Investisiya summasi va tuzilishiga, mehnat predmetiga boʻlgan talab va korxona, tashkilotlar
pul sarfining yoʻnalishiga qarab, shuningdek aholi xarid qobiliyatining, uning tovarlar bilan
taʻminlanishini darajasini hisobga olib talab oʻrganiladi.
Uzoq muddatli oʻsish imkoniyalarini aniqlash va konʻyunktura tahlili bir -biri bilan bogʻliq va
u bir-birini toʻldira boradi.
Sifatli tahlil qilish uchun toʻplangan maʻlumotlarni 3 ta guruhga boʻlinadi:
- oʻtgan davr konʻyunktura maʻlumotlari;
- tadqiq qilinayotgan davr konʻyunktura maʻlumotlari;
- kelgusidagi konʻyunkturaga taʻsir etuvchi maʻlumotlar.
Konʻyunkturani tahlil qilish shakli boʻlib, konʻyunktura sharhi boʻlib hisoblanadi.
Konʻyunkturani tahlil qilish savollariga oʻtishdan avval konʻyunkturani koʻrsatkichlar tizimini
koʻrib chiqish darkor.
Koʻrsatkichlar
shartli
ravishda
makro
va
mikro
koʻrsatkichlarga
boʻlinadi.
Makrokoʻrsatkichlarga - umumxoʻjalik konʻyunkturasini tavsiflovchi koʻrsatkichlar: yalpi milliy
mahsulot, yalpi milliy daromad, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, tovar oborot koʻrsatkichlari, pul
muomalasi koʻrsatkichlari, isteʻmol koʻrsatkichlar kiradi. Mikrokoʻrsatkichlarga esa alohida tovarlar
bozorini tavsiflovchi koʻrsatkichlar kiradi: ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, mahsulot sotilishi va
isteʻmoli, narx dinamikasi va x.k.
Umumxoʻjalik konʻyunkturaning tahlilini izlanishni maqsadiga koʻra ikkita yoʻl olib borish
mumkin:
1.
Agar maʻlum bir vaqtning ichida konʻyunkturaning rivojlanish tendensiyalari va surʻatlarini
bilib olish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda konʻyunktura tahlili shu vaqtning ichida uning
dinamikasini oʻrganish yoʻli bilan olib boriladi,
2.
Agar eng oxirgi sanaga konʻyunktura holatini aniqlash masalasi qoʻyilgan boʻlsa, u holda
iqtisodiy siklning fazasini va faza ichidagi misol tariqasidagi joyini aniqlash yoʻli bilan olib boriladi.
Shuni eʻtiborga olish kerakki, konʻyunktura tahlili va uzoq tendensiyalarning rivojlanishini aniqlash
oʻzora bogʻliq va bir - birini toʻldiradi.
Konʻyunktura tahlili jamiyatning xoʻjalik hayotining qiyinligini hisobga olmagan holda u yoki
bu qarashlarni tasdiklaydigan oʻzboshimchalik bilan tanlangan omillar va statistiktik maʻlumotlarga
yondoshib emas, balki bir-biriga qarama-qarshi hodisalarning yigʻindisiga yondashish kerak.
Konʻyunktura tahlilining shakli bu konʻyunktura sharhi va maʻlumotnomasidir.
Mahsulotni ishlab chiqarishni belgilanganligiga qarab, mahsulotni absolyut birligi
oʻlchovlarida ishlab chiqarib, ishlab chiqarish davrini davomiyligi, isteʻmolchilar doirasi tezroq yeki
sekinroq konʻyunkturani oʻzgarishini aks ettiradi.
Baʻzi tarmoqlar, masalan qora metallurgiya, havo va suv transporti, qurilish belgilangan
isteʻmolchilar uchun oldindan buyurtma qilish tizimi boʻyicha ishlaydilar. Boshqalar esa, yaʻni
avtomobil , radioelektron va shu kabilar qisqa muddat ichida ishlab chiqariladi va bozorda nomaʻlum
isteʻmolchilarga sotiladi. Uzoq muddatli tovarlarni ishlab chiqarishni qisqarishi yoki oʻz ishi
natijasida ishlab chiqarish konyunkturasini yaxshilash yoki yomonlash aniq koʻrsatkichi boʻlib
hisoblanmaydi. Chunki katta buyurtma portfelining kattaligi yoki shunday tarmoqlarda uning yoʻqligi
mahsulot ishlab chiqarish dinamikasining iqtisodiy siklning dinamikasidan rad etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: