va texnologik xossalari bo’yicha ularning xarakteristikasini, tuproq guruxlanishlari (gruppirovkalari)
Yerning uchetini olib borishda unumdor yerlarning qiymatlilik darajasi o’rnatiladi, nooqilona
foydalanilayotganlari, kam unumli va xatoliklarga yo’l qo’yilgan yerlar, qishloq xo’jaligi ekinlaridan
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar ularning ishlab chiqarish qobiliyatini, joylashishini va
o’tkaziladigan tuproqning unumdorligi bo’yicha taqqoslama bahosi. Bonitirovkalashda
qo’llaniladigan ko’satkichlar tizimiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, tuproqning
unga o’zaro bog’langan ancha barqaror xususiyatlari: tuproqning, gumusning fizik tarkibi, pastga
singish miqdori, tuproqning kislota bilan ta’minlanishi, yuvilganligi va boshqalar kiradi. Bu
ko’rsatkichlar bilan tuproq baholash guruxlari bo’yicha jami tuproq balli hisoblaniladi.
Qishloq xo’jaligida renta munosabatlarini tartibga solishning zaruriy sharti yerni iqtisodiy
baholashning mavjudligidir. Bu bir tomondan, xo’jalik yuritish obyektiv sharoitlarida differensial
rentani taqsimlashga ta’sirini ancha asosli chegaralash, boshqa tomondan yerdan foydalanuvchilar
163
Yerlarning iqtisodiy bahosi
uning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida qiymatini
xarakterlaydi.Tuproq bonitirovkasidan farqli o’laroq, bu yerda yer tabiat mahsuli emas balki, xo’jalik
yuritish iqtisodiy sharoiti bilan to’xtovsiz bog’langan ishlab chiqarish vositasi sifatida
baxolanadi.Uning asosida tabiiy va ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqadigan
yerning sifati (iqtisodiy unumdorligi)dagi farqlar yotadi.
Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqning sifat xarakterisitkasi (boniteti), balki, 100 ga.ga to’g’ri
kelgan xodimlar soni, 1 ga.ga to’g’ri kelgan kuch beruvchi va ishchi mashinalar, o’g’itlarni qo’llash,
vegetasiya davrida namlik miqdori (kolichestvo osadkov) va boshqalar kabi ko’rsatkichlar hisobga
olinadi. Baholash qishloq xo’jalik ekinlarining haqiqiy hosildorligi va ularni ishlab chiqarish
xarajatlari haqida uzoq muddatli (5 yildan kam bo’lmagan) yalpi ma’lumotlar asosida o’tkaziladi va
tuproq boniteti singari ballarda ifodalanadi.
Yerni iqtisodiy baholash ikki aspektda amalga oshiriladi.
1.Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerni umumiy iqtisodiy baholash.
2.Alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi bo’yicha qisman baholash.
Haydaladigan yerlarni, ko’p yillik daraxtlarni, pichanzorlarni, yaylovlarni va butun qishloq
xo’jaligiga yaroqli yerlarni umumiy iqtisodiy baholash, shuningdek alohida ekinlar ishlab chiqarish
samaradorligi bo’yicha haydaladigan yerlarni baholash (qisman baholash), ularning boniti rovkasi
asosida ajratilgan, tuproqning agro ishlab chiqarish guruhlari bo’yicha o’tkaziladi.
Yerni iqtisodiy baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar qilib quyidagilar olinadi:
1.Asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining 1 ga dan olingan hosildorlik s/ga;
2.Kadastr baholarida 1 gektarga to’g’ri kelgan o’simlikchilik yalpi mahsuloti bo’yicha
hisoblangan ekin turlari bo’yicha yerning unumdorligi, so’m;
3.Xarajatlarning qoplanishi (kadastr baholarida yalpi mahsulot qiymatini uni ishlab chiqarish
xarajatlariga nisbati), so’m;
4.1 ga dan olingan differensial sof daromad (DSD) (nisbatan yaxshi yerlardan olingan ortiqcha
qo’shimcha mahsulotning qiymatini aks ettiradigan; sof daromadning bir qismi), so’m.
Differensial renta I va II larni o’z ichiga oluvchi DSD, bir vaqtning o’zida yerning sifati va
dehqonchilikni intensivlashtirish daromadni hisobga olgan holda yerdan foydalanish iqtisodiy
samarasining umumiy miqdorini aks ettiradi. DSD yalpi mahsulot qiymatini baholash ko’rsatkichlari
va xarajatlarining qoplanishi asosida quyidagicha aniqlanadi:
35
,
1
XK
D
−
=
XK
D
*
YaMK
DSD
=
D-yalpi mahsulot qiymatida DSD ning hissasi; XQ - qishloq xo’jaligi xarajatlarning qoplanishi
darajasi, so’m; 1,35 - xarajatlar qoplanishining dastlabki darajasi;
Xarajatlarni qoplash darajasi 1,35 dan yuqori bo’lganda DSD ham mos ravishda ijobiy miqdor
bo’ladi. U xarajatlarni qoplash bo’yicha va yalpi mahsulotlar qiymati bo’yicha yerni baholashning
qo’shimcha o’sishiga nisbatan proporsional o’sadi. Xarajatlarni qoplash 1,35dan kam bo’lganda DSD
salbiy miqdorga aylanadi. Yerdan oqilona foydalanish va uning unumdorligini to’xtovsiz oshirish
yerlarni, yuqorida ta’kidlangan, yagona davlat yer kadastri asosida har tomonlama miqdor va sifat
jihatdan hisobga olishni tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Davlat yer kadastrini olib borish
barcha darajalarda yer islohotlari va yer resurslari bo’yicha mos komitetlarga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: