1-jadval
O’zbekistonda asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining yalpi hosili
(barcha toifadagi xo’jaliklarda; ming tonna) (2005-2014 yy.)*
2005
2006
2007
2008
2009
2010
2011
2012
2013
2014
1
G’alla
(ishlovdan
keyingi vaznda)
6401,8
6546,7
6643,1
6621,6
7293,1
7404,1
7054,0
7519,5
7807,8
8050,5
2
Shu jumladan:
3
Bug’doy
5927,8
5996,3
6076,9
6039,7
6545,3
6657,3
6444,9
6612,2
6842,0
6956,0
4
Arpa
109,5
72,5
97,2
141,2
231,8
173,9
136,1
141,4
135,8
139,6
5
Sholi
165,8
220,3
186,3
112,7
192,1
244,8
118,4
325,7
340,2
356,1
6
Makkajo’xori
164,3
194,2
207,4
229,0
230,0
230,4
255,3
328,1
360,1
411,6
7
Dukkakli
don
ekinlari
21,7
30,.6
33,3
34,8
25,5
38,7
38,5
46,7
62,4
70,7
8
Paxta
3728,4
3600,6
3683,4
3400,5
3401,9
3404,0
3500,0
3460,1
3361,2
3400,2
9
Kartoshka
924,2
1021,0
1189,0
1398,7
1530,9
1694,8
1862,6
2057,1
2250,4
2452,4
10 Sabzavot
3517,5
4294,1
4691,9
5221,3
5710,3
6346,5
6994,0
7767,4
8518,4
9286,7
11 Poliz ekinlari
615,3
744,1
840,9
981,3
1071,3
1182,4
1294,8
1418,4
1558,3
1696,1
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015
to’plam materiallari.
287
2-jadval
O’zbekistonda asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi
(barcha toifadagi xo’jaliklarda; gektaridan sentner) (2005-2014 yy.)
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014
1 Don(ishlov
berilgandan
keyingi
vaznda)
39,8
41,3
42,5
42,0
44,1
43,6
45,3
44,6
45,0
45,3
2 Bug’doy
41,5
42,7
44,1
44,4
48,2
45,9
47,2
47,3
47,4
47,9
3 Arpa
15,7
15,6
19,8
14,4
14,2
20,2
17,0
17,0
15,0
13,5
4 Guruch
31,8
33,0
33,6
33,5
36,0
31,2
35,4
32,4
41,1
38,1
5 Makkajo’xori
44,5
46,6
47,2
51,0
53,5
50,7
49,0
43,6
50,0
50,2
6 Dukkakli don
ekinlari
11,5
12,0
8,4
9,9
8,9
10,5
12,3
11,4
12,0
14,9
7 Paxta
25,3
25,0
25,5
24,0
25,3
25,4
26,3
26,4
25,7
26,1
8 Kartoshka
170,3 175,2 184,1 194,1 198,4 194,9 195,7 203,7 210,7 213,6
9 Sabzavot
215,8 223,0 228,4 246,4 253,6 252,5 263,7 265,6 270,9 268,3
10 Poliz ekinlari
169.1 178,2 184,6 190,9 191,0 192,6 187,3 200,3 200,0 201,3
*
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va
O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.
Keltirilgan jadvallarda keyingi 10 yillikda, ya’ni 2005-2014 yillarda qishloq xo’jaligi ekinlari
yalpi hosili va hosildorligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan bo’lib, unda mamlakatimizda g’alla
mustaqilligiga erishish davri raqamlarda aks etgan. Tahlil etilayotgan davrda g’alla 1,2 martaga,
jumladan bug’doy ham 1,2 martaga, makkajo’xori 2,5 martaga, dukkakli don ekinlari 3,3 martaga
oshgan. Paxta-xom ashyosi -8,8 ga kamaygan. Bu asosan ekin maydonlari kamayishi hisobiga
bo’lgan.Kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari ham mos ravishda – 2,6; 2,6 va 2,7 martaga ko’paygan.
Shu davrda barcha qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi (arpadan boshqa) oshib borgan.
15.3.G’allachilikning xalq xo’jaligidagi axamiyati
G’allachilik o’simlikchilikning yetakchi tarmog’i hisoblanadi va aloxida xalq xo’jaligi
axamiyatiga ega. O’zbekiston aholisi iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarida katta kalloriya hamda oqsil
hisobida olingan don maxsulotlarining hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon
boshiga non, vermishel, makaron, guruch, mosh, no’xat, loviya va boshqa g’alla mahsulotlaridan
tibbiy me’yorlarga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan, chorvador olimlar
tomonidan aniqlangan me’yorlarda, oziqlantirish zotli chorva mollari potensial maxsuldorligi
imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga sharoit yaratadi. Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo
hisoblanadi va uning rivojlanish darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
G’allachilikning qo’shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va x.k.)dan chorva ozuqasi,
to’shama organik o’g’it, qog’oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom ashyo sifatida foydalanish ham
yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy va qo’shimcha mahsulotlarini ko’paytirish va
sotishni tashkil etish mamlakatning sosial-iqtisodiy rivojlanishi hamda axolini arzon oziq-ovqat va
boshqa maxsulotlar bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O’zbekistonda 2012 yilda tashkil
topgan chakana baholarda 1 kg yumshoq bug’doydan tayyorlangan1,2 kg I nav non maxsulotini
sotishdan 1600 so’m pul tushumi olinadi. Bundan tashqari kepak va somon mahsulotlaridan 290-300
so’mga yakin pul olinadi. Demak 1 kg bug’doydan olingan asosiy va qo’shimcha mahsulotlarning
qiymati 1890-1900 so’mga tengdir. O’zbekiston iqlim sharoitida kuzgi g’alla ekilgan maydonlarda
ikkinchi ekin (chorva ozuqasi, kartoshka va sabzavot)lardan maxsulotlar olish mumkin.
Demak, g’allachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv va boshqa resurslar potensialidan
samarali foydalanishga sharoit yaratadi. Ammo, ayrim tarixiy davrlarda O’zbekistonda
288
g’allachilikning rivojlanish darajasi bozor iqtisodiyoti hamda mustaqil rivojlanish talablariga to’laroq
javob bermagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |