Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadalari. Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiada musobaqalari an’anaga aylanib qolgan musobaqa hisoblanadi.
Yengil atletika bo’yicha o’tkazilgan musobaqalar har doim va hamma vaqt juda qiziqarli o’tgan. Masalan, Sobiq Ittifoq xalqlari birinchi Spartakiadasida 15 ta respublikadan tashrif buyurgan 1462 nafar sportchilar 9 kun davomida bahs olib
borgan.
Spartakiadaning 30 yillik tarixi davomida yengil atletikachilarning musobaqa tizimi 5 marta o’zgartirildi. Masalan, IX Spartakiada qatnashuvchilarning yoshi 23 gacha etib belgalangan edi.
Spartakiadaning yengil atletika bahslari 8 marta Moskva shahrida o’tkazilgan.
Sobiq Ittifoq xalqlarining IX Spartakiadasi birinchi marta Toshkent shahrida o’tkaziladi. Ushbu musobaqalarning ochilish marosimi 1986 yil 16 sentyabr kuni Markaziy “Paxtakor” stadionida juda yorqin, tantanavor ravishda o’tadi. 5 kun davom etgan musobaqalarga ittifoqdosh respublikalardan 1064 nafar yengil atletkachilar tashrif buyuradi. Sportchilar o’z chiqishlari orqali yengil atletika ishqibozlariga ko’plab hayajonli daqiqalarni hadya etadi.
Toshkentda bo’lib o’tgan startlar ko’pchilik qatnashuvchilar uchun omadli keladi. 8 ta sportchi birinchi marta “Xalqaro toifadagi Sobiq Ittifoq sport ustasi” va
44 nafar sportchi esa Sobiq Ittifoq sport ustasi talab me’yorlarini bajarishga erishadilar.
Toshkentda bo’lib o’tgan Spartakiadaning esda qolarli voqealaridan biri, bu ayollar o’rtasida 400 m.ga yugurish bo’yicha o’tkazilgan yarim final bahslari hisobalanadi. Unda 36 yoshli Marina Stepanova Jahon rekordini o’tnatadi. U mazkur masofani havo issiq bo’lishiga qaramay, 52,94 soniyada yugurib o’tadi.
O’zbek yengil atletikachilarining hisobida Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida eng yuqori o’rin – to’qqizinchi o’rindir (1956, 1983 va 1986).
O’tkazilgan Spartakiadalarda o’zbekistonlik yengil atletikachilar jami 15 ta medal qo’lga kiritadilar (4 ta-oltin, 3 ta-kumush va 8 ta-bronza).
O’zbekistonlik yengil atletikachilar orasida Spartakiadalarda eng ko’p medallarni qo’lga kiritgan sportchi – Valentina Ballod (Lebedinskaya) bo’lib, u 3 ta medal sohibi bo’lgan (1 ta-oltin va 2 ta-bronza).
1987-1990 yillar O’zbekiston Yengil atletika sportiga nazariy bilim bilan qurollangan yosh murabbiylar kirib keladi, buning natijasi 1988 yil Sobiq Ittifoq o’smirlarining IV sport o’yinlarida yaqqol ko’rinadi. Ukraina Respublikasining
Donesk shahrida bo’lib o’tgan bellashuvlarda respublikamiz yengil atletikachilari 2 ta oltin 4 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor bo’lishadi.
1988-1989 yillar o’zbekistonlik yengil atletikachilari Jahon, Evropa, Sobiq Ittifoq musobaqalarida 10 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo’lga kiritishdi.
1991 yil Sobiq Ittifoq xalqlari Spartakiadasida 1 oltin, 1 kumush, 1 bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
1990-1991 yillari O’zbekistonda 18 ta xalqaro toifali sport ustasi, 20 ta sport ustasi tayyorlangan. Binobarin, R.Gataulin, M.Shmonina Evropa chempioni, V.Rijenkov, M.Shmonina Jahon chempionatida kumush medal sovrindorlari bo’lishgan.
1952-1996 yillar oralig’ida bo’lib o’tgan Olimpiada o’yinlarida jami 29 nafar o’zbekistonlik yengil atletikachilar ishtirok etgan.
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishganidan so’ng Olimpiada, Osiyo o’yinlariga, Jahon chempionati va boshqa xalqaro musobaqalarga mustaqil “O’zbekiston terma jamoasi” sifatida qatnashish huquqiga ega bo’ldi. Ungacha o’tgan barcha musobaqalarda o’zbek sportchilari ittifoqdosh respublikalar singari Sobiq Ittifoq uchun ishtirok etganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |