Microsoft Word 03 Kishlok xujaligida buxalteriya xisobi va solikka tortish \


 Chorvachilik tarmog‘i tavsifi, hisobining vazifalari va uslubiy asoslari



Download 4,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/495
Sana31.12.2021
Hajmi4,92 Mb.
#272029
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   495
Bog'liq
ZOjLPwINQ2gRdjqUOx4OqsGUaFN6rWtkE5NjqZFA

11.4.1. Chorvachilik tarmog‘i tavsifi, hisobining vazifalari va uslubiy asoslari 

Chorvachilik  tarmog‘i  aholining  sut,  go‘sht  va  boshqa  oziq-ovqat  mahsulotlariga, 

sanoatning  esa  xom-ashyoga  bo‘lgan  talabini  qondiradi.  Keyingi  yillarda  qishloq  xo‘jaligida 

islohotlarning  chuqurlashtirish  natijasida  chorvachilikka  ixtisoslashgan  fermer  xo‘jaliklari, 

mas'uliyati  cheklangan  jamiyatlar  (MCHJ)  va  xususiy  chorvachilik  korxonalari  rivojlanmoqda. 

Ushbu  tarmoq  rivojlanishidagi  bunday  yo‘nalish  mahsulot  yetishtirishni  ko‘paytirish,  mehnat 

unumdorligini  oshirish  mahsulot  sifatini  yaxshilash  va  tannarxini  arzonlashtirishga  imkon 

yaratmoqda. 

Chorvachilik o‘simlikchilik bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i bo‘lib, 

uning tarkibiga sut va go‘sht yo‘nalishidagi qoramolchilik, qo‘ychilik, cho‘chqachilik, yilqichilik, 

parrandachilik,  asalarichilik,  quyonchilik,  ipakchilik,  baliqchilik  va  boshqalar  kiradi.  O‘z 

navbatida  bu  tarmoqlarning  har  biri  mahsulotning  ayrim  turlarini  yetishtirishga  ixtisoslashgan 

holda  muayyan  ishlab  chiqarishlarni:  qoramolchilik  –  sut  chorvachiligini  hamda  mol  go‘shti, 

parrandachilik – tuxum hamda parhez go‘sht yetishtirishni o‘z ichiga oladi. 

Shunga  ko‘ra,  chorvachilikdagi  xarajatlar  ishlab  chiqarish  sohalari  va  turlari  bo‘yicha 

farqlanadi. Bu esa buxgalteriya hisobida o‘z aksini topishi kyerak. 

Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi chorvachilikda ham ishlab chiqarish xarajatlari xilma-xil. 

Ular turli xildagi moddiy xarajatlarni (ozuqa, biopreparatlar, dori-darmonlar, turli Materiallar va 

hokazolar),  sarflangan  mehnat,  asosiy  vositalarning  eskirishi  va  boshqalarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Demak,  buxgalteriya  hisobi  chorvachilik  xarajatlarini  ularning  turlari  bo‘yicha  qat'iy  hisobga 

olishni ta'minlashi kyerak.  

Chorvachilikda mablag‘larning doiraviy aylanishi dehqonchilikdagiga qaraganda muhim 

farq va xususiyatlarga ega. Tarmog‘da ishlab chiqarishning texnologik jarayoni muomalalarning 

bir maromda sodir bo‘lishi va bir xilligi bilan o‘simlikchilikdagidan farq qiladi. Bu xususiyatlar 

albatta, tabiiyki, xarajatlarni hisobga olishni tashkil etishga ta’sir ko‘rsatadi. 

Chorvachilikda, odatda, mablag‘lar sarflanishi va mahsulotlar olish davrlarida uzulishlar 

uzoq  davom  etmaydi.  Shu  bois,  joriy  yildagi  barcha  xarajatlar  mazkur  kalendar  yilida  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlarga  tegishli  bo‘ladi.  Demak,  buxgalteriya  hisobida  chorvachilik 

xarajatlarini, dehqonchilikdagi singari, yondash yillarga ajratish zaruriyati yo‘q. Chorvachilikdagi 

barcha xarajatlar joriy yil mahsulotlari uchun qilinadigan xarajatlar hisobga olinadigan schotlarda 

aks ettiriladi. 

Chorvachilikda  dehqonchilikdagi  singari  bajariladigan  ishlar  ham  xilma-xil  bo‘lmaydi. 

Bunda ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bajariladigan ishlar (oziqlantirish, mollarga qarash 

va  mahsulot  olish)ning  bir  xilligi  bilan  tavsiflanadi.  Bu  ishlarning  hammasi,  odatda,  uzluksiz 

davom etadi va vaqt bo‘yicha qat'iy chegaralanmaydi. Demak, buxgalteriya hisobida xarajatlarni 

mana shu belgilar bo‘yicha bo‘limlarga ajratish uchun ehtiyoj yo‘q. 

Nihoyat,  chorvachilikda  ishlab  chiqarish  jarayoni,  odatda,  bir  joyga  jamlangan  bo‘ladi. 

Masalan,  sut  ishlab  chiqarish  sutchilik  majmuilarida  va  hokazo.  Shunday  ekan,  buxgalteriya 

hisobida  xarajatlarni  ayrim  ishlab  chiqarish  bo‘linmalari  bo‘yicha  hisobga  olishga  ham  ehtiyoj 

yo‘q.  


Shunday qilib, chorvachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini  yondash  yillar, ish turlari va 

ba'zan ishlab chiqarish bo‘linmalari kabi muhim belgilar bo‘yicha alohida-alohida hisobga olishga 

ehtiyoj  yo‘q.  Xarajatlarni  chegaralash  va  tegishli  yakuniy  ma’lumotlar  olish,  odatda,  ikki 

yo‘nalishda amalga oshiriladi: 

- ishlab chiqarishning asosiy turlari va chorva mollarining asosiy guruhlari bo‘yicha; 

- xarajatlarning asosiy turlari bo‘yicha; 

Ayrim hollarda masalan, qorako‘lchilik va parrandachilikda xarajatlar hisobi bo‘linmalari 

alohida tashkil etilishi mumkin. 

Xarajatlarni ishlab chiqarish turlari va chorva mollarining guruhlari bo‘yicha hisobga olish 

analitik  hisob  obektlarini  to‘g‘ri  tashkil  etish  hisobiga  ta'minlanadi.  Analitik  hisob  obektlari 

chorvachilikning  asosiy  tarmoqlari  bo‘yicha,  tarmoq  ichida  esa  ishlab  chiqarishning  har  bir 

turibo‘yicha yoki chorvamollarining guruhi bo‘yicha ochiladi. 




 

Xarajatlarni asosiy turlari bo‘yicha hisobga olish hisob registrlarini tegishli tarzda tuzish 

orqali ta'minlanadi. Xarajatlarni hisobga olish ko‘p grafali shakldagi registrlarda xarajatlarning har 

bir tarmog‘iga alohida grafa ajratilgan holda olib boriladi. 

Chorvachilik xarajatlarni hisobga olishda har xil uslublardan foydalanish ehtiyoji paydo 

bo‘lmaydi. Barcha zarur ma’lumotlar analitik hisob va hisob registrlarini odatdagicha tuzish orqali 

olinadi. 

Chorvachilik xarajatlari hisobining olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

xarajatlarni  ishlab  chiqarish  turlari  va  chorva  mollarning  guruhlari  bo‘yicha  iqtisodiy 



asoslangan holda ajratish; 

yetishtiriladigan  mahsulotning tannarxi shakllanadigan barcha xarajatlarni iqtisodiy jihatdan 



bir turdagi element va tarmoqlar bo‘yicha aniq ajratib chiqish; 

chorvachilikdan olingan mahsulotlarni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq aks ettirish; 



xo‘jalikning bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlarni aniq aks ettirish; 

asosiy, yondash va qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini iqtisodiy asoslangan holda hisoblash. 




Download 4,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   495




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish