11.2.21. “Tarixi Amir Haydar”
“Tarixi Amir Haydar” XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi
yarmida wtgan buxorolik olimlari asaridir. Kitobning nomalum muh’arrir
tomonidan qisqartirilgan nusxasi etib kelgan bwlib, qwlёzma WzRFA
Sharqshunoslik institutida 1836 raqami ostida saqlanmoqda.
“Tarixi Amir Haydar” kichik h’ajmdagi asar, jami 96 varaqdan iborat,
muh’im tarixiy manbalar asosida ёzilgan, Buxoro xonligining Ashtarxoniylar,
shuningdek, asosan, Mang’itlar sulolasidan bwlgan amir Haydar h’ukmronligi
(1800-1826 yy.) davridagi ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi.
Asar 81 bob, ёki dostondan iborat. 1-2- boblari Buxoro shah’ri tarixiga
bag’ishlangan, 3-6- boblarda Ashtarxoniylar tarixi qisqacha baёn etilgan, 7-81-
boblarida esa Buxoro amirligi amirzoda Haydarning tug’ilishidan to uning 1826 yil
6 oktyabridagi vafotigacha bwlgan tarixi h’ikoya qilinadi.
Kitob 50- yillarda A.A.Semenov tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, lekin
nima sababdandir qwlёzma nashr etilmay qolgan. Tarjima qwlёzmasi WzR FA Shİ
kutubxonasida saqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |