4.Yerni ijaraga berish.
Ijara munosabatlari O’zbekiston respublikasining “Ijara to’g’risida” gi qonunining 1-moddasiga
asosan quyidagicha ta’riflanadi: “Ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga,
shuningdek xo’jalik faoliyatini va o’zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun
ijarachiga zarur bo’lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan
iboratdir”. Shuningdek, qishloq xo’jaligida ijara munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Maxkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi «Qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 486-sonli qarori asosida tartibga solinib turiladi.
Respublikada yer davlat mulki hisoblanib, uning oldi-sotdisi, ya’ni yer bozori shakllanmagan.
Shuningdek, yerni sovg’a qilish, garovga berish operasiyalari ham unchalik rivojlanmagan. Faqat
2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunning yangi tahririga
asosan uni ishlab chiqarish vositasi sifatida keyingi foydalanuvchilarga meros qoldirish mumkinligi
belgilab qo’yilgan.
Demak, yer oborotining normal amal qilishiga to’sqinlik qiluvchi bir qancha sabablar bo’lib, ular
quyidagilardir:
-yer munosbatlarini boshqarishning, tartibga solishning hozirgi konsepsiyasidagi qarama-
qarshiliklar;
-mamlakat miqyosida ham, alohida hududlarda ham yer oborotini rivojlantirish uchun samarali
huquqiy asosning yo’qligi;
149
-yer bozori infratuzilmasining kuchsiz rivojlanganligi, qaysiki, mamlakatning ko’pgina
hududlarida unga bo’lgan extiyojga mos kelmaydi;
-yerga mulkchilik huquqini ro’yobga chiqarishda paydo bo’ladigan, eng avvalo, natura shaklida
yer uchastkasini ajratish bilan bog’liq bo’lgan, bitimlarni huquqiy, tashkiliy va texnik rasmiylashtirish
tartiblarining qiyinligi kabi; ayniqsa yer egalari hissalarining mulk huquqini ro’yobga chiqarishga
tegishli ko’p sonli to’siqlar.
O’zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullik hisoblanadi. Yer
uchun to’lovlarni kiritishdan asosiy maqsad yerdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish, yerlarni
o’zlashtirish va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, turli sifatli yerlarda xo’jalik
yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish hisoblanadi.
Yer uchun to’lovlar
uch xil shaklda mavjud: yer solig’i, ijara haqi, yerning me’yoriy qiymati
O’zbekistonda amalga oshirilgan moliya-kredit islohoti natijasida fermer xo’jaliklarini soliqqa
tortish tizimini takomillashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 1991-1994 yillarda - yer
uchun soliq, 1995-1998 yillarda – yer solig’i; 1999 yildan – qishloq xo’jalik tovar ishlab
chiqaruvchilarining byudjetga to’lovlarini ixchamlashtirish maqsadida - yagona yer solig’i shaklida
amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi farmoni va
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga
muvofiq 9 xil soliq birlashtirilib, yagona yer solig’i joriy qilindi. Ya’ni, aniqroq qilib aytilganda,
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i quyidagi soliq va yig’imlar
o’rniga joriy etildi:
•
Daromad (foyda) solig’i;
•
Qo’shilgan qiymat solig’i;
•
Ekologiya solig’i;
•
Suv resurslaridan foydalanganlik to’g’risida soliq;
•
Yer solig’i;
•
Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;
•
Mol-mulk solig’i;
•
Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig’i;
•
Boshqa maxalliy soliq va yig’imlar.
Yagona yer solig’ini to’lovchilariga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining362-moddasiga
muvofiq:
•
qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar (shu jumladan fermer xo’jaliklari, qishloq
xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar);
•
qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental
xo’jaliklari va ta’lim muassasalarining o’quv-tajriba xo’jaliklari kiradi.
Ushbu yuridik shaxslar boshqa xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, yagona yer
solig’i to’lovchilari hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar o’z ixtiyoriga ko’ra
byudjetga kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliqni yoki yagona yer solig’ini to’laydi.
Qishloq xo’jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer
maydoni yagona yer solig’iga tortish obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi yer maydonlari, ularning
sifati va joylashgan joyi bo’yicha yer balansi, yer xaritalari, tekshiruv materiallari va boshqa yer
kadastri hujjatlari bo’yicha qabul qilinadi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan xo’jaliklar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi
saqlanib qoladi, ya’ni ular oldingidek barcha turdagi soliqlarni to’laydi.
Yagona yer solig’ining baza stavkalari va baza stavkalariga tuzatish koeffisiyentlari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yagona yer solig’ining tuzatish koeffisiyentlari lalmikor (sug’orilmaydigan) yerlar,
pichanzorlar va yaylovlar va boshqa yerlar uchun alohida belgilanadi.
Yagona yer solig’i to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslar:
150
1.Yangidan tashkil etilgan qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan fermer
xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgandan boshlab ikki yil davomida;
2.Daromad (foyda) solig’i va yer solig’i to’lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo’jalik tovar
ishlab chiqaruvchilari.
Quyidagi yer uchastkalari yagona yer solig’idan ozod qilinadi:
-Qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
-Ihota daraxtlari ekilgan maydonlar;
-Sport inshootlari maydonlari;
-Yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ishlar boshlangandan e’tiboran loyihada nazarda tutilgan
muddatga, lekin 5 yildan ko’p emas;
-Yangi tashkil etilayotgan bog’lar va tokzorlar meva beradigan muddatgacha;
-Yangi ekilgan tut maydonlari 3 yil muddatga;
-Amaldagi qonunlarga muvofiq soliq solinmaydigan yerlar.
Yagona yer solig’ini to’lovchilarga quyidagi talablar qo’yilgan:
-yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi
yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat
qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar;
-qishloq xo’jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o’zlariga
belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar;
-o’zi yetishtirgan va qayta ishlangan mahsulot jami realizasiya qilingan mahsulot ulushida kamida
50 foizni tashkil qilgan yuridik shaxslar.
Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llash uchun fermer xo’jaligi har yili joriy soliq davrining
1 fevraligaqadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o’tgan soliq
davrida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq
xo’jaligi mahsulotining o’zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko’rsatilgan ma’lumotnomani
taqdim etadi.
Shundan keyin “Yergeodezkadastr” hududiy bo’limi tomonidan yerning me’yoriy qiymati
aniqlanib, bir vaqtning o’zida soliq organlariga va fermer xo’jaliklariga taqdim etiladi. Yagona yer
solig’i fermer xo’jaliklari tomonidan soliq organlari orqali undirilib davlat byudjetiga tushadi.
Yagona yer solig’i stavkasi har yili qabul qilinadigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va Davlat
byudjeti parametrlari to’g’risida qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida
belgilab beriladi. Fermer xo’jaliklarini qo’llab quvvatlash maqsadida ilgari, ya’ni 1999 yildan 3 foiz
miqdorida keyinchalik esa 2011 – yildan yagona yer solig’ining stavkasi yerning normativ qiymatga
nisbatan 6 foiz miqdorida belgilanib hozirgacha o’zgarmasdan kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, yagona yer solig’i
to’g’risidagi hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq
davrining 1 mayiga qadar fermer xo’jaliklari tomonidan topshiriladi. Yil davomida berilgan yer
uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi.
Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib
qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Soliq kodeksining yuqoridagi moddasida yagona yer solig’i kalendar yilida uch muddatda
bo’lib, ya’ni, hisobot yilining 1 iyuligacha - yillik soliq summasining 20 foizi miqdorida; 1
sentyabrigacha - 30 foizi miqdorida; va 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to’lanishi belgilab
qo’yilgan.
Fermer xo’jaliklarining davlat bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish va
ularning holatini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2
oktyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga
mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 281-
sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O’zbekistonda
151
fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan: fermerlar kengashlariga
fermer xo’jaliklari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalarini sudga davlat boji to’lamasdan shikoyat
qilish; paxta terimi ishlarga jalb qilingan ishchilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
to’lashdan ozod qilish;tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslarning tomchilatib
sug’orishdan foydalanilayotgan yer uchastkalariga yagona yer solig’i to’lashdan besh yil muddatga
ozod qilinishi belgilab qo’yildi.
Yerning me’yoriy bahosini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish
to’g’risida” gi 2014 yil 18 avgust 235-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “Qishloq xo’jaligi ekin
maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom” ga asosan
o’rnatiladi.(mavzuning bundan keyingi matnlarida uchraydigan ilovalar va formulalar yuqorida qayd
etilgan Nizomdan olingan. )
Bungacha bo’lgan davrda, ya’ni yuqoridagi qaror chiqqunga qadar bu tartib, O’zbekiston
Hukumati tomonidan ya’ni, O’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo’mitasi tomonidan
tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni sifatiy, iqtisodiy
va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi” ga asosan o’rnatilar edi. Bu uslub O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 19 maydagi 120-sonli “1998-2000 yillardagi davrda
qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan edi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning
me’yoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib
berish va dehqon xo’jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig’i stavkalari
miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa
hollarda shu yerning dastlabki bahosini belgilash uchun qo’llanilar edi.
Yangi Nizomda uslubiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan
bo’lib, uni biz quyida ko’rib chiqamiz.
Nizomda ko’rsatilishicha, har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq
xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati yagona yer solig’ini hisoblab chiqish uchun va qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi. Shuningdek ushbu Nizomning amal
qilishi dehqon xo’jaliklari, bog’dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining qishloq xo’jaligi
ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashga joriy etilmasligi ko’rsatilgan.Shuningdek
,
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanish tavsiya qilingan: ya’ni, tuproq bonitirovkasi,
qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifati, ozuqa birligi, qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining
normativ qiymati, sug’oriladigan mintaqa, asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining asosiy turlari, kapitallashuv foizi, qishloq xo’jaligi ekin maydonlari, qishloq
xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi, o’rtacha bonitet bali va normativ qiymatni aniqlash davrikabi.
Shuningdek, Nizomda, qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatiga (keyingi
o’rinlarda normativ qiymat deb ataladi) yer bilan bevosita bog’liq bo’lgan obyektlar (sug’orish va
kollektor-drenaj tarmog’i, yo’llar) qiymati kiritilmasligi, normativ qiymatni aniqlash normativ
ko’rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish ma’lumotlarini hisobga olgan holda foydani
kapitallashtirish asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib bajarilishi va normativ qiymatni
aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Normativ qiymatni aniqlash obyekti bo’lib esa, qishloq xo’jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari hisoblanadi.
Normativ qiymat miqdorini aniqlash ushbu Nizom bilan tartibga solinadigan ishlarning
predmeti hisoblanadi.
Normativ qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi. Normativ qiymatni aniqlash davrlari
oralig’ida normativ qiymatni aniqlash bo’yicha hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib
boriladi.
152
Normativ qiymatni aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya
va davlat kadastri davlat qo’mitasining O’zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti
«O’zdaverloyiha» tomonidan amalga oshiriladi.
Normativ qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifatini
hisobga olgan holda aniqlanadi.
1 ga qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda quyidagi
ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
tuproqning sifatini va tabiiy yem-xashak ekin maydonlari (pichanzorlar va yaylovlar)ni
baholash ko’rsatkichlari;
asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik daraxtlar tuzilmasi;
qishloq xo’jaligi ekinlari, ko’p yillik daraxtlar va yem-xashakbop ekin maydonlarining
normativ hosildorligi;
qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ unumdorligi;
qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy turlari bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining
hisoblab chiqilgan foyda olishi;
dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o’rtacha
yillik narxlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining o’rtacha xarid narxlari;
foydaning kapitallashuvi foizi.
Normativ qiymatni aniqlashda qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining individual renta hosil
qiluvchi omillari — qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin
maydonlari tuzilmasi va sug’orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadi.
Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ hosildorligi tuproqlar o’rtacha bonitet bali bilan
qishloq xo’jaligi ekinlari, bog’lar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos
normativ hosildorlikning yig’indisi sifatida ushbu 3-jadvalga muvofiq hisoblab chiqiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |