Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


  Vaziyatni tahlil etish va marketing sintezi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

 
3.  Vaziyatni tahlil etish va marketing sintezi. 
 
Marketing  dasturlarini  ishlab  chiqishda  maqsadli  yondashish  uslubiga  asosan  korxonaning 
moʻljallangan  maqsadiga  erishish  va  uni  bajarilishini  nazorat  qilish  resurslari  va  tadbirlari  tizimi 
shakllantiriladi. 
Korxona (firma)ning marketing dasturi (biznes rejasi) tarkibi quyidagichadir: 
1.  
Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil). 
Faoliyati,  shart-sharoitlari  resurslari,  samarali  natijaga  erishish  yoʻnalishlari.  Korxonaning 
ichki va tashqi  muhitlarini solishtirish. 
2.  
Rivojlanish maqsadlarini aniqlash.(Marketing sintezi). 
Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning  ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish 
yoʻllarini aniqlash. 
3.  
Strategiyani ishlab chiqish. 
Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni koʻzlagan uzoq 
muddatli  maqsadni  aniqlash  (bozor  segmentlarini,  marketing  vositasini,  bozorga  kirish  vaqtini  va 
boshqalarni tanlash). 
4.  
Rejani ishlab chiqish. 
Ishlab  chiqarish,  moliya,  baho,  kadrlar,  reklama,  sotish  va  boshqalarni  amalga  oshirish 
xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi. 
5.  
Nazorat qilish. 
Strategik  nazorat  (tanlangan  tamoyilni  aniq  bozor  holatiga  toʻgʻri  kelish).  Yillik  nazorat 
(rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati. 
Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari (tashqi muhiti) 
va oʻzining ichki salohiyati toʻgʻrisida batafsil axborotlar toʻplab, aniq xulosa chiqariladi.  Buning 
uchun “Bozorni kompleks tadqiq qilish” va “Holatli tahlil” usullaridan foydalaniladi. 
Bozorni  kompleks  tadqiq  qilish  boshlangʻich  davri  boʻlib,  korxona  marketing  dasturini  va 
rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini oʻziga xos taftish qilish va 
atroflicha baholashni oʻz ichiga oladi. 
Korxonaning  rivojlanish  maqsadlarini  aniqlashda  eng  avvalo  uning  ichki  imkoniyatlarini 
hisobga  olib,  qaysi  sohada  sotishning  oʻsishi  orqalimi  yoki  bozorda  oʻz  ulushini  koʻpaytirish, 
obroʻsini koʻtarish yoʻli bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish 
maqsadlari marketing tajribasiga koʻra bir necha yoʻnalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
Birinchidan,  ekstensiv  rivojlanish,  yaʻni  egallangan  bozorda  (bozor  segmentida)  ishlab 
chiqarilayotgan tovarni sotish hajmini koʻpaytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv 
rivojlanish,  bu  yoʻl  bilan  ekstensiv  imkoniyatlar  tugagach,  yangi  bozorlarga  chiqish  yoki 
segmentlarni  kengaytirish  yoki  bozorga  yangi  modifikasiyali  tovar  taklif  etiladi.  Uchinchidan, 
integrasiyalashgan  rivojlanish  orqali    sotish  korxonalar    bilan  hamkorlikda  ular  resurslaridan 
foydalanib,  daromadni  koʻpaytirish,  toʻrtinchidan,  diversifikasiya  yoʻli  bilan,  yaʻni  korxona  oʻz 
marketing  faoliyati  doirasida  qoʻshimcha  xom-ashyoni,  tovarni,  texnologiyani,  isteʻmolchilarni 
oʻzlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani koʻproq olishga erishadi. 
Marketing strategiyasi - maqsadga erishish uchun qanday harakat qilish kerak? - degan savolga 
javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab  chiqarish, isteʻmolchilar, baho, 
reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yoʻnalish aniqlaydi, har bir boʻlimi maqsadini belgilaydi 
va ular ishini muvofiqlashtiradi. 
 Marketing  strategiyasi  zaminida  quyidagi  besh  talab  (prinsip)  mavjud,  ular  korxonalar 
faoliyatida hisobga olinishi mumkin: 
1.  
Bozor bir xil emas, u oʻziga xos tabaqalar (segmentlar)dan iborat.  


2.  
Korxona bozorda bir yoki bir nechta segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har 
doim  tanlangan  bozori  tabaqalari  (segmentlari)ni  oʻziga  jalb  etishda,  koʻproq  muvaffaqiyat 
qozonishni uylash lozim. 
3.  
Firma  bozorda  mustaqil  yoki  boshqa  korxonalar  bilan  xamkorlikda  faoliyat  koʻrsatishi 
mumkin. 
4.  
Marketing vositasini tanlashda, koʻproq bir-biriga mos va oʻzaro vazifalari bilan bir-birini 
toʻlgizib  turuvchilarni  ishga  solishni  kuzda  tutish  kerak.  Masalan,  tovar  oʻrami  bilan  narx,  tovar 
harakati  bilan  sotish  joyini,  isteʻmolchilar  bilan  aloqalarni  reklamaga  qoʻshib  ishlatilishi  tavsiya 
etiladi. 
5.  
Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olish talab etiladi. 
Masalan, umumiy va savdo konʻyukturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan oʻrni va boshqalar. 
Marketing  strategiyasini  ishlab  chiqishda  eng  muhim  muammo,  korxonani  foyda  olishga 
yoʻnaltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda jahon tajribasida  quyidagi yondoshishlar mavjud. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish