O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari.Toshkent
Keyingi o’n yilliklar davomida qishloq xo’jaligining barcha yerlarida haydaladigan yerlarning,
bog’lar va uzumzorlarning hamda pichanzor va yaylovlar egallagan maydonlarning salmog’i o’sib
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mulk munosabatlari sistemasida yer resurslari alohida o’rinni
Birinchidan, yerga mulkchilik, uning biror bir kishiga yoki guruhga tegishliligini bildiradi.
148
Ikkinchidan, bozor xo’jaligi sharoitida yerga bo’lgan mulkchilik undan foydalanuvchilar va
egalik qiluvchilar iqtisodiy manfaatining manbai bo’lib qoladi, ya’ni pirovard natijada unga
sarflanadigan yuqori unumli mehnatga manfaat uyg’otadi.
Uchinchidan, yerga bo’lgan mulkchilik o’z navbatida, faqat undan samarali foydalanishni emas,
balki yer uchastkalarining holati uchun javobgarligini ham keltirib chiqaradi.
Yer mulkini ro’yobga chiqarishda yer munosabatlarini bilish muhimdir.
Demak,
Yer munosabatlari
o’z ichiga yerga bo’lgan mulkchilik, shuningdek, yerni ishlatish
davrida va uni ijarga olish, taqsimlash va undan foydalanganlik uchun to’lovlarni amalga oshirish
jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlarni oladi.
Yer oboroti
yer uchastkasi mulkdorlari, egalik qiluvchilari va foydalanuvchilari o’rtasida yerni
turli maqsadlarda qayta taqsimlash tizimini bildiradi. Bu tizim, yer bilan bog’liq – ijara, oldi-sotdi,
meros qoldirish, sovg’a qilish, garovga berish va boshqalar kabi turli operasiyalarni o’z ichiga oladi.
Ya’ni, qishloq xo’jaligini rivojlantirishning hozirgi etapida yer resurslarini xalq boyligi sifatida
ro’yobga chiqarishning shakllari quyidagilar:
1.Yerga xususiy mulk;
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish;
3.Yerdan doimiy yoki vaqtincha foydalanish;
4.Yerni ijaraga berish.
1.Yerga xususiy mulk yer uchastkalaridan to’liq foydalanish huquqini, ya’ni uni sotish va
meros qoldirish huquqini beradi.
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish mamlakat fuqarolariga dehqon xo’jaligini yuritish,
bog’dorchilik, chorvachilik va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun beriladi. Yerdan doimiy
foydalanish huquqi davlat xo’jaliklariga, jamoa xo’jaliklariga, kooperativ korxonalarga, muassasalar
va tashkilotlarga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yurgizish uchun beriladi.
3.Yer uchastkalaridan doimiy (ko’rsatilmagan muddatda) yoki vaqtincha (qisqa muddatli - 3
yilgacha, uzoq muddatli-10 yilgacha va undan yuqori) foydalanish masalasi tuman hokimiyati
tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, yerdan doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun
sanoat, transport va boshqa noqishloq xo’jaligi davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasa
va tashkilotlarga, mamlakat mudofaasi uchun, diniy tashkilotlarga, turli qo’shma korxonalar va
tashkilotlarga beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: