Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


-Mavzu: Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

14-Mavzu: Marketingni tarkibiy tuzilishi va uni boshqarishni tashkil etish. 
Reja: 
1.  Marketing tizimi haqida tushuncha. 
2.  Makromarketing va mikromarketing. 
3.  Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning oʻzaro bogʻliqligi. 
 
1.  Marketing tizimi haqida tushuncha. 
 
Marketing  tizimi  -  bu  qoʻyilgan  maqsadlarga  erishish  va  maqsadli  bozor  talabini  qondirish 
uchun  marketing  qismlarining  aniq  birikuvidir.  Tarkib  oʻzida  toʻrtta  asosiy  qism  –  mahsulot  yoki 
xizmat, taqsimot (sotish, oʻtkazish, narxlarni) birlashtiradi. 
Tovar  va  xizmatlarni  olganda  bozorga  nima  tavsiya  etilishi  sifat  darajasi,  sotish  hajmi, 
kompaniyaning  innovasion  darajasi,  oʻlchovning  holati,  alohida  shartlar  tadqiqotlarning  hajmi  va 
muddatlari mavjud mahsulotni sotishni toʻxtatish paytini aniqlab olish kerak. 
Marketing  tizimi  ijtimoiy-iqtisodiy  elementlar,  subyektlar  yigʻindisidan  iboratdir.  Marketing 
tizimi oʻz tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: 
1.  taʻminotchilar 
2.  raqobatchilar 
3.  vositachilar 
4.  isteʻmolchilar (bozor) 
5.  firma (kompaniya) 
Marketing tizimini shakllantirish va amal qilishi aniq oʻrab turgan muhit taʻsirida olib boriladi. 
Bu muhitga ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy, demografik va ekologik omillar kiradi. 
Taʻminotchilar  –  alohida  olingan  tashkilot,  uyushma,  shaxslar  yigʻindisidan  tarkib  topib, 
firmani moddiy, moliyaviy va maxsulot resurslari bilan taʻminlaydi. 
Raqobatchilar  –  istak  boʻyicha,  safdosh  tovar  boʻyicha,  tovar  turi  boʻyicha,  tovar  markasi 
boʻyicha turkumlanadi. 
Marketing  boʻyicha  vositachilar  –  tashkilot  uchun  uning  tovarlarini  mijozlarga  yetkazish, 
sotish, aloqa oʻrnatish boʻyicha yordam koʻrsatuvchilardir. 
Vositachilar – savdo, logistik, marketing va moliyaviy vositachilarga boʻlinadi. 
Savdo vositachilari - ulgurji va chakana savdogarlardir. 


Logistika vositachilari – ombor tizimi xizmatlarida tovar va okim holatlarini transportirovka 
qilish bilan shugʻullanish. 
Moliyaviy  vositachilar  –  bank,  kredit,  sugʻurta  va  boshqa  moliyaviy  xizmatlarni  amalga 
oshiradi. 
Isteʻmolchilar – firmalar, alohida fizik shaxslar yoki ularni potensial guruxi boʻlib, ular bozorda 
mavjud boʻlgan tovar va xizmatlarni olishga tayyor. 
Isteʻmolchi – bozor qiroli, marketing vazifasi doimo isteʻmolchini xulk-atvorini oʻrganish, uni 
ehtiyojini firma mahsulotiga boʻlgan munosabatini oʻrganish, tahlil qilishdan iborat. 
Firma, marketing va bozor munosabatlari bir-biriga oʻzaro taʻsir oʻtkazib, dialektik bogʻliqlikda 
harakatlanib  boradi.  Firma  yangi  texnologik  jarayonlarni  egallashga,  yangi  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishga faqat bozordagi munosabatlar sabab boʻladi. 
Marketing  tarkibini  ishlab  chiqishda  bosh  masala  uning  bir  butunligi,  maqsadga  erishishda 
muvaffaqiyatni taʻminlovchi barcha omillarning oʻzaro aloqasidir. 
Marketing  iqtisodiy    kategoriya  sifatida    gʻoyasi  serqirradir.  Uning    tarkibi  yoki    faoliyat 
sohalarida:  
- ishlab chiqarish vositalari marketingi; 
- isteʻmol tovarlari marketingi; 
- xizmat koʻrsatish marketingi kabi turlarini koʻrsatish mumkin.  
Buning har birining  faoliyatida  umumiy  tamoyillar va vazifalar  saqlanib qoladi, ammo bu  
yoʻnalishlarning har biri oʻziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. 
Ishlab  chiqarish  vositalari  marketingi  birinchi  navbatda  ishlab  chiqarish  talablarini  hisobga 
olishga    asoslanadi.  Shu  sababli  maqsadga  muvofiqlik    maqbullik  qatʻiy    uygʻunlik    eng  birinchi 
oʻrinda turadi. 
Bu sohada isteʻmolchi feʻl atvorining tub moxiyatini oʻrganishga katta eʻtibor beriladi. Xususan 
isteʻmolchilarni  guruhlash,  reklama,  maxsulot  sotishni  uyushtirish,  bularning  barchasi  isteʻmol 
tovarlari bozorida marketing faoliyatining asosiy masalalari hisoblanadi. Masalan, doʻkonlarda oʻz-
oʻziga xizmat koʻrsatish tamoyillari isteʻmol tovarlari marketingi  samarasi. 
Isteʻmol  tovarlari  xizmati  marketingi  ishlab  chiqaruvchi  bilan  isteʻmol  oʻrtasida  bevosita 
aloqaning mavjudligi bilan ajralib turadi. Xizmatlarning koʻpchilik qismi  kompleks xarakterga ega. 
Masalan,  mehmonxonalar,  jamoat  ovqat  joylari,  ekskursion  xizmat,  yodgorlik  mollari  sotish  va 
hakozolar paydo boʻlishi yalpi turistik mahsulot tushunchasi bilan bevosita bogʻliqdir. Shu sababli  
koʻrsatish sohasida  marketing juda katta yoʻnalishga ega. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish