Yakkalik o’yinlari taktikasi
Yakka o’yinlar taktikasi quyidagi asosiy tamoyillar asosida shakllantiriladi: 1- Raqib o’yinchini maydon bo’ylab maksimal darajada harakat qilishga
majburlab, holdan toydirish;
Raqibni, almashinib turadigan baland-uzoq, setka yonidagi nozik o’yin, hujumkor zarbalari bilan xato qilishga majbur qilish, shu bilan birgalikda aldovchi amallarni qo’llash, nostandart qarorlarni qabul qilish ham maqsadga muvofiq;
Doimiy tarzda raqibning zaif tomonlarini izlash va ularni maksimal tarzda qo’llash;
Yakkalik o’yinlarda ko’p energiya sarflanishiga to’g’ri keladi, chunki juftlik o’yinlaridan farqli ravishda butun maydon bo’ylab yakka tarzda harakatlanishga to’g’ri keladi. Yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan o’yinchi yuqori tezlikka ega bo’lishi lozim va shu bilan bir qatorda ham setka yonida, orqa liniyada ham o’ynash olish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Yakkalik o’yinlarida asosiy e’tibor baland, asosan raqib uchun noqulay bo’lgan tomonga oshiriladigan oshirmalarga qaratiladi. Shuni unutmaslik lozimki, yakkalik o’yinda eng yaxshi zarbalar jamlanmasi – ikkinchi zarba qisqa bo’lishi, tezroq hujum va tartibli himoya - raqib ustidan g’alaba qozonishning asosi hisoblanadi. Yakkalik o’yinlarda bir nechta odatiy taktik amallarni o’zlashtirib olish lozim. Har bir trener o’z tarbiyalanuvchilarini o’yindagi tashabbusni har qanday raqibga qarshi qo’lga olish uchun kurashishni o’rgatishi lozim. Barchaga ma’lum holat “eng yaxshi himoya - hujum” badmintonda ham qo’llanilishi mumkin, asosan yakkalik bahslarda, ayniqsa eng katta ahamiyatni kurashning ruhiy momenti kasb etsa.
Har bir partiyaning boshlanishida o’yinchi o’z kuchini shunday taqsimlashi lozimki, raqidan 4-5 ochkoga ilgarilab ketib, keyin esa ushbu farqni o’zining oshirmani oshirish maydonida o’yinni shakllantirib, raqibdan oshirmani oshirish huquqini tortib olish orqali, aniq ehtiyotkorlik bilan o’yinni yo’lga qo’yib saqlab qolishi lozim. Ruhiy tomondan g’olib bo’lish liderlikni saqlab turishdan qiyinroq hisoblanadi. Yakkalik o’yinlarda raqibni u uchun noqulay bo’lgan joyda o’ynashga majbur qilish lozim, masalan, maydonning chap qismida. Buni amalga oshirish uchun o’yinchi zarbalarni mukammal tarzda amalga oshirish mahorati ega bo’lish va ushbu mahoratdan raqibni noqulay joyga “quvib borish” lozim. Bu kabi zarbalar, to’g’ri, aylanma, diagonal bo’ylab va uzun zarbalar hisoblanadi. Notanish yoki u qadar tanish bo’lmagan raqib bilan o’yin oldidan umumiy taktik rejani tuzish uchun “jang razvedkasi” ni amalga oshirish lozim. Bu narsani o’yin oldidan bo’ladigan chigal yozdi mashqlaridan boshlash kerak va shuni aniqlash lozim: raqibning uzoq va qisqa oshirmalarni qay tarzda o’ng yoki chap qo’li bilan amalga
oshirayotganligi; qanday zarbalar bilan u oshirmalarni kuchli amalga oshirayapti va qaysilari bilan kuchsiz; uning eng yoqtirgan javob zarbalari qanday; 2) raqib setka yonida qanday o’ynaydi, qisqa volanlarni qanday yuqoriga ko’taradi; 3) smeshni qanday bajaradi va qabul qiladi; 4) yetarli darajada ishonch bilan raqib volanga zarba beradimi, qaysi turdagi zarbalar bilan javob qaytaradi, qayerga yo’naltiradi va ko’pincha qaysi zarbalardab foydalanadi va boshqalar. Bularning barchasini o’rganib tahlil qilgan holda o’sha yerning o’zidayoq o’z taktik rejalarini shakllantirish lozim. Agarda raqib setka yonida kuchsiz harakatlansa, ataylab imkoniyat tug’ilishi bilanoq uni setka yoniga kelishga undash lozim. Agarda raqib orqa hududda ishonchsiz harakatlansa uni aylanma zarba bilan setka yoniga chaqirib, to’g’ri-uzoq va baland-uzoq bilan volanni orqa hududga yo’naltirish mumkin.
Yuqoridan kuchsiz zarba beradigan raqib bilan, birinchi oshirmaning o’zidayoq uni orqa hududga uzoq va baland zarbalar bilan o’tishga majburlash va uni volanni so’nggi zarbani berish uchun qulay tarzda yo’naltirmaguncha o’sha yerda ushlab turish lozim. Uch xil turdagi asosiy o’yinni olib borish taktikalari mavjud: hujum, himoya va qarshi hujum. Samaralik darajasi bo’yicha hujum doim ma’qul ko’riladi. Himoya esa – tashabbuskorliksiz, raqibning xatolikka yo’l qo’yishini kutish, o’yinning sekin borishidir, natijada bu ishonchning yo’qolishiga sabab bo’ladi. Eng qiyin taktik element bu – qarshi hujumga o’ta olishdir, chunki bu hamisha a’lo darajadagi samara beradi. Agarda raqib tashabbusni o’z qo’liga olib, sizga zarba izidan zarba yo’llayotgan bo’lsa, siz faqat volanni iloji boricha setkadan uzoqroq masofaga yuborishingiz kerak xolos. Risk qilgan holda volanni balanddan va setkaga yaqin holda bilak harakati bilan setkaning past qismiga yon tomondagi ustunlardan birining yoniga yo’llashingiz mumkin. Agarda yutqazsangiz, asabiylashlik lozim. Agar yutsangiz, o’yin tempini saqlagan holda, hujum qilib, ochkolar yig’ish lozim.
O’yinchining maydondagi joylashuvi: yakkalik bahslarida setkadan 3,5 m masofada joylashish. Bu zarbani kutib olish uchun qulay hisoblanadi, hamisha oldinga qarab harakatlanish orqaga qarab harakatlanishga nisbatan qulayroq.
Agarda o’yinchi aytilgan joyni egallasa unda yana orqa hududda uzunligi taxminan
m hudud qoladi. Agarda u tezkor va egiluvchan bo’lsa unda ushbu masofani bosib o’tib har qanday volanni qaytarishi mumkin. Bu yerda boshida o’ynash qiyinroq bo’ladi, sababi volan kattak tezlik bilan keladi va uni qaytarish uchun tezkor reaksiya talab etiladi. Ammo bu pozitsiyada turgan holda hujumkor zarbalarni amalga oshirish, aylanma zarbalarni qaytarish va shu bilan bir qatorda orqaga qaytgan holda orqa hududga harakatlanayotgan volanni qaytarish imkoni ham mavjud. Agarda raqib baland-uzoq zarba bilan volanni orqa hududga qarab yo’naltirsa, orqaga qaytib, ushbu zarbani qaytarish imkoni bor. O’yinchi maydon o’rtasida turganda, volan uning yonidan tezkorlik bilan o’tadi. Bu shundan darak beradiki uni qaytarish uchun yuqori darajadagi epchillik va egiluvchanlik kerak bo’ladi. Yakkalik o’yindagi taktik vazifa shundan iboratki o’yin davomida raqibni ko’proq o’z maydoni bo’ylab harakatlanishga majbur qilish, bu esa volanni bo’sh hududga so’ng esa yana avvalgi joyga oshirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun ko’proq raqib uchun kutilmagan diagonal bo’ylab egri zarbalar amalga oshirish lozim, bu asosan yon chiziq bo’ylab kuchli oddiy smesh yoki kutilmagan aylanma polusmesh bilan bajariladi. Shuni narsani hisobga olish lozimki, sizning so’nggi zarbangiz raqib tomonidan u qadar yaxshi tarzda qaytarilmasligi mumkin, shu sababdan zarbani amalga oshirib, zudlik bilan maydon markaziga qayting, zarbangiz qanday natija bilan yakunlanishini bilish uchun zarba bergan nutqangizda turib qolmasligingiz lozim. Doim, raqibning qarshi harakatlari va hujumlarini tayyor holda turing. Yakkalik o’yinlarida o’yinchilar oshirmalarning barcha turlarini ishonch bilan amalga oshirishlari lozim. Yakkalik o’yinlarda juftlik o’yinlaridan farqli o’laroq volanning maydonga tushirish uchun joy ko’proq, uzunasiga 76 sm, eniga 46 sm. Bu holat qaysidir jihatdan oshirmaning oshirilish darajasiga ta’sir o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |