O’zbekistonda chorvachilikning yaqindan taraqqiy etib kelayotgan tarmoqlaridan biri
asalarichilik - qishloq xo’jaligining ham muhim tarmog’i hisoblanadi. Asalarichilik
Asalarining asosiy mahsuloti – asal, shifobaxshlik va parhyezlik xususiyatidan tashqari juda
shirin ma’zaga ham ega. Asalarichilikning boshqa yana bir muxim mahsulotlaridan, biri ona ari
suti, propolis, asalari zaxari, gulchangi, mum keng miqyosda xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarida, ya’ni tibbiyotda, kimyoda, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligining bir tarmog’i sifatida asalarichilikning asosiy maqsadi tovar asal ishlab
chiqarish hisoblanadi. Asalari mahsulotlarida ko’p miqdorda to’yimli moddalar bo’lib, uning va
shifobaxshlik xususiyatlar mavjud. U ko’pgina teri kasalliklarini davolashda, iste’mol qilinganda
organizmning himoya kuchini oshirishda, endokrin bezlarining ishini mo’tadillashtirishda, yurak
qon sistemasining faoliyatini to’g’ri saqlashydai katta yordam beradi. Asalni doimiy ravishda
344
iste’mol qilib turilsa uyquni yaxshilab, ishtaxani ochadi, qon bosimini o’nglaydi. Sifatsiz asal
foyda o’rniga organizmga zarar keltirshi mumkin, inson organizmini zaxarlab ovqat hazm qilishni
buzadi va hokazo. Asalning shifobaxshlik xususiyati uning kelib chiqishiga, olish texnologiyasiga,
qayta ishlash, saqlash sharoitiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatib, xalq xo’jaligiga bebaho foyda keltiradi. Asalarilar
qishloq xo’jaligi ekinlarini changlatish natijasida olingan hosildan keluvchi foyda, uning barcha
boshqa mahsulotlaridan olinadigan foydadan 10-17 marta ortiq ekanligi dunyo olimlari tomonidan
isbotlab berilgan. Yaylov va butazorlardagi dukkakli o’simliklarni changlatib, uning hosildorligini
oshirib chorvachilikning rivojalanishiga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Oliy malakali, chuqur va
mustaxkam bilimli mutaxassislargina asalarichilik sohasini yaxshi olib borishlari mumkin.
Asalarilarning changlatishdagi ahamiyati azaldan ma’lum. O’simliklarning changlanish
masalasi bilan ko’pgina olimlar shug’ullanishgan. Ular asalarilar poliz ekinlari va mevali
daraxtlarni changlatishda qatnashib, ularning hosildorligini 4-5 marta oshirganligini isbotlaganlar.
Asalarilar yordamida va boshqa kompleks tadbirlarni qo’llab, hosilni oshirish masalasiga
mamlakatning barcha viloyatlarida ham ahamiyat berilmoqda. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra
o’simliklarni asalarilar yordamida changlatish beda hosilini 180-250% gacha, kungaboqarni 40-
50% gacha, qora bug’doyni 1,5 marta, karam, sholg’om, piyozni 30-40% gacha, zig’irni 27%
gacha va paxta hosildorligini 2,0-2,5 s.ga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: