Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti


Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

16.18.Baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari 

 

Bozor iqtisodiyotigacha bo’lgan davrlarda baliq yetishtirish, uni sotish masalalari ancha 

takomillashmagan va oddiy uslublarda tashkil topgan edi. Muximi bu tarmoqni tarmoq sifatida tan 

olish va aholining unga bo’lgan iste’molini tibbiy me’yorlar darajasida ta’minlashga jiddiy e’tibor 

qaratilmas  edi.  Hozirda  alohida  baliqchilik  xo’jaliklarining  tashkil  etilishi,  ularning  yetarli 

darajada yer-suv, moddiy,  mehnat va boshqa resurslar bilan ta’minlanishi o’z navbatida ularga 

pirovard natijaga erishishda samarali faoliyat ko’rsatishlarini taqozo qiladi.  

Kelajakda  ko’proq,  sifatliroq  va  arzonroq  baliqchilik  mahsulotlarini  yetishtirish  hamda 

sotish uchun quyidagi omillar, tavsiyalar va imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarur: 

I.Sun’iy suv havzalarida baliq yetishtirish  bo’yicha: 

1.Qishloq  xo’jaligi  ekinlari  maqsadlarida  ishlatilmaydigan  sho’rxok  yerlarda    kichik 

baliqchilik fermer  xo’jaliklari tashkil etish; 

2.Har  bir  tumanda  fermer  xo’jaliklarini  tizimli  ravishda  mayda  baliq  chavoqlari  bilan 

ta’minlaydigan inkubasion – reproduktor xo’jaliklarini tashkil etish; 

3.Baliqchilik  fermer  xo’jaliklarini  O’zdonmaxsulot  korxonalari    va  Chinoz  maxsus  baliq 

omuxta    yem  ishlab  chiqarish  korxonalarida  ishlab  chiqarilgan    omuxta  yem  bilan  uzluksiz 

ta’minlash; 

4.Tumanlardagi  shiyponlarda  mavjud  hovuzlarda  kanal  va  kollektorlar  relyefini  inobatga 

olgan  holda  suv  kirib  chiqishini  ta’minlab  beruvchi  basseynlarda  intensiv  baliq  yetishtirish 

texnologiyasini joriy etish; 

5.Tuman  hokimliklari  va  hududiy    havza  boshqarmalari  sun’iy  suv  havzalarida  baliq 

yetishtiruvchi korxonalarini  2012  yilda zarur hajmdagi suv bilan kafolatli ta’minlash bo’yicha  

ishlarini aniq  belgilab olishlari.  

II.Tabiiy suv havzalarida baliq ovlash va ularni baliqlantirish masalalari bo’yicha: 

1.Baliqchilik  sohasida  foydalanishi  mumkin  bo’lgan  tabiiy  suv  havzalarini  qayta 

inventarizasiya qilish va ko’llardagi baliq zaxiralaridan  oqilona foydalanishni tashkil etish;   




 

 

343 



 

2.Viloyat va tuman miqyosida tabiiy suv havzalarda ishlatilmay turgan  bo’sh maydonlarni 

ijaraga berishni tashkillashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olinishi; 

3.Tabiiy suv  havzalaridan foydalanganlik  uchun  ijara  to’lovlarini  o’z  vaqtida to’lashni 

ta’minlash; 

4.Tabiiy  suv  havzalarini  baliqlantirishni  suv  havzalari  yaqinida  markazlashtirilgan    tarzda 

tashkil etishni yo’lga qo’yish; 

5.Tuman hududlarida noqonuniy –brakonyerlik bilan shug’ullanyotgan shaxslarga qonunda 

belgilangan tartibda ma’muriy jazo choralarini  qo’llash; 

6.Aholi  bandligini  ta’minlash  uchun  tabiiy  ko’llarda  sun’iy  qafaslarda  baliq  yetishtirish 

texnologiyasi joriy etish bo’yicha xorijiy va maxalliy investorlar mablag’larini jalb etish. 

7.Baliq  mahsulotlarini  qayta  ishlash  va  baliq  mahsulotlarini  tuman  bozorlarida  uzluksiz 

sotishni tashkil etish  va mavsumiy bank kreditlari ajratish bo’yicha: 

8.Tuman  markaziy  bozorlarida  maxsus  baliq  sotish  shoxobchalarini  va  tirik  baliq  sotishga 

mo’ljallangan  baliq  akvariumlarini  qurish  va  ularda    ularda  muntazam  ravishda  baliq  sotishni 

tashkil etish; 

9.Tirik   baliqlarni  yarim tayyor mahsulot holida qayta ishlaydigan kichik korxonalarni qurish 

va ularni  maxsus    uskunalar, muzlatgich, sovutgichlar  bilan jixozlashni tashkil etish; 

10.Tuman hududidagi ovqatlanish korxonalarida baliq taomlarini menyularda doimiy bo’lishini  

va baliq taomlari xilma-xilligini  ta’minlash. 

11.Baliqchilik  sohasini  rivojlantirish  maqsadida,  moddiy-texnika  bazasini  yangilash,    yangi 

texnologiyalar  olib  kirish,  qayta  ishlashni  tashkil  etish  uchun  baliqchilik  xo’jaliklariga  bank 

kreditlari berilishi ustidan nazoratni o’rnatish. 

Baliqchilik sohasiga oid qonun hujjatlarni takomillashtirish vazifalari: 

1.Hozirgi kunda baliqchilik bo’yicha yagona qonun qabul qilish zarurati yuzaga kelgan. 

2.Qabul qilinadigan qonun: 

3.Cun’iy  baliqchilik    ho’jaliklarida  baliq  yetishtirish,  hovuz  va  yer  fondidan  maqsadli 

foydalanish; 

4.Tabiiy  suv  havzalaridagi  baliq  zahiralaridan  samarali  va  oqilona  ovlashni  tashkil  qilish 

hamda  baliq  zahiralarini  ko’paytirish    choralarini  kuchaytirish  va  ovlovchi  korxonalarning 

konuniy javobgarligini oshirish; 

5.Baliq mahsulotlarini sotishni tartibga olish va iste’molchilar huquqini  himoya qilish; 

6.Baliq  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish  va  qayta  ishlashni  tashkil  qilish  jarayoni  soliq  va 

bojxona imtiyozlarini  yaratish masalalarini o’z ichiga olishi zarur.     

 

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish