Microsoft Word 01 Kishlok xujalik ishlab chikarish iktisodiyoti



Download 8,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/506
Sana02.01.2022
Hajmi8,59 Mb.
#309578
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   506
Bog'liq
SbCAgyY7CmSVcCJppxMquAbOu1rTInCLeNPl61ux

 

Respublikada  mustaqillik  yillarida,  o’zimizda  yaratilgan  (2010-2014  yillarda)g’allaning  quyidagi 

navlari rayonlashtirilgan:

 



 

 

292 



ya’ni,  kuzgi  yumshoq  bug’doynin:Asr-434.UZ.2013  y.,  Baxmal  97  UZ.2012  y.,Matonat-434. 

UZ.2010 y., Omad -434. UZ.2012 y., Saidaziz-316. UZ.2010 y.,Turkiston-319. UZ.2011 y., Yaksart-

319. UZ.2014 y. va 

 

kuzgi qattiq bug’doyning: Javoxir - 5.UZ.2011 y. va 



 

baxorgi yumshoq bug’doyning: Baxor-5.UZ.2013y.navlari rayonlashtirilgan.



 

Mustaqillik  yillarida g’allachilik urug’chiligi bilan shug’ullanuvchi ilmiy tadqiqot instituti 

xodimlarini  rag’batlantirish  maqsadida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  27 

sentyabrdagi  PQ–1621-sonli  «2012  yil  hosili  uchun  kuzgi  boshoqli  don  ekinlarini  ekish,  navlarni 

joylashtirish  va  xarid  qilishning  tashkiliy  chora-tadbirlari  to’g’risida»gi  qaroriga  muvofiq,  don  va 

dukkakli  don  ekinlari  ilmiy  tadqiqot  instituti  va  uning  filiallariga,  urug’chilik  hamda  boshqa 

xo’jaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urug’lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha 

ajratish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Moliya vazirligi va 

Iqtisodiyot  vazirligi  birgalikda  2012  yil  30  may,3/1-sonli    “Don  va  dukkakli  don  ekinlari  ilmiy 

tadqiqot instituti va uning filiallariga, urug’chilik hamda boshqa xo’jaliklardan davlat resursiga xarid 

qilinadigan urug’lik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi to’g’risidagi nizomni 

tasdiqlash haqida”qarori qabul qilindi.Unga binoan ishlab chiqilgan Nizomda don va dukkakli don 

ekinlari ilmiy tadqiqot institutining maxsus hisob varag’iga o’tkazilgan, davlat resurslari uchun xarid 

qilingan urug’liklarning avlodlari bo’yicha to’lanadigan ustamadan jamg’arilgan 3 foizgacha mablag’ 

100 foiz deb hisoblanib, quyidagi tartibda taqsimlanish belgilab qo’yildi: 

30 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining seleksiya va urug’chilik 

sohasidagi ishlarini yaxshilash hamda uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun;  

50 foizi — Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot institutining hududiy filiallarining 

seleksiya  va  urug’chilik  sohasidagi  ishlarini  yaxshilash  hamda  uning  moddiy-texnika  bazasini 

mustahkamlash uchun; 

10 foizi — boshoqli don ekinlarining mahalliy va xorijiy navlari urug’ini yetishtiruvchi ilmiy 

muassasalar  –  navlar  originatorlarini,  seleksiya  va  urug’chilik  sohasi  olimlarini  hamda  urug’lik 

sifatini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilotlarni rag’batlantirish uchun; 

10  foizi  —  boshoqli  don  urug’chiligiga  ixtisoslashgan  xo’jaliklarning  rahbar  va 

mutaxassislari malakasini oshirish, ularni zarur o’quv qo’llanmalar bilan ta’minlash, o’quv-amaliy 

seminarlar tashkil etish xarajatlari uchun. 

Demak,  urug’chilik  bilan  shug’ullanuvchi  ilmiy  tadqiqot  institutlar  va  uning  filiallari, 

shuningdek seleksioner-olimlarning  

yangi navlar  yaratish ustida faoliyat olib borishlari uchun ham moddiy-texnika bazasi, ham ularni 

moddiy rag’batlantirish borasida ijobiy ishlar amalga oshirildi.   



 

15.6.G’allachilikning iqtisodiy samaradorligini 

 

oshirish  imkoniyatlari 

 

 

O’zbekistonda sug’oriladigan g’alla maydonlarini kengaytirish uchun  unumdorligi yuqori yer 



va  suv  resurslari  chegaralangan.  Lalmikor  yerlarda  g’allachilikni  rivojlantirish  barqaror  samara 

bermaydi,  ayniqsa,  qurg’oqchilik  yillari  hosildorlik  bozor  iqtisodiyoti  qonunlari  va    mexanizmlari 

talablariga mos kelmaydi.

 

Respublika  sharoitida  g’allachilikning    barqaror    sosial-iqtisodiy  samaradorligini  oshirish 

uchun  dastavval  barcha  turdagi  g’alla  ekinlari    hosildorligini    oshirishning  real  imkoniyatlaridan 

to’laroq foydalanish zarur. Bu borada ilg’or korxonalarda  anchagina yutuqlar qo’lga kiritilgan. 2000-

2002  yillarda  Andijon viloyati bo’yicha  sug’oriladigan maydonlarda  o’rtacha hosildorlik 70-75 s.ni 

tashkil etgan, ilg’or shirkat va fermer xo’jaliklarida  gektaridan 90 s. va undan ortiq bug’doy hosili 

olingan.

 

 

Barqaror  yuqori  hosil  olish  kompleks  texnologik  ishlarni  sifatli  va  qisqa    muddatlarda  



bajarishni talab etadi.

 

 

Kuzgi  boshoqli  g’alla  sifatli  haydalgan  yerlarga  optimal  muddatlarda  ekiladi.  Ko’pchilik 



bug’doy  navlarini  sentyabrning  oxiridan  ikkinchi  o’n  kunligida  ekish  tavsiya  etiladi.  Ular  ertaroq 


 

 

293 



ekilganda  qish  tushguncha naychalash fazasiga o’tishi mumkin. Qish mavsumi nisbatan iliq kelgan 

yillari ular o’sishini davom ettiradi va boshoqlash fazasini tezlashtiradi. 



 

Odatda, respublikaning shimoliy mintaqalarida optimal ekish muddatlari erta, janubiy viloyatlarda 

kechroq  bo’ladi.  Bunda  har  bir  viloyat,  tuman  uchun  ayrim  navlarning  biologik  xususiyatlarini 

hisobga  olib  optimal  ekish    muddatlariga  aniqlik  ham  kiritilishi  mumkin.  Ko’plab  o’tkazilgan  

tajribalar  bir xo’jalikda  bir necha serhosil navlarni ekish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda. 

Oldin biologik kuzgi navlar, keyin duvarak, baxorgi navlar ekiladi.Arpa  bug’doydan keyin ekiladi, 

chunki arpa bug’doyga nisbatan tezroq rivojlanadi.  Ekish muddati optimal muddatlarda  o’tkazilishi 

mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanishga  sharoit yaratadi. 



 

Respublikamizda serhosil, kasalliklarga, zararkunandalarga, yotib qolishga, tabiatning boshqa 

noqulay  omillariga chidamli, don sifati yuqori bug’doy va arpaning sug’oriladigan yerlarda ekishga 

mo’ljallangan    intensiv  tipdagi  navlarini  ekish  tavsiya  etiladi.  Bunday  navlar  davlat  reyestridan 

o’tkazilishidan  oldin  Davlat  nav  sinash  tajriba  stansiyalarida  yoki  uchastkalarida  yagona  uslub 

bo’yicha sinaladi, hamda oldindan ekib kelinayotgan navlardan hosildorlik va boshqa  ko’rsatgichlari 

bo’yicha  ustunlik  qilsa,  nav  sinalgan  tuproq-iqlim  mintaqasida  ekish  uchun  davlat  reyestiridan 

o’tkaziladi. Xo’jaliklarda faqat Davlat reyestiridan o’tgan yoki istiqbolli navlar ekilishi lozim. 2000-

2005 yillarda Davlat  reyestiridan quyidagi yumshoq  bug’doy navlari o’tgan va tumanlashtirilgan. 

Sangzor,  Sherdor,  Yonbosh,  Marjon,  Sangzor-4,  Unumli  bug’doy,  Skifyanka,  Yuna,  Bezostaya-1, 

Spartanka, Intensiv, Sete-serros-66, qattiq bug’doy navlaridan- Aleksandrovka, Baxt va boshqalar, 

shuningdek, arpa navlaridan, Temur, Marokand, Bobur va boshqalar.



 

Bu navlardan   nav sinash uchastkalarida 40-50 sentnerdan 80-90 sentnergacha hosil  olingan. 

Xo’jaliklarda  har  kanday  nav    uzoq  yillar  davomida  ekilsa,  urug’larning  qimmatli  xususiyatlari 

pasayib boradi. Shuning uchun har  3-4 yilda navlarni yangilash zarur.



 

Bug’doydan  yuqori  hosil  olishning    real    imkoniyatlaridan  biri    almashlab  ekishdir.  Kuzgi 

bug’doyni  ikki  yildan  ortiq  joylashtirish,  dalada  begona  o’tlarning,  kasalliklarning  hamda 

zararkunandalarning ko’payishiga, tuproq unumdorligining, binobarin hosildorlikning pasayishga va 

don  sifatining buzilishiga olib  keladi. Ayniqsa  kuzgi bug’doy urug’lik uchun ekilganda uni boshoqli 

don ekinlaridan keyin joylashtirishga yo’l qo’yib  bo’lmaydi.



 

 Kuzgi bug’doy  uchun beda va boshqa chorva ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot va  dukkakli 

don  ekinlari  samarali  o’tmishdosh  hisoblanadi.  Ayni  paytda    shu  ekinlar  uchun  kuzda    ekilgan 

bug’doy ham o’z navbatida o’tmishdosh ekindir.



 

Uzoq  muddatlarda  bug’doy-g’uza  almashlab  ekishining  joriy  etilishi  tuproq  unumdorligini 

pasayishiga  olib  keladi,  natijada  me’yordan  ortiqcha  mineral  o’g’itlardan  foydalanishga  zaruriyat 

tug’iladi, yerning ekologik holatlari yomonlashadi va hokazo. 



 

Kuzgi  bug’doy  hosilini  oshirish  ilg’or  sug’orish  rejimidan  foydalanishga  bevosita  bog’lik. 

Tuproqda nam to’plash maqsadida o’tkaziladigan sug’orishni yerni haydashdan oldin amalga oshirish 

yuqori  samara  beradi.  Bunday  dalalarda  ekilgan  urug’lar  qisqa  vaqtda  bir  tekis  unib  chiqadi, 

o’simlikning yer ustki qismi hamda ildiz qismi mustaxkam rivojlanadi va natijada hosildorlikning 

oshishiga olib keladi.



 

Amaliyotda  tuproqda  nam  to’plash  uchun  sug’orishni  urug’  ekilgandan  keyin  o’tkaziladi. 

Bunday dalalarda, odatda tuproq yoriladi, ildizlar uziladi, o’simlikning rivojlanishi susayadi, natijada 

hosildorlik  pasayadi,  o’simlikning  suvga  bo’lgan  talabi,  uning  hayotining  dastlabki  kunlaridanoq 

paydo bo’ladi. Suvga bo’lgan eng ko’p talab naychalash, boshoqlash fazalariga to’g’ri keladi. 

 

O’simlikning suvga talabini barqaror ta’minlash uchun tuproqning namlik sig’imi 70-80 % dan 

kam bo’lmasligi kerak. Bunig uchun, ya’ni tuproqda nam to’plash uchun sug’orish gektariga 1200 

m

3



,  o’sish  davrida  700-750  m

3

  hajmida  3-4  marta  sug’orishni  o’tkazish  tavsiya  etiladi.  Sut 



pishishining oxiri, mum pishish oldidan gektariga 250-300 m

3

 hajmida yugurtirib, yengil  sug’orishni 



o’tkazishhosilni oshirishga qulay sharoit yaratadi.

 

Ekish oldidan nam to’plash va o’simlikni o’sish davrida sug’orishning  jo’yaklar orqali amalga 

oshirilishi, o’q ariqlar oralig’i 100 m dan oshmaganda, ham yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.

 



 

 

294 



Kuzgi  bug’doy  1  t.  don  hosil  qilishi  uchun  o’rtacha  700  –1000

3

  suv  sarflaydi.  Suv  bilan 



ta’minlanish  optimallashib  borishi  bilan  1t.don  hosil  bo’lishi  uchun  sarflangan  suv  miqdori  ham 

kamayib boradi, natijada sug’oriladigan g’allachilik samaradorligi ko’tariladi.



 

Yuqori hosil olish omillaridan yana biri uni qisqa muddatlarda yig’ib-terib olishdir.Masalan, 

kuzgi  bug’doy  pishib  yetilgach  8-12  kunda  o’rib-yanchib  olinishi  zarur.  Agar  uning  muddati 

kechiktirilsa hosilning bir qismi nobud bo’ladi (dalalarda qolib ketadi). Ayrim xo’jaliklarda nobud 

bo’lgan hosil sifatli sug’orish va o’g’itlashdan olinadigan qo’shimcha hosildan ham ko’p bo’ladi va 

tarmoqning samaradorligini keskin pasaytiradi.



 

Hosilni yig’ishtirishda kombaynlardan guruh usulida foydalanish samarali hisoblanadi. Ang’iz 

ekinlari tuprog’ini tayyorlash eng qulay muddatlarda o’tkaziladi, ularni ekish muddati qisqaradi va 

hosildorligi oshadi.



 

Demak,  yuqori  hosil  yaratish  uchun  barcha  texnologik  jarayonlar  o’z  vaqtida  va  sifatli 

o’tkazilishi  zarur.  Chunki,  odatda  samaradorlik    hosilni  yaratish,  yig’ib  olish  bilan  bevosita 

bog’liqdir.  Ma’lumki,  g’allachilik  va  uning  mahsulotlarining  iqtisodiy  samaradorligi  1  s. 

mahsulotining  to’liq  tannarxi  va  uni  sotish  bahosi  hamda  rentabellik  ko’rsatkichlari  asosida 

baholanadi.  Oddiy  shaklda  tahlil  shuni  ko’rsatadiki  barcha  turdagi  1  sentner  g’allaning  tannarxi 

qishloq xo’jalik korxonlarida, shu jumladan shirkatlarda va fermer xo’jaliklarida oxirgi yillarda oshib 

bormoqda. Bunday holat g’allachilikda ishlatiladigan asosiy va aylanma vositalarga ko’tara hamda 

chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat xaqqi fondi, undan hisoblanadigan ajratmalar, 

soliqlar va to’lovlar hajmining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda.



 

1 s. g’alla tannarxi so’mning inflyasiya koeffisentining oshishi hamda jahon bozorida bahoning 

tashkil topish darajasini hisobga olib, barcha turdagi tovar g’alla mahsulotlariga davlat xarid baholari 

oshirilmoqda.



 

1 s. g’alla tannarxi va uning sotish bahosining o’sishi o’rtasida mutanosiblikning saqlanmasligi 

oqibatida tannarxga kiritilgan xarajatlarning rentabelligi ko’pchilik korxonalarda past darajada  yoki 

ular zarar bilan ishlashmoqda.



 

Korxonalarning  moliyaviy  ahvolini  yaxshilash,  shu  jumladan  ularning  aylanma  fondlarini 

tashkil  etish  maqsadida,  fyuchers  kontraktasiya  shartnomasiga  asosan  davlat  buyurtmasi  buyicha 

sotiladigan mahsulot qiymatining 50 % hajmida avans beriladi.



 

Ko’pchilik korxonalarda g’allachilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash oila pudrati 

asosida  amalga  oshiriladi,  moddiy  manfaatdorlik  va  javobgarlik  tamoyillaridan  foydalanish 

samaradorligi kuchaytiriladi.



 

Ammo, g’allachilikda aniqlanadigan ko’pchilik samaradorlik ko’rsatkichlari bozor iqtisodiyoti 

qonunlari  mexanizmlari  va  kategoriyalaridan  oqilona  foydalanish  talablariga  to’laroq  javob 

bermaydi. 



 

Shuning  uchun,  mavjud  real  imkoniyatlardan  oqilona foydalanishni  tezlashtirish  maqsadida 

bozor iqtisodiyoti sharoitidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish dolzarb vazifadir. Dastavval, tovar 

mahsulotlarining sotish baholarini erkin va shartnoma asosida tashkil topishiga, g’allakorlarni mehnat 

natijalariga qarab garantiyalangan xaq to’lanishiga erishish zarur. Tarmoqda mehnatga pul va natural 

shaklida xaq to’lashni joriy etish samarali hisoblanadi.




Download 8,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   506




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish