O’zbekistonda g’allachilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*
289
2014
1655,6
8050,5
45,3
259
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Istiqbolda mamlakat axoli jon boshiga o’rtacha 500 kg dan ishlab chiqarish g’allachilik
tarmog’ining sosial-iqtisodiy hamda siyosiy samaradorligini oshiradi. Ammo, bu vazifani boshqarish
o’ta murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun dunyo bozoridan ayrim don maxsulotlari sotib
olish davom etadi.
Keyingi yillarda Davlat reyestriga yumshoq kuzgi va duvarak bug’doyning 42 ta, qattiq kuzgi
va duvarak bug’doylarning 9 ta, bahori yumshoq bug’doyning 2 ta, bahori qattiq bug’doyning 2 ta
navlari kiritilgan. Jumladan yumshoq bug’doyning:
Chillaki. O’zbekiston sug’oriladigan maydonlariga ekish uchun 2002 yildan Davlat reyestriga
kiritilgan. Biologik kuzgi.
Nav o’ta ertapishar, past bo’yli (85-95 sm), yotib qolishga chidamli, Eritrospirmum turxiliga mansub.
Sovuqqa chidamligi o’rtacha, qurg’oqchilikga chidamli, o’rtachadan past darajada sariq zang va
boshoq fuzariozi bilan kasallanishi mumkin. Qorakuya kasalliklariga chidamli. Nav o’ta
ertapisharligi sababli bu kasalliklar nav hosildorligiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatolmaydi. O’rtacha
hosildorligi normal agrotexnika sharoitida gektaridan 60-70 sentnerni tashkil etadi. Don sifati
bo’yicha “qimmatbaho” don beradi. 1000 ta don vazni 40-42 g, dondagi oqsil miqdori 13-14 foizga
teng, kleykovinasi 26-28 foiz, un chiqishi 67-74 foizgacha
Kupava. Lyutessens turxiliga mansub. Biologik kuzgi. Yirik boshoqli va hosildor nav. Doni
o’rtacha yiriklikda qizil yoki och qizil rangli, yarim chuzinchoq shaklda. 1000 ta donning vazni 40,0
dan 46,0 g gacha.
O’zbekiston sharoitida 220 kunda pishadi. O’suv davri respublikaning shimolida (Qoraqalpog’iston)
– 255 kun, janub sharoitida 186 kun.
Nav yotib qolish va to’kilishga bardoshli, qishga chidamligi – 5,0 ball. Respublika non inspeksiyasi
laboratoriyasining ma’lumotiga ko’ra navning texnologik va non yopish sifati yomon emas: oqsil
miqdori 11,0-12,5%, kleykovinasi 26,0-28,0 %, un chiqishi 72,0-78,0 %, nonning ko’tarilishi hajmi
299-331 sm3. Umumiy non yopish bahosi yaxshi 4,0 ball. Hosildorligi 70 s/ga.
Umanka. Lyutessens turxiliga mansub. Biologik kuzgi. Doni ovalsimon, o’rtacha yiriklikda, to’q,
shishasimon, to’q srrg’ish-qizil. 1000 ta donning vazni 37,0 dan 42,0 g gacha. Don sifati kuchli
bug’doy talablariga javob beradi. Hosildorligi 60-70 s/ga.
Tanya. Yarim pakana nav, o’rtapishar, yotib qolishga chidamligi yuqori. Turxili Lutescens. Doni
to’kilmaydi. Navning potensial hosildorligi raqobatli nav sinovida gektaridan 122,1 sentnerni tashkil
etgan.
1000 dona donning vazni 45,4-46,5 g, naturasi 795-810 g/l. Sifat ko’rsatkichlari bo’yicha
“qimmatbaho” bug’doylar guruhiga kiritilgan.
Sariq zang va poya zangi, un shudring, chang qorakuya kasalliklariga chidamli. Qo’ng’ir zang,
septorioz va boshoq fuzariozi kasalliklariga o’rtacha chidamli. Sovuqqa chidamligi o’rtachadan
yuqori, qurg’oqchilikka chidamligi yuqori.
Krasnodar-99. Past bo’yli, o’simlik balandligi 90 sm.ga yaqin, yotib qolishga chidamligi yuqori.
O’rtapishar. Turxili Lutescens. Nav maxsuldor, hosildorligi gektaridan 72,6 sentnerni tashkil etadi.
Don sifati bo’yicha “qimmatbaho”, mineral oziqlantirish to’g’ri nisbatlarda o’tkazilganda “kuchli”
don ham berishi mumkin.
Chang qorakuyaga chidamligi yuqori, sariq va poya zangiga chidamli, dala sharoitida un shudring va
septorioz kasalliklariga chidamli, boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli, qo’ng’ir zang kasalligiga
beriluvchan. Qurg’oqchilikka chidamli, sovuqqqa chidamligi o’rtachadan yuqori.
Moskvich. O’rta bo’yli 95-100 sm, yotib qolishga chidamli. O’rtapishar, Turxili Lutescens. Navning
don hosili potensial imkoniyati yuqori, gektaridan 73,2 sentner. Don sifati bo’yicha “kuchli”
bug’doylar guruhiga kiradi.
Chang qorakuya, qo’ng’ir va sariq zang, boshoq fuzariozi kasalliklariga chidamli, sovuqqa chidamligi
yuqori, qurg’oqchilikka chiddamli.
290
Kuma. Past bo’yli, bo’yi 90-100 sm, yotib qolishga chidamligi yuqori. O’rta ertapishar. Turxili
Lutescens. Hosildorligi gektaridan 100 sentner.
Don sifati ko’rsatkichlari yuqori. Qo’ng’ir, sariq va poya zangi, septorioz, un shudring kasalliklariga
chidamli, boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Qishga chidamligi yuqori, qurg’oqchilikka chidamli.
Nota. Past bo’yli, 85-90 sm., yotib qolishga chidamli. Turxili Lutescens. Tezpishar. Navning don
mahsuldorlik potensial imkoniyati o’ta yuqori. Shimoliy Kuban qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida
3 yilda (2000-2002) o’rta hosildorlik 100,4 sentnerni tashkil etgan. Don sifati bo’yicha «kuchli» don
beradi.
Chang qorakuya va qo’ng’ir zang kasalligiga chidamligi yuqori, sariq, poya zangi hamda septorioz
kasalligiga dala sharoitida chidamli, un shudring va boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Qattiq
qorakuya kasalligi bilan oz miqdorda kasallanadi. Sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamligi o’rtacha.
Yesaul. Nav yarim pakana, bo’yi 85-90 sm, yotib qolishga chidamli, o’ta ertapishar. Turxili
erythrospermum. 1000 ta don vazni 42-44 gr. Hosildorligi 100 s/ga. Dondagi oqsil 14,6, kleykovina
miqdori 29,2, donining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha kuchli bug’doy guruhiga kiradi.
Chang qorakuya, sariq zangi va un shudring kasalliklariga chidamli yuqori. Qo’ng’ir va poya zang
kasalliklariga dala sharoitida chidamli. Septorioz kasalligiga nisbatan chidamli. Boshoq fuzariozi
bilan o’rtacha holda kasallanadi. Qattiq qorakuyaga beriluvchan. Sovuqqa chidamli,
Selyanka. Biologik kuzgi. Lyutessens turxiliga mansub. 1000 ta donining vazni o’rtacha 41,0-44,5g.
Nav o’rtacha bo’yli navlar guruhiga kiradi. O’simlikning bo’yi o’rtacha 75-100 sm. Yotib qolishga,
to’kilishga chidamligi 4,5-5,0 ballgacha. Qishga chidamligi 4,5 – 5,0 ballga teng. Vegetasiya davri
Respublikamiz janubiy viloyatlarda 190 kun,boshqa viloyatlarda o’rtacha 203-210 kun.
Hosildorligi respublikaning sug’oriladigan yerlarida 58,3-65 s/ga. O’zbekiston sharoitida navning
texnologik va non yopish sifati yaxshi.
Qattiq bug’doyning davlat reyestriga kiritilgan quyidagi navlarini mintaqa tuproq iqlimiga mos holda
ekish mumkin:
Makuz-3. Doni o’rtacha kattalikda, oval-silindrsimon, sariq limon rangli, sayoz ariqchali. 1000 ta
donning vazni 38,4-39,1g. O’rtaertapishar 180-200 kunda pishadi. Qishga chidamligi yaxshi, 5,0 ball.
2000-2004 sinov yillarida o’rtacha don hosildorligi 48,5-59,9 s/ga.
Navning texnologik va makaronboplik sifati yaxshi.
Karlik-85. Melyanopus turxiliga mansub. Biologik bahorgi. Doni o’rtacha kattalikda, to’q sarg’ish,
dumaloq, sayoz ariqchali. 1000 ta donning vazni 38,4-45,8 g.
Past bo’yli navlar guruhiga mansub. O’rta ertapishar, vegetasiya davri 181-209 kun. Yotib qolish va
to’kilishga bardoshli, 5,0 ball. Hosildorligi sug’oriladigan yerlarda 40,8-59,5; lalmikorlikda 26,0 s/ga.
Navning texnologik va makaronboplik sifati yaxshi.
Istiqlol. Melyanopus turxiliga mansub. Biologik bahori. Doni yirik, oq, ariqchasi o’rtacha oval-
cho’zinchoq. 1000 ta donning vazni 44,5-47,5 g.
Bo’yi o’rtacha balandlikda. Yotib qolish va to’kilishga bardoshligi 5,0 ball. Qishga chidamli.
O’rtacha hosildorligi 45,2-47,4 s/ga. Vegetasiya davri 198-204 kun.
Yaxshi texnologik va makaronboplik ko’rsatgichiga ega.
Krupinka. Leukurum turxiliga mansub. Doni yirik, oq, shishasimon, chuzinchoq, 1000 ta donning
vazni 45-49 g, naturasi 780-820 g/l.
Nav yarimpakana (balandligi 80-85 sm), yotib qolish va to’kilishga bardoshli. Qishga va
qurg’oqchilikka chidamligi o’rtacha. O’rtapishar. Sariq va qo’ng’ir zang hamda un shudring
kasalliklariga chidamligi bilan xarakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: