi.  Bu  usulning  kamchiligi  esa,  savollar  sonining 
boshqa usullardagiga nisbatan cheklanganligidir. 
  Shunday qilib, marketing tadqiqotlari davomida olingan axborotlar matematik-statistik yoʻl 
bilan tahlil qilinib, xulosalar shakllanadi va shu asosda manfaatdor shaxslarga tavsiyalar beriladi. 
  Anketa soʻrovlarining yakuniy bosqichi boʻlib soʻrov natijalari boʻyicha hisobotni tuzish va 
takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi. Odatda, hisobot uch boʻlimdan tashkil topgan boʻladi: kirish, 
soʻrov natijalari, xulosalar va takliflar. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish