5.1-rasm. Hisob siyosatini shakllantirishning asosiy bosqichlari
Hisob siyosatini shakllantirishning birinchi bosqichida uning predmeti aniqlanadi. Chunki har
bir xo‘jalik yurituvchi subekt o‘zining buxgalteriya hisobi obektlari to‘plamiga ega. Ikkinchi
bosqichda hisob obektlarining tarkibidan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini shakllantirishga ta’sir
ko‘rsatadigan muayyan shart-sharoitlar aniqlanadi. Uchinchi bosqichda oldingi bosqichda
aniqlangan, yo‘l quyilgan qoidalarga nisbatan hisob siyosatining tuzilishi tahlil qilinadi.To‘rtinchi
bosqich buxgalteriya hisobini yuritishning muqobil usullaridan maqbulini tanlashdan iborat.
Beshinchi bosqichda muayyan korxona uchun buxgalteriya hisobi usullari tanlanadi. Oxirgi, oltinchi
bosqichda tanlangan hisob siyosati hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
Hisob siyosatining variantini tanlashga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi:
-
korxonaning tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy maqomi (mulkchilik shakli, tashkiliy-huquqiy
shakli, tarmoq va faoliyat turi, ko‘lami);
-
tadbirkorlikdagi joriy va uzoq muddatli maqsadlari (korxonani kengaytirish, qo‘shimcha
moliyaviy resurslar jalb qilish, raqobatbardoshlikni mustahkamlash va b.);
-
faoliyat xususiyatlari – ishlab chiqarish (texnologik tuzilmasi, ishlatiladigan resurslar), tijorat
(ta’minot va sotigshni tashkil etish, hisob kitob tizimi va shakllari), moliyaviy (bank, soliq
inspeksiyasi bilan o‘zaro munosabatlar), boshqaruv (tuzilmasi, mulkdorlarga bog‘liqligi, ularga
hisobot taqdim etish tartibi);
-
kadr ta’minoti – xodimlarning malakasi;
-
xo‘jalik vaziyati – bozor infratuzilmasining rivojlanganligi, buxgalteriya hisobi va soliq
qonunchiligining ahvoli.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy tamoyillari va qoidalari O‘zbekiston
Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” Qonuni, Buxgalteriya hisobi Milliy standartlari
va boshqa me’yoriy hujjatlari bilan belgilangan.
Korxona hisob siyosatini tanlashda uning muayyan xo‘jalik vaziyatiga mos kelishini
ta'minlaydigan, ma'lum tamoyillardan kelib chiqish zarur (4.2-rasm).
To‘liqlik. Korxona tomonidan tanlangan buxgalteriya hisobini yuritish usullari korxonadagi
barcha xo‘jalik faoliyati faqtlarini aks ettirishi lozim. Ushbu talab har bir faktni hujjatlashtirish vap
hisobda aks ettirish yo‘li bilan ta'minlanadi.
O‘z vaqtidalik moyili xo‘jalik faoliyati faktlarini sodir bo‘lgan paytda aks ettirish lozimligini
bildiradi.
Ehtiyotkorlik. Korxonada qo‘llaniladigan usullar buxgalteriya hisobida daromadlar va
aktivlarni aks ettirishga qaraganda, yo‘qotishlar va passivlarni aks ettirish imkoniyatini ko‘proq
ta'minlashi lozim. Bu hisobga faqat olingan daromadlar qabul qilinishini, ayni paytda barcha
kutilayotgan majburiyatlar va potensial zararlar hisobga olinishi lozimligini bildiradi.
Mazmunning shakldan ustuvorligi. Buxgalteriya hisobining tanlangan usullari sodir bo‘lgan
xo‘jalik faoliyati faktlarini nafaqat ularning huquqiy shakli, balki iqtisodiy mazmuni va vujudga
kelgan vaziyatdan kelib chiqqan holda hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: