86
Faxruddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl Muh’ammad Banokatiy (1330 yili
vafot etgan) bwlib, u XIII asrning II- yarmi va XIV asr I- yarmining birinchi
choragida wtgan shoir va yirik tarixchi olimdir. U kwproq Banokatiy nomi bilan
mashh’ur.
Banokat eski Toshkent shah’ar nomlaridan biri bwlib, u İloq, yani
Oh’angaron darёsining Sirdarё bilan qwshilish joyi yaqinida joylashgan qadimiy
shah’ar, 1392 yilidan boshlab Shoh’ruh’iya nomi bilan atalgan. Tarixchi mana shu
shah’arda tug’ilgan. Elxon G’ozonxon h’amda Wljoytuxon saroyida xizmat qilgan
va 1301 yili malik ush-shuaro (shoirlar podshoh’i) unvoniga sazovor bwlgan.
Lekin Banokatiy kwproq tarixchi olim sifatida va jah’on tarixini wz ichiga
olgan “Ravzat uli-l-albob” nomli asari bilan mashh’ur bwldi. Asar 1317 yili ёzib
tamomlangan va muqaddima h’amda twqqiz qismdan iborat: 1) Odam Atodan to
Muso payg’ambargacha wtgan davrda yashagan patriarx va payg’ambardar; 2)
qadimiy Eron podshoh’lari; 3) Muh’ammad payg’ambar, xalifayi Roshidin,
imomlar, Umaviya va Abbosiya xalifalari davri; 4) Abbosiylar bilan h’amasr
bwlgan Toh’iriylar, Safforiylar, Somoniylar, Xorazmshoh’lar va boshqa sulolalar;
5) yah’uliylarning payg’ambarlari va podshoh’lari; 6) xristianlar va franklar tarixi,
xristianlarning dini va etiqodi, Armaniston va frank mamlakatlarining geografik
h’olati; 7) Hindiston tarixi, h’indlarning dini va etiqodi; 8) Xitoy tarixi va uning
geografik h’olati, xitoylarning dini va urf odatlari; 9) mwg’ullarning tarixi va
ularning istilochilik yurishlari.
“Ravzat uli-l-albob” asari Rashiduddinning “Jome ut-tavorix” asari asosida
ёzilgan bwlib, uning qisqartirilgan tah’riri deb aytish h’pm mumkin. Lekin
Banokatiy asarida Rashiduddin kitobida uchramaydigan malumotlar h’am bor.
Masalan, etti iqlim mamlakatlarining tavsifi, Eronning 1310-1317 yillar orasidagi
tarixi shular jumlasidandir.
Xullas, Banokatiyning mazkur asari Wrta Osiё va Wzbekistonning XIII-XIV
asrning birinchi choragidagi tarixi, geografik h’olati va ah’olisining turmishini
wrganishda muh’im manbalardan h’isobanadi.
“Ravzat uli-l-albob” XVII asrdan buёn ilmiy jamoatchilikning diqqat-
etiborini wziga tortib kelmoqda. Uning ayrim qismlari lotin, turk, ingliz h’amda
frantsuz tillariga tarjima qilinib chop etilgan.
Asarning qwlёzma nusxalari Toshkent, Sankt-Peterburg, Qozon, Dushanbe
va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida mavjud. Kitobdan Alisher Navoiy wzining
tarixiy asarlarini yaratishda foydalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: