Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 MAVZU. KREDIT MUOMALALARINI HISOBGA OLISH



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet320/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

16 MAVZU. KREDIT MUOMALALARINI HISOBGA OLISH 

 

16. Bank kreditlari bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi 

Korxonalar  o‘z  mablag‘lari  yetarli  bo‘lmaganida  bankdan  kredit  mablag‘lari  yoki  boshqa 

yuridik va jismoniy shaxslardan qarz mablag‘lari olishlari mumkin. 

Kredit  –  bu  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larini  ma’lum  muddatga,  haq  to‘lash  sharti  bilan 

qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 

Kreditlash  orqali  aholining,  korxonaning  va  davlatning  bo‘sh  turgan  pul  mablag‘lari 

banklarda to‘planadi hamda muayyan haq evaziga vaqtincha foydalanish uchun xo‘jalik yurituvchi 

sub’ektlarga  beriladi.  Ma’lumki,  ishlab  chiqarish  vositalari  ko‘rinishidagi  kapitalning  tarmoqdan-

tarmoqqa o‘tish imkoniyatlari juda cheklangan, lekin iqtisodiyotda har doim iqtisodiy resurslarni, eng 

avvalo  kapitalni,  tarmoqlar  o‘rtasida  qayta  taqsimlash  zaruriyati  mavjud  bo‘ladi.  Bu  vazifani  eng 

oqilona tarzda kredit mexanizmi va uning tarkibiy qismi bo‘lgan bank krediti ado etadi. Bank krediti 

vositasida  moliyaviy  resurslar  pul  kapitali  sifatida  jamlanadi  hamda  tarmoqlar  va  mahsulot  ishlab 

chiqaruvchi korxonalar o‘rtasida bozor talablari asosida taqsimlanadi, kreditni belgilangan muddat 

davomida  qaytarish  va  kreditdan  foydalanganlik  uchun  muayyan  haq  to‘lash  zarurligi  kreditga 

olingan mablag‘lardan yuqori samara bera oladigan faoliyat sohalarida foydalanishga majbur etadi. 

Shunday  qilib,  kredit  iqtisodiy  samaradorlik  darajasini  oshirishga  xizmat  qiladi.  Bank  kreditining 

muhim  vazifalaridan  biri  bu  ishlab  turgan  korxonalar  mablag‘larini  doiraviy  almashtirishning 

uzluksizligini ta’minlashdan iborat. Bu asosan qisqa muddatli kreditlash vositasida amalga oshiriladi.  

Bank krediti korxonalar faoliyati samaradorligi oshirishga xizmat qilishi tufayli iqtisodiyotda 

foydaning kapitallashuvi jarayonlarini tezlashtiradi. Bank krediti mamlakatda pul massasining hajmi 

va  tarkibiga,  to‘lov  oborotiga,  pul  muomalasi  tezligiga  juda  kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bank 

obligatsiyalari,  sertifikatlar  va  boshqa  muddatli,  majburiyatli  qimmatli  qog‘ozlar  chiqarish  orqali 

kredit pullarini vujudga keltirdilar. Berilgan kredit mablag‘lari bilan bir qatorda kredit pullari ham 

mamlakatda  jami  talabga  ta’sir  ko‘rsatadi  va  jami  milliy  mahsulot  sotilishini  tezlashtiradi.  Bank 

krediti  davlat  tomonidan  tartibga  solinadi.  Kreditlash  tartib  qoidalarini  o‘z  vakolatlari  doirasida 

Markaziy    bank  belgilaydi.  Muayyan  tarmoqlar  va  sohalarning  rivojlanishini  rag‘batlantirish 

maqsadlarida qarz oluvchilar turli guruhlariga davlat kafolatlari va imtiyozlari joriy etiladi. Kreditdan 

mamlakat eksport potentsialini yuksaltirish, uy-joy qurilishi kapital qo‘yilmalarini rag‘batlantirish, 

regionlarni  jadal  rivojlantirish  maqsadlarda  foydalanishi  mumkin.  Tijorat  banklarining  kreditlari 

yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin.  

Qaytarilish muddatlariga ko‘ra kreditlar qisqa muddatli (1 yilgacha), o‘rta muddatli (1 yildan 

5 yilgacha) va uzoq muddatli (5 yildan ortiq) kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlanganligiga qarab bank 

kreditlari garovli, kafolatli va sug‘urtalangan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlanishi talab etilmasdan 

berilgan  kreditlar  ishonch  krediti  deb  yuritiladi.  Bank  krediti  muddatlilik  berilishi 

tabaqalashtirliganligi, ta’minlanganligi va to‘lovliligi qoidalari asosida beriladi. Muddatlilik kreditga 

berilgan mablag‘lar qaytarilishni ta’minlanishining zaruriy vositasidir.  

Qat’iy belgilangan muddatda qaytarilmagan kredit pul muomalasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Chunki, u muomalada tovar ta’minotiga ega bo‘lmagan pul mavjudligini bildiradi. Kreditga berilgan 

pul  mablag‘i  bankka  qaytib  kelmasligi  sababli  shu  kredit  resurslaridan  boshqa  xo‘jalik  yuritish 

sub’ektlari  mahrum  etiladilar.  Tijorat  bankining  likvidligi  yomonlashadi.  Bulardan  tashqari 

qarzdorning o‘zi ham bankdan yangi kredit olish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va kechiktirilgan 

kredit uchun oshirilgan foizlar to‘lashga majbur bo‘ladi.  

Tijorat  banki  kredit  berishda  mijozlarning  moliyaviy  ahvoli,  balansning  likvidligi,  o‘z 

mablag‘lariga ega ekanligi, hozirda va kelajakda rentabellik darajasi kreditdan samarali foydalanish 

va uni qaytarish imkoniyatlarini xarakterlovchi boshqa sifatlarni e’tiborga olishi lozim. Bank kredit 

berishda  har  bir  mijozga  alohida  yondoshadi.  Kreditning  to‘lovligi  qarzdor  bankka  kreditdan 

foydalanganligi uchun haq to‘lash lozimligini bildiradi. To‘lanadigan haq kredit summasiga nisbatan 

foizda belgilanadi. Bank amaliyotida yillik (kreditdan 1 yil foydalanganlik uchun foiz darajasi) yoki 



 

oylik  (kreditdan  1  oy  foydalanganligi  uchun  foiz  darajasi)  foizlar  qo‘llaniladi.  Kredit  uchun  foiz 

darajasi o‘z mohiyatiga ko‘ra kreditning bahosidir.  

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  qarzga  berilayotgan  mablag‘  o‘ziga  xos  tovarga  aylanadi.  Bu 

tovarning boshqa tovarlardan farqi shundaki, uning o‘zi emas balki undan foydalanish imkoniyati 

(huquqi)  sotiladi  va  buning  uchun  foiz  ko‘rinishida  haq  to‘lanadi.  Kreditning  to‘lovligi  qarz 

oluvchilarni imkoni boricha o‘z mablag‘laridan foydalanishga majbur qiladi. Olingan foiz vositasida 

bank o‘z xarajatlarini qoplash va jalb etilgan mablag‘ egalariga foiz to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Bank krediti uchun foiz nominal va real darajasini farqlash lozim. Foizning real darajasi uning 

nominal darajasidan inflyatsiya sur’atini chegirib tashlab aniqlanadi.  

O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga  kredit  berish  tijorat 

banklari  tomonidan  «Banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi»  Qonun  asosida  va  boshqa  me’yoriy 

hujjatlarga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar 

to‘g‘risida»gi  Qonuniga  asosan,  o‘z  kapital  va  mustaqil  balansiga,  yuridik  shaxs  huquqiga  ega 

bo‘lgan  mustaqil  xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarga.  ularning  mulkchilik  shakllaridan  qa’tiy  nazar, 

shartnoma asosida qisqa muddatli kredit beradilar. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan 

bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib 

ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga kredit berilmaydi. Ilgari 

berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq 

muddatli  moliyaviy  nobarqarorlik,  xo‘jasizlik  va  zararlarni  qoplash  uchun  foydalanishga  yo‘l 

qo‘yilmaydi.  

 

Kredit  yordamida  tovar-moddiy  boyliklar,  turli  mashina  va  mexanizmlar  sotib  olinadi, 



iste’molchilarning mablag‘lari  yetarli bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va 

boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.  

Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

-  kredit  ajratish  to‘g‘risidagi  ariza,  iltimosnoma.  Unda  qarz  oluvchining  nomi,  yuridik  maqomi, 

joylashgan  manzili,  unga  kredit  hisob-kitob  xizmati  ko‘rsatuvchi  bank  muassasasi,  kredit  so‘rab, 

bankka murojaat qilishning sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani, 

so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi. 

- kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va ular ishlab chiqarayotgan 

mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar, kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy 

ko‘rsatkichlar, jumladan debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi. 



 -  texnik-iqtisodiy  asoslash  (biznes-reja).  Unda  olgan  kredit  hisobidan  amalga  oshirish 

mo‘ljallanayotgan  sarf-xarajatlar  ro‘yxati,  zarurat  tug‘ilganida  esa  mahsulot  shaklida  ifoda 

qilinadigan taxminiy mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi, bir dona 

mahsulot  bahosi,  ko‘rsatilgan  xizmat  haqi),  rejalashtirilayotgan  mahsulot  sotish  bozori,  ishlab 

chiqarish  quvvatlari,  asbob-uskunalar,  xom-ashyo  va  materiallarning  mavjudligi  ko‘rsatiladi. 

Shuningdek, korxona tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida esa 

boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspektsiyasi tomonidan tasdiqlangan balanslar ham taqdim 

etiladi.  Oxirgi  hisobot  sanasiga  tuzilgan  balansda  debitorlik-kreditorlik  qarzlar  batafsil  bayon 

qilinishi hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni qiyoslash dalolatnomalari 

ilova qilingan bo‘lishi lozim; 

 - kreditni bank amaliyotida qabul qilingan shaklda o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash majburiyati;  

 - moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot; 

 - oborot mablag‘larining aylanishiga doir hisob-kitob; 

 -  boshqa  kreditorlardan  olingan  qarz  mablag‘lari  va  boshqa  banklarda  saqlanayotgan  bo‘sh 

mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; 

 - qarz oluvchining boshqa korxonalar kapitalidagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 

 - mijozning moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi boshqa turli hujjatlar. 

Bank  xodimi  barcha  zarur  hujjatlarni  olgach,  5  kun  muddat  ichida  Markaziy  bank 

talablarida  ko‘zda  tutilgani  uchun  bo‘lg‘usi  qarz  oluvchining  kreditga  va  to‘lovga  layoqatligini 

aniqlashi  lozim.  Bu  biznes-reja  tayyorlash  masalalari  bilan  birgalikda  batafsil  ko‘rib  chiqiladi. 

Kreditni  olishdan  ko‘zda  tutilgan  maqsadlarning  korxonaning  ustav  faoliyatiga  va  kredit  turining, 

uning maqsadlariga mos kelishi e’tiborga olinadi. Bank xodimi taqdim etilgan hujjatlar to‘plamini 




 

o‘rganib chiqish natijalariga qarab, kredit berish yoki bermaslik yuzasidan xulosa tayyorlaydi. Unda 

quyidagilar ko‘rsatiladi: 

-kreditga layoqatlilik; 

-kreditni olishdan ko‘zda tutilgan maqsad; 

-uning muddati va miqdori; 

-kredit qaytarilishining ta’minoti; 

-foiz stavkasi. 

Bank xodimining xulosasi rahbar tomonidan tasdiqlangach, ilova qilingan hujjatlar bilan 

birgalikda kredit qo‘mitasi muhokamasiga yuboriladi. Hozirgi kunda korxonalarda bank kreditlarini 

hisobga oluvchi ikkita schyoti mavjud: 

6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyoti 

7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyoti. 

6810-«Qisqa muddatli kreditlar» schyotida mamlakat hududidagi va chet eldagi banklardan 

olingan qisqa muddatli kredit bo‘yicha bank bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Analitik 

schyotlar  kredit  turi  bo‘yicha  ochiladi.  6810-schyot  balansga  nisbatan  passiv  hisoblanib,  kredit 

tomonidan bankdan olingan qisqa muddatli qarzlar, debetida esa qisqa muddatli qarzlarni qaytarilishi 

hisobga olinadi, qoldiq kredit tomonida qoladi. Uning analitik hisobi olingan qarzlar turlari bo‘yicha 

38-qaydnomada, sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.  

7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida davlatimiz va chet el valyutasida olingan uzoq 

muddatli  kreditlar  bo‘yicha  hisob-kitoblar  hisobga  olinadi.  Schyotda  uzoq  muddatli  kreditlarning 

turlari balansga nisbatan passiv hisoblanib, uning kredit tomonida bankdan olingan uzoq muddatli 

kreditlar,  debet  tomonida  esa  bu  qarzlarning  to‘langan  summalari  hisobga  olinadi.  Qoldiq  kredit 

tomonida  qoladi.  Bu  schyotning  analitik  hisobi  olingan  kreditlar  turlari  bo‘yicha  38-qaydnomada, 

sintetik hisobi esa 4-jurnal-order yordamida yuritiladi.  

Korxonalarda  o‘rta  muddatli  kreditlarni  hisobga  oluvchi  schyot  mavjud  bo‘lmaganligi 

uchun bu kreditlar hozirgi kunda uzoq muddatli kreditlarga qo‘shib olib boriladi. Ya’ni 1 yildan ortiq 

muddatga olingan kreditlar 7810-«Uzoq muddatli kreditlar» schyotida hisobga olib boriladi. 

Qisqa  muddatli  bank  kreditlari  bo‘yicha  quyidagicha  buxgalteriya  ikki  yoqlama  yozuvi 

amalga oshiriladi:  

 


Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish