Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.3. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblash 

11.3.1. Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini hisoblashning umumiy qoidalari 

 

Tannarx  –  xo‘jalik  ishlab  chiqarish  va  moliya  faoliyatining  muhim  iqtisodiy 

ko‘rsatkichidir.  Fermer  xo‘jaliklarining  faoliyatini  baholashda  tannarx  muhim  o‘rin  tutadi. 

Mahsulotlar tannarxini tahlil qilish esa xo‘jalikda foydalanilmayotgan ichki imkoniyatlarni topish 

va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishga yordam beradi. 

Afsuski, hozirgi vaqtda qishloq xo‘jalik mahsulotlari tannarxini hisoblashga yetarli e'tibor 

berilmayapti.  Ta'kidlash  joizki,  bozor  munosabatlari  rivojlanishi  sharoitida  nafaqat  mahsulotlar 

tannarxi  to‘g‘risidagi  axborotlarning  aniqligi,  balki  ularning  har  xil  boshqaruv  masalalarini 

(rejalashtirish, me’yorlashtirish, rezyervlarni aniqlash, baho belgilash, samaradorlikni baholash va 

h.k.)  hal  etish  uchun  ishonchliligi,  obektivligi,  foydaliligi  va  moslashuvchanligi  ham  muhim 

ahamiyatga  ega.  Shu  munosabat  bilan  dehqonchilik  mahsulotlarining  tannarxini  hisoblashda 

kalkulyatsiya  obektini  va  Kalkulyatsiya  birliklarini  asosli  tanlash  muhim  uslubiy  masala 

hisoblanadi.  

Shu  bois,  dehqonchilik  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  rejalashtirish,  hisobga  olish  va 

kalkulyatsiyalash obektlari hamda Kalkulyatsiya birliklari taqdim etildi (ilova). 

Mahsulot  tannarxini  hisoblashdan  oldin  xarajatlarni  aks  ettiruvchi  schotlar  bo‘yicha 

quyidagilar sinchiklab tekshiriladi: 

- barcha qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarning hisobda to‘liq aks ettirilganligi; 

- kelgusi yillar hosili uchun qilingan xarajatlarning yillar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanganligi 

va hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligi; 

- tabiiy ofatlar oqibatida zararlangan ekinlar bo‘yicha xarajatlar summasini to‘g‘ri hisobdan 

chiqarilganligi; 

2011-«Dehqonchilik» schotida aks ettirilgan miqdor ko‘rsatkichlar (kishi-soatlar, ekilgan 

urug‘lik va ko‘chatlar, solingan o‘g‘itlar va boshqalar) ning to‘g‘riligi va shu kabilar. 

Dehqonchilikdan  asosiy,  yondosh  va  qo‘shimcha  mahsulotlar  olinadi.  Ishlab  chiqarish 

qanday  mahsulot  yetishtirish  maqsadida  tashkil  qilingan  bo‘lsa,  shu  mahsulot  (paxta,  g‘alla, 

kartoshka  vaboshqalar)  asosiy  hisoblanadi.  Ayrim  ekinlardan  ikki  va  undan  ortiq  asosiy 

mahsulotlar olinsa, ular yondosh mahsulotlar deyiladi. Masalan, bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardan 

pichan, urug‘ hamda ko‘k massa olinishi mumkin. 

O‘simliklarning  biologik  xususiyatlariga  qarab  asosiy  mahsulotlar  bilan  birga  ikkinchi 

darajali,ya'ni qo‘shimcha mahsulotlar ham olinishi mumkin (poxol, somon, palak va boshqalar). 

Demak,  o‘simlikchilikdan  asosiy  va  xo‘jalikda  foydalaniladigan  qo‘shimcha  mahsulotlar  ham 

olinadi. 

Mahsulot  tannarxini  hisoblashdagi  eng  muhim  hisob  ishlaridan  biri  xarajatlarni  asosiy 

(yondosh) va qo‘shimcha mahsulotlar o‘rtasida to‘g‘ri (haqqoniy) taqsimlashdir. Ekinlardan faqat 

bir  xil  mahsulot  olinsa,  uning  tannarxi  qilingan  barcha  xarajatlarni  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  mahsulot 

hajmi (sentner, kilogramm, dona) ga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. 

Agar  ekinlardan  ikki  va  undan  ortiq  mahsulotlar  olinsa,  tannarx  hisoblashda  maxsus 

uslublar  qo‘llaniladi.  Bunday  hollarda  xarajatlar  asosiy  (yondosh)  va  qo‘shimcha  mahsulotlar 

o‘rtasida  iqtisodiy  asoslangan  uslublar  bo‘yicha  taqsimlanadi  va  tegishli  mahsulot  turi  (asosiy, 

yondosh,  qo‘shimcha)ga  to‘g‘ri  kelgan  xarajat  summasi  mazkur  mahsulot  miqdoriga  bo‘linib, 

mahsulot birligi (s, kg, dona) ning tannarxi aniqlanadi. 

Dehqonchilikda  ekinlardan  olingan  hosil  turlari,  tugallanmagan  ishlab  chiqarishga 

o‘tkaziladigan (ularning turlari bo‘yicha) kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar, korxonaning 

o‘z aylanma mablag‘i hisobidan yer holatini yaxshilash bo‘yicha qilingan ishlar tannarx hisoblash 




 

obekti bo‘lib hisoblanadi. 

Dehqonchilik mahsulotlari tannarxini aniqlashda mahsulotni qayergacha  yetkazib berish 

(franko) xarajatlari qo‘shilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda belgilangan tartibga 

asosan mahsulotlarni quyidagi joylarga yetkazib berish (franko) xarajatlar qo‘shib hisoblanadi: 

a)  g‘alla,  paxta,  kungaboqar  urug‘i-franko-dala  (xirmon  yoki  daladan  mahsulot 

yig‘iladigan boshqa joy); 

b) somon, pichan-franko-saqlash yoki qaytadan ishlov berish joy; 

B) kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari mahsulotlari, lavlagi va boshqa ildiz mevalar-franko-

saqlash joyi; 

g) qand lavlagi (fabrikada qayta ishlanadigan) – franko-dala; 

d) parnik issiqxona sabzavoti-franko-ombor yoki franko-qabul punkti; 

e) silosbop ko‘k massa-franko siloslash joy; 

j)  vitaminlashtirilgan  o‘t  uni  tayyorlash  uchun  o‘rilgan  ko‘k  massa  –  franko  oziq 

tayyorlaydigan joyi. 

Demak,  mahsulotni  iste'molchilar  (tayyorlov  tashkiloti,  dehqon  bozori,  agar  xo‘jalik 

yetkazib  berayotgan  bo‘lsa,  bolalar  muassasalari  va  shu  kabilar)ga  yetkazib  berish  xarajatlari 

dehqonchilik mahsulotining tannarxiga kiritilmaydi. 

Mahsulotni  saqlash  joylari  (ombor,  oziq  saqlanadigan  joylar)gacha  yetkazib  berish 

xarajatlari tannarxga kiritiladi, ya'ni ular yil davomida 2011-schotining debetida aks ettiriladi. 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish