Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

 

 

15.7.Paxtachilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati 

 

G’o’za texnik ekinlar guruhiga kiradi. Ular o’z navbatida yig’iruv va oziq-ovqat mahsulotlari 



beruvchi  va  boshqa  guruhlarga  bo’linadi.  Yigiruv  mahsulotlari  beruvchi  ekinlarga  g’o’za,  zig’ir, 

kenaf, jut va boshqalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi ekinlar guruhiga esa qand lavlagi, 

yog’ beruvchi, dorivorlar, chekish uchun tamaki va maxorka, kauchuk beruvchi va boshqalar kiradi. 

Yer  yuzida  80  ga  yaqin,  O’zbekistonda  esa  –40  ga  yaqin  texnik  ekinlar  ekiladi.  Ularning 

ichida  g’o’za  asosiy  ekin  hisoblanadi.  G’o’za  yetishtirishdan  paxta  xom-ash’yosi  va  g’o’zapoya 

olinadi.  Paxta  xom-ash’yosini  birlamchi  qayta  ishlash  jarayonida  paxta  tolasi  va  chigit  olinadi. 

Odatda,  paxta  tolasi  chiqishi  30-35,  urug’i  esa  –  60-65  foizni  tashkil  etadi.  Bir  tonna  paxta  xom-



 

 

295 



ash’yosini qayta ishlashda 3000 m.kub.ga yaqin gazlama, 100-110 kg yog’, 200-250 kg kunjara, 50-

60 kg. sheluxa, 10 kg. xo’jalik sovuni va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. 

Paxtachilik  universal  tarmoqqa  aylanib  bormoqda.  Uning  asosiy  mahsulotlari  paxta  xom-

ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O’zbekiston 

to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoatida – 

chigit 90 foizni tashkil etadi.  

Paxta xom-ash’yosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va boshqa ko’pgina 

buyumlar  ishlab  chiqariladi.  Chigitdan  eng  arzon  yog’,  margarin,  sovun,  gliserin  va  boshqa 

mahsulotlar,  chigit  qoldig’idan  esa  kunjara,  sheluxa  olinadi.  Paxta  tozalash  va  yog’  zavodlari 

chiqindilaridan  izolyasiya  materiallari,  sellyuloza,  spirt,  linoleum,  lok,  har  xil  buyoqlar,  kino 

plyonkasi va boshqa ko’pgina tovarlar tayyorlanadi. 

G’o’za  bargidan  organik  kislotalar,  jumladan,  sirka,  limon,  olma  kislotasi  olinadi. 

G’o’zapoyadan  dag’al  qog’oz,  karton,  faner,  oshlash  va  boshqa  materiallar  ishlab  chiqariladi. 

Chigitdan  olinadigan  sheluxa  chorva  mollari  uchun  to’yimli  ozuqa  hisoblanadi,  undan  gidroliz 

sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, 

plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar 

g’o’za  gullaridan  mavsumda  60-70  kg  asal  mahsuloti  olish  mumkin.  Asalarichilikni  tashkil  etish 

hisobiga  g’o’zaning  changlanish  sifati  tubdan  yaxshilanadi  va  uning  hosildorligi  2-3  sentnerga 

oshadi. 

Bir tonna paxta xom – ash’yosini qayta ishlashdan olingan asosiy tovar mahsulotlar(gazlama, 

yog’,  kunjara,  sheluxa,  momiq)ni  sotishdan  2012  yil  o’rta  baholarida  hisoblaganda  7650  ming 

so’mlik pul tushumi tushadi. Agar gazlamadan tayyor kiyimlar tayyorlanib sotilsa pul tushumi 4-5 

marta ko’payadi. 

     Paxta  tolasini  jahon  bozorida  sotish  jarayonida  O’zbekistonning  xalqaro  valyuta  fondi 

ko’payadi, natijada uning yangi texnologiya va texnikani sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, 

hamda iqtisodiy taraqqiyoti tezlashadi va h.k.  

 


Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish