Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Bozor t(g‘risida                                                  Talabni bashorat



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

      Bozor t(g‘risida                                                  Talabni bashorat 
         ma’lumotlar                                               qilish va (rganish 
 
 
 
 
       Ishlab chiqarish va 
 
             
Ehtiyojni 
    savdo-sotiq dasturini 
 
                     qondirish (talabni) 
 
     tayyorlash 
 
1-chizma. “Tadbirkor-iste’molchi” bozori munosabatlarida 
marketingning (rni. 
 
Bu chizma ma’lumotlarida ko‘rsatilganidek, marketing bozor to‘g‘risida ma’lumotlar berish, 
ishlab  chiqarish  dasturini  tayyorlash  va  talabni  bashorat  qilish  orqali  tadbirkorga  iste’molchilar 
talabini qondirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. 
 
Marketingni vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari. 
 
Dunyo  amaliyotida  marketing  birdaniga  paydo  bo‘lgan  emas.  Bu  –  ishlab  chiqarish  va  sotishning 
maqsadi,  vazifalari  va  rivojlanish  uslublariga  menedjerlarning  ko‘p  yillik  evolyutsion  qarashlari 
natijasidir.  Masalan,  qadim-qadim  zamonlarda  etikdo‘z  ustaxonasining  peshtog‘iga  bir  juft 
ta’mirlangan  etikni  osib  qo‘yib,  marketing  atamasi  va  marketing  konsepsiyasi  keyinchalik  paydo 
bo‘lganligiga qaramasdan, bozorga tovar siljitishning ayrim usullaridan foydalangan. 
Mashhur  iqtisodchi  Adam  Smit  XVIII  asrning  ikkinchi  yarimidayoq  o‘zining  «Jamiyat  boyligi» 
nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste’molchining talabini qondirishdan boshqa qayg‘usi yo‘qdir 
- deb yozgan edi. 
 


Marketing tadqiqotlari AQShda boshlanib o‘tgan asrning 80-yilaridan boshlangan. Avvalo marketing 
u yoki bu mahsulotga bo‘lgan talabni o‘rganishdan boshlangan. Keyinchalik marketing tadqiqotlari 
qanday mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalariga bag‘ishlandi. 
XX asrning 50-yillaridan marketing fani oliy bilimgohlarda o‘qitila boshlandi. Marketing sohasida 
mutaxassislarga bo‘lgan talab ham shu yillardan oshib bordi. 
Oliy  bilimgohlarda  marketing  mutaxassislarini  tayyorlash  boshlandi.  50-yillarning  o‘rtalaridan 
boshlab marketing tadqiqotlari iste’molchilarni o‘rganish, ularning bozorlardagi xatti harakatlarini 
tahlil  qilish,  tovar  oborotining  hajmini  tahlil  qilish,  reklama  faoliyatini  tadqiq  qilish,  tovarlarning 
bozordagi harakatining eng samarali usulini aniqlash, talab va taklif munosabatlariga qarab narxni 
o‘zgartirish masalalariga bag‘ishlanadi. 
60-yillardan  boshlab  reklama  faoliyatini  rivojlantirish,  firma,  kompaniya,  tovarlarning 
raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar avj oldi. Ilmiy izlanishlar natijasi tezlik bilan 
amaliyotga joriy qilina boshlandi. Yirik firma va kompaniyalar o‘z tarkiblarida marketing xizmatini 
tashkil  qila  boshladilar.  Marketolog  mutaxassislar  eng  ko‘p  maosh  oladigan  nufuzli  kishilarga 
aylandilar. 
AQShda ko‘plab marketing xizmati ko‘rsatadigan firmalar paydo bo‘ldi. Ularning soni 90-yillarning 
o‘rtalariga kelib 700 mingtadan oshib ketdi. Marketing asoslarini firma, kompaniyalarning rahbarlari 
ham o‘rgana boshladilar. Ayniqsa tovarlarni sotish bilan shug‘ullanadigan mutaxassislar bozorlarni 
tadqiq  qilish  usullariga  o‘qitiladigan  bo‘ldilar.  AQShda  marketing  muammolariga  bag‘ishlangan 
ko‘plab jurnallar chop etila boshlandi. 50-yillardan boshlab marketing G‘arbiy Yevropa, Yaponiya, 
Lotin Amerikasi mamlakatlariga tarqala boshladi. 
Marketing sohasida yetakchilik vaqti bilan Germaniya, Yaponiya, Italiya mamlakatlariga o‘tdi. Katta 
shaharlar  tashqarisida  supermarketlar  tashkil  qilish,  mahsulot  sotish  hajmi  kamaya  borganda 
marketing  tadbirlarini  amalga  oshirish  Italiya  marketolog  olimlari  tomonidan  ishlab  chiqilib, 
amaliyotga keng qo‘llanildi. 
Yapon marketingi ham iste’molchilarning xoxishlarini hisobga olib uni to‘la qondirishni asos qilib 
oldilar. 
Amerika  marketingida  potensial  iste’molchini  mahsulotni  sotib  olishga  ko‘ndirish,  asosiy  masala 
bo‘lsa, yapon marketingida marketing tovarlar va xizmatlar orqali iste’molchilarga xizmat qilish bosh 
vazifa  deb  qaraladi.  Shu  maqsaddan  kelib  chiqib  Yaponiyada  quyidagi  shior  paydo  bo‘lgan: 
«Tovarlar  va  xizmatlar  o‘zlari  uchun  o‘zlari  so‘zlasinlar».  AQShda  esa  ushbu  shior  «tovarlar  va 
xizmat uchun sotuvchilar gapirsinlar» degan shiorga amal qiladi. 
Yaponiyada  asosiy  e’tibor  ichki  va  tashqi  bozorni  tadqiq  va  tahlil  qilish,  talabni  oldindan  taxmin 
qilish,  yangi  bozorlarga  kirib  borish  usullari,  reklama  faoliyatiga  tegishli  muammolarga  qaratildi. 
Mahsulotni sotish va taqsimlash borasida ham Yaponiyaga xos yo‘l-yo‘riqlar ishlab chiqildi. 
Yaponiyada ishlab chiqilgan tovarlarni sotish yo‘l yo‘riqlari quyidagicha: 
1. Marketing bo‘limi rahbarligida o‘zining tovarlarini sotish tizimini tashkil qilish. 
2. O‘z mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus savdo kompaniyasini tashkil qilish. 
3. Tovar ishlab chiqaruvchi kompaniya nazoratida bo‘ladigan ko‘tara va chakana savdo tarmoqlarini 
tashkil etish. 
 
Yaponiya avtomobil kompaniyalari «Tayota avto», «Tayota avto Seylz» va boshqalar ko‘proq 
ikkinchi usuldan foydalanadilar. 
 
Uchinchi  usul  ko‘proq  kosmetika,  farmatsevtika  va  maishiy,  elektron  texnikalarni  ishlab 
chiqaruvchi kompaniyalarda qo‘llaniladi. Yaponiya marketingining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, 
talabni hisobga olib turib taklifni shakllantirishda kompyuter texnikasidan foydalanishdir. 
 
Ko‘pchilik  yapon  firmalarining  marketing  bo‘limlarining  kundalik  faoliyat  natijalari 
kompyuterlarda  qayd  qilinadi.  Yirik  supermarketlar  kompyuterlar  bilan  jixozlangan  tovarlarga 
bo‘lgan talablar va mahsulotlar assortimenti to‘g‘risida habarlarni mintaqaviy omborlarga yetkazib 
beruvchi tizimlar bilan jixozlanganlar. 
 
Kompyuter  yordamida  supermarketlarda  va  maxsus  omborlarda  saqlanadigan  tovarlar 
zaxirasi  va  tovarlarga  berilgan  buyurtmalar  bo‘yicha  ularni  yetkazib  bergan  vaqtini  keskin 
kamaytirishga erishadilar. 


 
Ayniqsa  tovarlarni  taqsimlaydigan  mintaqaviy  markazlarni  tashkil  qilish  va  ularni  yirik 
rahbarlik tashkilotlariga biriktirilishi barcha tovarlarni taqsimlovchi markazlarning faoliyatini ijobiy 
tomonga  burdi.  Kompyuterlar  orqali  iste’molchilarga  ularning  barcha  talablarini  qondirishga 
qaratilgan  ommaviy  tizim  yaratildi  va  tizim  bir  yo‘la  talabni  hisobga  olib  jamiyat  va  ishlab 
chiqaruvchilarga aniq buyurtmalar berish imkonini yaratdi. 
 
Marketing fani ishlab chiqarishni samarali tashkil qilib, mahsulotlarni taqsimlash, uni tezlikda 
iste’molchilarga sotishda katta rol o‘ynaydi. 
 
Xulosa  qilib  aytganda  hozirgi  zamon  tadbirkorlik  faoliyatining  taqdiri  ko‘p  hollarda 
marketingga bog‘liq. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish